Iqtisodiyot nazariyasi fanining ishchi o’quv dasturi
O’quv- uslubiy boshqarma boshlig’i: Z. Mo’minov
Download 83.78 Kb.
|
Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv fanining maqsadi va vazifalari
O’quv- uslubiy boshqarma boshlig’i: Z. Mo’minov
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Ushbu fan jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, iqtisodiy o’sish kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda mavjud iqtisodiy qonunlarni bilish va ularni amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamayillari asosida bsloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiriladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bakalavriyatning barcha iqtisodiyot ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasi umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1- va 2-kurslarda o’qitilishi maqsadga muvofiq. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani gumanitar ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va barcha noiqtisodiy bakalavriyat ta’lim yo’nalishlarida ham o’qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy tushuncha va kategoriyalarni bilish uchun zamin bo’lib xizmat qiladi. O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga jahon miqyosida to’plangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni taraqqiyotning turli bosqichlarida va turli mamlakatlarda tarkib topib shakllangan nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo’lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko’maklashish; ular ongiga iqtisodiy taraqqietda erishilgan yutuqlar asosida milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to’g’risida milliy ko’nikmalarni xosil qilish vazifalarini bajaradi. Download 83.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling