Iqtisodiyot nazariyasi” Fanidan


Iqtisodiy muvozanatlarning quyidagi turlari mavjud


Download 39.97 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi39.97 Kb.
#1249291
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot 1-modul

Iqtisodiy muvozanatlarning quyidagi turlari mavjud:



  1. Yalpi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat. Yalpi talab jami ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga sarflangan xarajatlarni ko‘rsatsa, yalpi taklif ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi. Muvozanatning bo‘lmasligi iqtisodiyotda “defitsit” ga yoki ortiqcha ishlab chiqarishga olib kelishi mumkin. “Defitsit” narx-navo ko‘tarilishiga va aholi turmush darajasi tushib ketishiga olib kelsa, ortiqcha ishlab chiqarish takror ishlab chiqarishni izdan chiqaradi va inqiroz holatlarini keltirib chiqaradi.




  1. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi muvozanat. Talab taklifni keltirib chiqaradi. Bu qonun iqtisodiyotning fundamental qonunlaridan biridir. Ammo, taklifga qarab talab paydo bo‘ladi deb hisoblovchi nazariyalar ham bo‘lgan, unga ko‘ra bozor o‘z iste’molchisini topadi. Muvozanatning ushbu turida iste’molchilar daromadi haqida axborot yetarli bo‘lsagina ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlaridan maksimal foyda, iste’molchilar maksimal naf oladilar.




  1. Uy xo‘jaliklari daromadlari bilan ularning xarajatlari o‘rtasidagi muvozanat. Uy xo‘jaliklari daromadlari tarkibi qanchalik differensial (xilma-xil) bo‘lsa, ularning xarajatlarini prognozlashtirish shunchalik oson bo‘ladi. Doimiy daromad manbai bo‘lmagan uy xo‘jaliklari ham borligini e’tiborga olsak, ular yashash minimumi uchun baribir “avtonom xarajat”lar qiladilar. Ya’ni “avtonom xarajatlar” daromadga bog‘liq emas, daromadga ega bo‘lmagan uy xo‘jaliklari ham ushbu xarajatlarni amalga oshiradilar. Bu narsa “qarzga yashash” deb ataladi. Daromadlarning xarajatlardan oshishi aholi qo‘lida oshiqcha pul paydo qiladi. Aholi qo‘lidagi oshiqcha pul jamg‘armani shakllantiradi. Bu esa potensial investitsiya degani. Ammo, aholi qo‘lidagi ishlatilmay turgan pullarning to‘planishi inflyatsiya jarayonlarini kuchaytirib yuboradi.




  1. Pul massasi bilan tovar va xizmatlar bozoridagi muvozanat. Milliy iqtisodiyotdagi pul massasi yaratilgan tovar va xizmatlar hajmiga mos bo‘lishi kerak. Tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pullarning mavjud bo‘lishi iqtisodiyotga halokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Pullar juda “oquvchan” bo‘lgani bois pul muomalasini nazorat qilish qiyin. Shuning uchun ma’lum miqdorda eng sog‘lom deb hisoblanuvchi iqtisodiyotlarga ham 6-7 % inflyatsiya tabiiy holdir.




  1. Jamg‘arish va investitsiya hajmi o‘rtasidagi muvozanat. Jamg‘arish iqtisodiyot miqiyosida yaratilgan qo‘shilgan qiymat (foyda, daromad) larning jamlanmasidir. Qo‘shilgan qiymat o‘z navbatida investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.




  1. Investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish darajasi o‘rtasidagi muvozanat. “Ekonomics” darsliklaridan ma’lumki, YAMMning 30% i investitsiyaga yo‘naltirilsa, iqtisodiyot 6 % ga o‘sadi. Demak, iqtisodiy o‘sish investitsiyalar kiritishni taqazo etadi.



Download 39.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling