Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usllari
Download 26.35 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Insonlarning talab va ehtiyojlari ko‘p va turlichadir. Biologik nuqtayi nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak va oddiy boshpana bo‘lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda insonlar o‘z turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ko‘proq yangi tovar va xizmatlarga talab bildiradi. Endi insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki bejirim idishlarda chiroyli qadoqlangan suv, salqin ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Кiyinish borasida ham avvalgi eng sodda kiyim-kechaklarni emas, balki yuqori sifatli, bejirim kiyim-boshlarga ega bo‘lishni xohlaydilar, albatta. Avvalgidek insonlar oddiy uyda emas, balki ko‘p qavatli binolarda, hashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Insonlar ehtiyojining chek-chegarasi yo‘q. Shuningdek, biz o‘zimizda kundalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yordam beradigan uy jihozlariga, sifatli ta’lim olishga, ishonchli xavfsizlikka, sog‘likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz. Ayni vaqtda insonlar ehtiyojini qondirish uchun Yer, foydali qazilma boyliklari, ish qurollari, texnika, mehnat qilish layoqati kabi ishlab chiqarish resurslari mavjuddir. Xuddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qo‘llanilib, biz uchun turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi va ko‘pgina ehtiyojlarimiz qondiriladi. Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizningehtiyojlarimizni qondirish uchun zarur mavjud resurslar cheklangan. Biz ulardan foydalanishning muqobil variantlaridan birini tanlashga majburmiz. Ana shu haqiqat bizga iqtisodiyotning bosh masalasini tushunishimizga yordam beradi1. Iqtisodiyotningdoimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyotning bosh masalasi o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar cheklangan. Iqtisodiyotning asosiy muammosi – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroqqondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir. Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari: – iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish; – resurslar unumdorligini oshirish; – resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash; – jamiyat ehtiyojlarini cheklash. Bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari va turli xil xizmatlardan bahramand bo‘lishlari kerak. Кishilar bunday hayotiy vositalarga ega bo‘lishi uchun turli sohalarda faoliyat ko‘rsatadi. Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish (hamda xizmatlar ko‘rsatish) dan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. Кishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Iqtisodiyot murakkab va ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, turlicha mazmun va talqinga ega. Iqtisodiyot bu, birinchidan xo‘jalik tizimi, ikkinchidan iqtisodiy munosabatlar birligi va uchinchidan, fan darajasida mujassamlashgan bilimlardir. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun iqtisodiyot deganda, uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushunilgan. Lekinhozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik ishlab chiqarish korxonalari, korporatsiyalar, kompaniyalari, moliya va bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalarni o‘z ichiga olgan juda murakkab tuzilma hisoblanadi. Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik yuritish shakllari, ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassasalarning ma’lum darajada tartibga solingan tizimidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyot – bu zaruriy hayotiy iqtisodiy ne’matlarni yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi. Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya’ni jamiyat uchun zarur bo‘lgan ne’mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi. Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me’yorda, o‘zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko‘payib borish tartibida takrorlanadi. Tovarlar, xizmatlar va resurslarningharakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ich bo‘g‘ini ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayriboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi. Ayriboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayriboshlash jarayoni, ya’ni pul va unga tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi. Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste’molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali ularningo‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me’yorda ro‘y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalardir. Infratuzilma quyidagi turlardan iborat bo‘ladi: Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari, ombor xo‘jaligi, moddiy texnika ta’minoti, transport, aloqa, yo‘llar va boshqa shu kabilardir. Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta’lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik). Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar). Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling