Alohida korxona, tashkilot yoki oila miqyosidagi iqtisodiyot … deb ataladi.
A) milliy iqtisodiyot;
B) makroiqtisodiyot;
C) mikroiqtisodiyot;
D) an’anaviy iqtisodiyot.
Ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga nima deb aytiladi
A) mehnat intensivligi;
B) mehnat sarfi;
C) mehnat unumdorligi;
D) mehnat jarayoni.
Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchining o'z ehtiyojlarini qondirishi uchun, xo'jalik ichki ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilishi – bu …
A) ijtimoiy ishlab chiqarishdir;
B) moddiy ishlab chiqarishdir;
B) tovar ishlab chiqarishdir;
D) natural ishlab chiqarishdir.
Tovarning ikkita hususiyati – bu uning …
A) nafliligi va foydaliligi;
B) iste’mol qiymati va almashuv qiymati;
C) almashuv qiymati va qiymati;
D) barcha javoblar to‘g‘ri.
Pulning kelib chiqishini kishilar o'rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydigan konsepsiya nima deb ataladi
A) evolyutsion;
B) ratsionalistik;
C) monetaristik;
D) miqdoriy.
Quyidagilarning qaysi biri bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga kiradi
A) uy xo‘jaliklari;
B) tadbirkorlik sektori;
C) davlat;
D) yuqoridagilarning barchasi.
Bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni taʼminlaydigan dastak va vositalar ... deb ataladi.
A) bozor obyekti;
B) bozor subyekti;
C) bozor mexanizmi;
D) bozor infratuzilmasi.
Talab qonuni nimani ifodalaydi.
A) tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlikni;
B) tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan to’g’ri bog‘liqlikni;
C) talab va taklif muvozanatini;
D) talab va taklif o’rtasidagi bog‘liqlikni.
Do'stlaringiz bilan baham: |