187. Narxlar indeksidan qaysi holda foydalaniladi?
a) ikki davlat o‘rtasidagi narxlar darajasi taqqoslanganda;
b) ulgurji va chakana narxlar o‘rtasidagi farq hisoblanganda;
v) bazis va joriy davradaga ishlab chiqarish hajmi taqqoslanganda;
g) ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlashda;
d) yuqoridagi barcha hollarda.
188. Asosiy natijaviy makroiqtisodiy ko‘rsatkichni aniqlang.
a) ishsizlik darajasi; b) pulning qadrsizlanish darajasi;
v) yalpi milliy mahsulot; g) bandlilik darajasi;
d) aholi daromadlarining nisbiy o‘sishi.
189. Mamlakatlarning iqtisodiy potensialini qaysi ko‘rsatkich bilan umumiy baholash mumkin?
a) yalpi milliy mahsulot; b) milliy daromad;
v) sof milliy mahsulot; g) shaxsiy daromad; d) yuqoridagilarning barchasi.
190. Quyidagilardan qaysi biri makroiqtisodiy ko‘rsatkichga taallukli?
a) fevral oyida O‘zbekiston bozorlarida kartoshkaning narxi ko‘tarildi;
b) ishsizlik darajasi Respublikamizda tabiiy darajadan nisbatan yuqori;
v) O‘zmoliyainvest hissadorlik jamiyati 20 ta odamni ishga qabul qildi;
g) uzoq davom etgan yomg‘ir natijasida paxta hosildorligi pasaydi;
d) yuqoridagilarning barchasi.
191. Quyidagi omillardan qaysi biri yalpi taklif xajmiga, ta’sir ko‘rsatmaydi?
a) tovar va xizmatlar narxi; b) iqtisodiy resurslar narxi;
v) soliqlar va subsidiyalar; g) texnologiya; d) iste’molchilar soni.
192. Import tovarlar narxining oshishi sababi?
a) yalpi taklifning qisqarishi; b) yalpi taklifning oshishi;
v) yalpi talabning qisqarishi; g) yalpi talabning oshishi; d) yuqoridagilarning barchasi.
193. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab tarkibiga kirmaydi?
a) iste’molchilik sarflari; b) davlat sarflari;
v) investitsion sarflar; g) sof eksport; d) aholi jamg‘armalari.
194. Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?
a) aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar; b) obligatsiya zayomlari, bank kreditlari;
v) foyda, amortizatsiya ajratmalari; g) budjet mablag‘lari; d) xomiylar mablag‘lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |