“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan test savollari
1. Iqtisodiy nazariyaning qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
a) merkentilizm; b) fiziokratlar;
v) klassik burjua iqtisodiy maktabi; g) marksistik nazariya; d) marjinalizm.
2. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasining qaysi oqimida iqgisodiy o‘sishni ta’minlashning va taritbga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
a) keynschilar; b) monetarizm;
v) institutsionalizm; g) liberalizm; d) barcha oqimlarda.
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish; b) siyosiy munosabatlarni o‘rganish;
v) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganish;
g) huquqiy munosabatlarni o‘rganish; d) tabiiy jarayon va hodisalarni o‘rganish.
4. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?
a) qiymat qonuni; b) talab qonuni;
v) taklif qonuni; g) ehtiyojlarning yuksalish qonuni; d) foyda kelishining kamayib borish qonuni.
5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi?
a) ilmiy abstraksiya; b) deduksiya;
v) induksiya; g) empirik; d) gipoteza.
6. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?
a) mehnat vositalari va ishchi kuchi; b) kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;
v) tabiiy va inson resurslari; g) ishlab chiqarishning moddiy omillari;
d) kapital va ishchi kuchi.
7. Takror ishlab chikarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratganlar?
a) merkentilistlar; b) fiziokratlar;
v) klassik siyosiy iqtisodchilar; g) keynschilar; d) monetaristlar.
8. Budjet taqchilligi qachon vujudga keladi?
a) daromadlarga harajatlar qismi teng bo‘lganda; b) daromadlar xarajatlar qismidan ortiq bo‘lganda;
v) daromadlar xarajatlar qismidan kam bo‘lganda; g) sof eksport ijobiy bo‘lganda
d) yuqoridagi barcha hollarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |