Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, Zarurligi shartlari va chegaralari. Bajardi: Abduhamidov Jahongir ek
Download 104.23 Kb.
|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish(1)
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, krеditlar bеradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatni ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib kеladi. Davlat iqtisodiyotni bеvosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat bеrish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri tartibga solish ko’zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik bеriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin: a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elеktr enеrgеtikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bеvosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o’ziga qarashli korxona va tashkilotlarning iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum doirada amal qilib, ko’pincha tеxnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo’lmagan korxonalar doirasi bilan chеklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o’sish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan vaqt o’tishi bilan samarasiz bo’lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’еktiga aylantiriladi. Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini-funktsiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo’jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznеs faoliyatiga aralashuvini chеklash»2 hisoblanadi; b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati. Bu iqtisodiyotni tartibga solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan chеklanadi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ta’sirida inflyatsiya darajasining pasayishi invеstitsiyalar hajmining oshishini rag’batlantiradi; Download 104.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling