Iqtisodiyot nazariyasi” Fanidan


IV Iqtisodiy o’sish mezonlari


Download 39.97 Kb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi39.97 Kb.
#1249291
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot 1-modul

IV Iqtisodiy o’sish mezonlari.

Har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatlari makroiqtisodiy barqarorlikka erishishni ko‘zlab ishlab chiqiladi. Iqtisodiy tafakkur tarixida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning yo‘llarini ko‘rsatuvchi ta’limotlar, nazariyalar juda ko‘p bo‘lgan. Ammo bu borada hali-hanuz bir to‘xtamga kelinmagan. Bunga sabab milliy iqtisodiyotlarning dinamikaga moyilligi va institutsional omillarning ularga turlicha ta’sir etishi bois strategik modellarni bir qolipga solib bo‘lmasligidir. Demak, iqtisodiy taraqqiyotga erishishga yo‘l ko‘rsatuvchi “xamirturush” konsepsiyalar yo‘q ekan-da?


“Makroiqtisodiy barqarorlik biz uchun quruq maqsad emas, - deydi prezidentimiz I. Karimov - bu narsa iqtisoiyotni jonlantirish va uning tarkibini yangilash, investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ish joylarining sonini oshirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, aholinng real daromadlarini oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratishning hayotiy zaruriy bosqichi sifatida muhimdir”.


Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, yangi loyihalarni ishga tushirish va yangilarini modernizatsiya qilish bilan aholi keng qatlamini ish bilan ta’minlash, yangi loyihalarni moliyalashtirishda real investitsiyalarni jalb etish davlat iqtisodiy siyosatining ustivor vazifasiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi” ishlab chiqilgan. Loyihalarning amalga oshishi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan hukumatga takliflar kiritiladi.


Mamlakatimizda bir necha yillardan beri 8 % atrofida iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda. Biroq, bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishga erishish juda mushkul. Chunki iqtisodiy liberalizm yaratib bergan imkoniyatlardan hamma subyektlar har xil foydalanadi. Buning natijasida esa iqtisodiyotning real holatini baholash murakkablashib ketadi. Buning uchun ko‘plab modellar ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotga tadbiq etish ancha mushkul. Shuning uchun iqtisodiy o‘sishga erishish uchun iqtisodiy muvozanat o‘rnatilishi kerak.




Download 39.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling