17. Pulning vazifasi nimadan iborat?
a) pul iste’mol bilan ijtimoiy talabga bo‘lgan investitsiya omili;
b) ijtimoiy taklif va almashuv uchun zarur bo‘lgan miqdorni belgilaydigan kapital qo‘yilmalar omili;
v) daromadlar va xarajatlarni hisobga olish tizimi;
g) yagona hisob-kitob yurgizish, almashuv, jamg‘arma, muomala, to‘lov vositasi vazifasini bajaradi;
d) iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantiradi.
18. Pulning kutilmagan qadrsizlanishi (inflyatsiyasi)dan aholining qaysi qismi ko‘proq jabr ko‘radi?
a) obligatsiya egalari; b) ishlab chiqaruvchilar;
v) qarz oluvchilar; g) dehqon (fermer) xo‘jaligi;
d) qat’iy daromad oluvchilar.
19. Inflyatsiyadan kimlar yutishi mumkin?
a) qat’iy belgilangan daromad (pensiya, nafaqa, stipendiya, ish haqi kabi)lar hisobiga yashovchi insonlar;
b) sug‘urta egalari, o‘z hayotlarini sug‘urta qilganlar; v) omonat kassalariga pul qo‘yganlar;
g) qarz olganlar; d) yuqoridagilarning barchasi.
20. Pulning vazifalaridan qaysi biri uning muomaladan chiqarilishini taqoza qiladi?
a) muomala vositasi; b) qiymat o‘lchov vositasi;
v) jahon puli; g) to‘lov vositasi; d) boylik to‘plash vositasi.
21. Pulning aylanish tezligi nimaga ta’sir qiladi?
a) tovarlar bahosiga; b) muomala uchun zarur pul miqdoriga;
v) ayirboshlash kurslariga; g) foiz stavkasiga; d) sof eksport hajmiga.
22. Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi?
a) mulkka egalik qilish, mulkdan foydalanish, mulkni tasarruf qilish; b) mulkni o‘zlashtirish;
v) mulkdan foydalanish, mulkni tasarruf qilish;
g) iqtisodiy faoliyat natijasini tasarruf qilish;
d) mulkka egalik qilish, mulkdan foydalanish;
23. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilikning o‘rni qanday?
a) boylik manbai;
b) mulkchilik—ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xarakterini belgilaydi;
v) mulkchilik—mulkka egalik munosabatini ifodalaydi;
g) iste’molchi talabini qondirish vazifasini bajaradi;
d) taqsimotning xarakterini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |