"iqtisodiyot nazariyasi" fanidan test
Download 14.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TEST ++++ Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil: ==== mikroiqtisodiy; ==== Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi? ==== merkantilizm; ==== Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi? ==== monetarizm; ==== Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? ==== iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganish; ==== Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi? ==== ehtiyojlarning yuksalish qonuni; ==== Iqtisodiy jarayonlarini ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi? ==== induksiya; ==== Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi? ==== yer, ishchi kuchi, kapital, va tadbirkorlik layoqati; ==== Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat? ==== nisbatan cheklangan yoki kamyob; ==== Iqtisodiyot nazariyasi fanlarning qanday guruhiga kiradi? ==== ijtimoiy fanlar; ==== Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega? ==== ob’ektiv; “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu: ==== cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkinligi muammosi; “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi? ==== Matematik ==== “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarishlarni alohida ajratib, ayni vaqtda o‘zaro bir – biriga ta’sirida o‘rganadi? ==== analiz va sintez ==== Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasini aniqlang: ==== ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi; ==== Insonlarning iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol qilishga qaratilgan, bir – biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyat qanday nomlanadi? ==== iqtisodiy faoliyat; ==== Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi nimani anglatadi? ==== takror ishlab chiqarish; ==== Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy hodisa hisoblanadi? ==== inqiroz; ==== Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takrorlanib turadigan, doimo mavjud bo‘ladigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki teskari ichki sabab – oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar qanday qonunning mohiyatini anglatadi: ==== iqtisodiy qonun; ==== Qaysi iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi? ==== umumiy iqtisodiy qonunlar; ==== Mantiqiy tahlil orqali hodisa va jarayonlarning uncha muhim bo‘lmagan belgilarini e’tibordan chetda qoldirib, eng asosiy belgilarini ajratib olish yo‘li bilan ularning mohiyatini ochib berish qaysi usul orqali amalga oshiriladi? ==== ilmiy abstraksiya. ==== Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqlanadi? ==== aholining haqiqiy iste’moli darajasi va ehtiyojlari taqqoslanadi; ==== Alohida kishilar, korxonalar va davlat ehtiyojlarining umumiy xususiyatlari nimadan iborat? ==== cheksiz va chegarasiz; ==== Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni nimani anglatadi? ==== jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy ehtiyoji miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishin; ==== Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang: ==== bilvosita qondiriladigan ehtiyoj; ==== Kishilar hayot kechirishining birlamchi sharti – hayotiy zarur vositalar (oziq–ovqat,kiyim–kechak, tu rar–joy) va zebu–ziynat buyumlariga (mebel, avtomobil, xolodilnik,televizor, dala hovli) bo‘lgan ehti yoj qanday nomlanadi: ==== moddiy ehtiyoj; ==== Haqiqiy iste’mol (Ih)ning, umumiy ehtiyoj (Eu)ga bo‘lgan nisbati qanday ko‘rsatkichni ifodalaydi? ==== ehtiyojning qondirilish darajasi; ==== Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi? ==== yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda; ==== Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu... ==== ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati; ==== Iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasida moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar yaratiladi? ==== ishlab chiqarishda; ==== Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishi qanday nomlanadi? ==== barter (maxsulot) ayirboshlash ==== Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi? ==== tovar ayirboshlash; ==== Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi? ==== shaxsiy iste’mol; ==== Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni uning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi? ==== ishchi kuchi; ==== Yalpi ichki maxsulot, sof milliy maxsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning qaysi darajadagi natijasini ifodalaydi? ==== makro darajadagi; ==== Vaqt birligida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki maxsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt qanday ko‘rsatgichni ifodalaydi? ==== mehnat unumdorligini; ==== Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan echilar ekan, bunday iqtisodiyot: ==== aralash iqtisodiyot ==== Jamiyat iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra: ==== an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o'tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati ==== Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’minlanadi? ==== bozor iqtisodiyoti; ==== Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador? ==== faqat bozor iqtisodiyotiga; ==== Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang: ==== poliiqtisodiyot. ==== Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nomlanadi? ==== bozor iqtisodiyoti; ==== Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ... ==== davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish shakllariga aylantirish; ==== Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi? ==== mulkni tasarruf qilish; ==== Shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan fuqarolar mulki qanday nom bilan ataladi? ==== shaxsiy mulk; ==== Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq? ==== qiymat o‘lchovi; ==== Natural xo‘jalik bu? ==== bozorda sotish uchun emas, balki xo‘jalikning o‘z xodimlari va ishlab chiqaruvchilarning iste’moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalik; ==== Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali boshqalarning ehtiyojini qondirishmaqsadini ko‘zla b ishlab chiqarilishi ijtimoiy xo‘jalikning qanday shaklini tashkilqiladi? ==== tovar xo‘jaligi; ==== Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri : ==== iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash; ==== Bozor iqtisodiyotining qaysi sub’ekti iqtisodiy resurslarni etkazib beruvchisi va pirovard mahsulotlarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi? ==== uy xo‘jaliklari; ==== Quyidagilardan qaysi biri bozor mexanizmining tarkibiy qismini xarakterlaydi? ==== narx, raqobat, talab va taklif; ==== Bozor iqtisodiyotida bozor, ishlab chiqarish kimning izmiga bo‘ysunadi? ==== iste’molchilarning; ==== Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo‘ladi? ==== pul daromadlarining notekis taqsimlanishida; ==== Birlamchi va ikkilamchi bozor tushunchasi qaysi bozorga xos? ==== qimmatli qog‘ozlar bozoriga; ==== Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi? ==== ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning tovarlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrastruk turaviy tuzilmalar tizimini; ==== Bozorning hududiy qamrov darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang? ==== jahon bozori; ==== Quydagilardan qaysi biri moliya bozorning tarkibiga kirmaydi ? ==== intellektual tovarlar bozori; ==== Ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga tayyorlash qaysi muassasa tomonidan amalga oshiriladi? ==== Mehnat birjasi; ==== Quydagilardan qaysi biri bozor infratuzilmasining ayirboshlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasasi hisoblanadi? ==== tijorat do‘konlari; ==== Bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ulardan hech biri bozor baholariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasa, hamda bozorga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasa bu qanday bozorni xarakterlaydi? ==== sof raqobatli bozor; ==== Davlat monopoliyalarga qarshi faoliyatni qanday maqsadda amalga oshiradi? ==== tadbirkorlik va erkin raqobatni himoya qilish maqsadida; ==== Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning qaysi usuli raqobat, narx, talab va taklif nisbatiga asoslanadi? ==== bozor mexanizmi; ==== Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan, bir me’yorda takrorlanib turishi qanday takror ishlab chiqarishni bildiradi? ==== Oddiy ==== Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping: ==== nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori; ==== Iste’mol tovar (xizmat) lari narxi 50 % ga tushib, nominal ish haqi 50 % ga oshsa, real ish haqi darajasi qanday o‘zgaradi? ==== real ish haqi 3,0 marta ortadi; ==== Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ishning hajmiga qarab belgilanadigan ish haqi qanday nomlanadi? ==== ishbay; ==== Ish haqi mahsulot birligi uchun belgilangan yagona rassenka bo‘yicha to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi? ==== oddiy ishbay; ==== Ishlab chiqarishning me’yorlashtirilgan hajmi uchun qat’iy belgilangan va undan ortiqchasiga o‘sib boruvchi rassenka asosida ish haqi to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi? ==== ishbay progressiv; ==== Mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va kasb turlari, hodimlar toifasi hamda aniq xizmat vazifasini bajaruvchilar bo‘yicha ish haqi darajasini tabaqalashtirish qanday amalga oshiriladi? ==== ta’rif tizimi yordamida; ==== Unumli va shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlarning bozor qiymati – bu: ==== pirovard mahsulot; ==== Iqtisodiy islohotlar nima? ==== iqtisodiyotda bozor munosabatlarini hakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar; ==== Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshirildi? ==== kichik xususiylashtirish amalga oshirildi; ==== Oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon madaniy jixatdan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi mamlakatlarga tegishli? ==== rivojlangan mamlakatlarga; ==== Respublikada narxlar qaysi davrdan boshlab erkinlashtirila boshladi? ==== 1992 yildan; ==== Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini kengaytirish g'oyasini kim ilgarisurgan? ==== Dj.M.Keyns ==== Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko‘zda tutilgan muddatdan nisbatan avvalroq yuqori narx belgilashga majbur bo‘lishdi, u holda ... ==== talab qisqaradi; ==== Agar tovarning narxi 1 % ga tushishi unga bo‘lgan talabni 2 % ga ortishiga olib kelsa, u holda talab: ==== egiluvchan; ==== Iqtisodiy hayotda shunday holat yuz berish mumkinki, ayrim tovarlarga narxlaro‘sishi bilan ularga b o‘lgan talab kamaymasdan balki ortib, boradi. Bu holat qandaynomlanadi? ==== Giffen samarasi; ==== Talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillarga bog‘liqligi qanday nomlanadi? ==== talab egiluvchanligi; ==== Tabiiy monopoliyaga ... misol bo‘la oladi. ==== Toshkent metropoliteni ==== Oligopoliya – bu: ==== bir necha yirik raqobatdosh firmalar ==== Raqobatning qaysi shaklida ishlab chiqaruvchilar bozor narxlarini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi? ==== sof monopoliya; ==== Narx vositasida raqobat usuliga kiradi: ==== narxlardan chegirma qilish ==== Quyidagilardan qaysi biri iste’molchilar o‘rtasidagi raqobatni tavsiflaydi? ==== ko‘proq naflilikka ega bo‘lish. ==== Mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi mavjud bo‘lib, bozorga kirish uchun to‘siqlar katta ya’ni taqiqlash bilan barobar bo‘lgan raqobat shaklini ko‘rsating? ==== monopoliya ==== Narx yordamida raqobatlashishning qaysi turida milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarni tashqi bozorga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxdan ham past bo‘lgan narxlarda chiqaradi? ==== demping narxlarni qo‘llash ==== Iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik xususiyatlarga ko‘ra raqobatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki qo‘llanish qiyin bo‘lgan sohalar qanday nomlanadi? ==== tabiiy monopoliyalar; ==== Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar qanday nom bilan ataladi? ==== dotatsion narx ==== Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi? ==== narx diapozoni ==== “Narx tovar qiymatining puldagi ifodasi” degan qarash qaysi oqimga tegishli? ==== klassik (A. Smit, D. Rikardo, J.S. Mill); ==== Qaysi nazariyada xarajatlar nisbatidagi farq aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan olish lozimligi asoslanadi? ==== D. Rikardoning ,,Nisbiy ustunlik” nazariyasi; ==== O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan qaysi maqsadga iqtisodiyotni mutanosib va barqaror rivojlantirish asosida erishib boriladi? ==== aholi turmush farovonligini o‘stirib borish. ==== Ehtiyojlarni yuksalish qonuni qanday qonunlar toifasiga kiradi? ==== umumiqtisodiy; ==== Sof monopoliya nima? ==== Ishlab chiqaruvchi yagona ==== Monopsoniya nima? ==== Iste'molchi yagona ==== Quyidagilardan qaysi biri mehnat resurslari tarkibiga kirmaydi? ==== Balog‘at yoshiga etmagan va pensiya yoshidagi ishlamaydiganlar. ==== Mehnat resurslari miqdoriga ta’sir qiluvchi omillarni toping? ==== aholining tabiiy o‘sishi va ishchi kuchi migratsiyasi; ==== Oligopoliya nima? ==== Ishlab chiqaruvchi bir nechta ==== Aholining yuqori daromad oluvchi qismi uchun mo‘ljallangan narx nima? ==== nufuzli narx; ==== Moliya bozori ob’ekti nima? ==== pul va qimmatli qog‘ozlar ==== Tovarnlari katta hajmda sotishda … da sotiladi. ==== ulgurji narx; ==== Download 14.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling