"iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi
Download 0.7 Mb.
|
WORD 2003 1.Nurmatova Dilfuza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi.
- Alfred Marshall
- Fillips yegri chizig’i
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Toshkent Moliya Instituti “IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan Yakuniy imtihon savollarga javoblar Bajardi: Bbha-50 talabasi Nurmatova Dilfuza Tekshirdi:Qalandarov Ravshan 1-variant 1.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar 2.Iqtisodiy o`sishning omillari 3.Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar 4.Ishchi kuchi bandligi to`g`risidagi turli xil nazariyalar 1. Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar. Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o`rtasidagi aloqalar o`rganilganda, ular konkret sharoitda (masalan, korxonada) tekshirilmaydi, balki umumnazariy, ya'ni qonunkategoriyalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi. Har bir fan o`z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi. Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o`rganishda qo`llanadigan nazariy tushunchalar bo`lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in'ikosi, ifoda etilishidir. Kategoriyalar – ilmiy fikrlash mahsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tushunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko`pchilik yig`ilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya'ni kishilar o`rtasida oldisotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo`linib o`rganiladi: Umumiqtisodiy kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo`lgan, lekin ijtimoiyiqtisodiy sistemaga aloqasi bo`lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar. 1.Formatsionmaxsus kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo`lgan, ijtimoiyiqtisodiy sistemaning tabiatiga aloqador, o`tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar. 2.Davriyoraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterdagi, lekin bir necha iqtisodiy sistemalar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o`tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda ta'riflanadi.Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o`rtasidagi muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sababoqibat, aloqa bog`lanishlaridir. Umumiqtisodiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat'i nazar amal qiluvchi qonunlar. Formatsionmaxsus qonunlar – maxsus iqtisodiy qonunlar – faqat muayyan ijtimoiy – iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o`ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar. Davriyoraliq qonunlar – bu turli ijtimoiyiqtisodiy sistemada, ammo ma'lum davrda amal qiluvchi sistemalarning maxsus tuzumiga aloqasi bo`lmagani holda, ularni birlashtirib bog`lab turuvchi munosabatlarga xos qonunlar. Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo`lmasin, yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o`zaro ta'sir ostida amal qilishini hisobga oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo`lgan barcha, birbirini taqozo etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag`ishlangan umumfalsafiy usullarni qo`llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma'lumotlarga bir qator umumiy tarzda baho beriladi. Natijada dastlabki sinab ko`rilmagan xulosagipoteza olg`a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraktsiyalash usuli asosiy usul bo`lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiytexnikaviy fan emaski, u o`z gipotezalarini tajribalar yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko`rsa. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g`oyat ko`p qirrali, chirmashib ketgan aloqabog`lanishlarga duch keladi. Abstraktsiyalash-bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o`rganishdagi uchinchi bosqich nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog`lashdir. Nazariya iqtisodiyotga qanday tendentsiyalar xos bo`lishi, uning qanday omillari ta'sirida rivojlanishi, unda qanday o`zgarishlar bo`lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning Seminaroti dasturini, uning qanday xattiharakatga qo`l urishini ham tushunmoq zarur.Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraktsiyaga o`tib, nazariy xulosalar chiqarish, so`ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o`tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo`llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o`tiladi. Bunda olg`a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko`riladi. Har ikkala usul birbirini to`ldiradi.Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o`rganilganda miqdor va sifat tahlili qo`llanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik jadvallar qo`llanadi. 2. Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi. Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi. Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi. Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarflamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin.
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topad
A.Marshall talab va taklif tartibga solish ish bilan bandlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyatga yega yekanligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u butun talabni pirovard tartibga soluvchi narsa iste’molchilar talabi bo’lib, uni tartibga solish bozor tomonidan o’z-o’zidan amalga oshiriladi, deb hisoblagan. Artur Pigu (1877-1955) Marshallning izdoshi va shogirdi bo’lgan. Uning ish bilan bandlik sohasidagi asosiy asari - «Ishsizlik nazariyasi» 1933 yilda chiqqan. Bu asarda ish bilan bandlik to’g’risidagi klassik nazariyaning asosiy qoidalari ancha to’liq bayon qilingan yedi. Piguning fikricha, ishsizlikning sababi ish haqining yuqori darajasidir, ish haqining qisqarishi yesa ish bilan bandlikni oshiradi, chunki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va qo’shimcha ishchilarni yollash uchun imkoniyat yaratiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, uning fikricha, tovarlar narxining umumiy ravishda pasayishiga va ish haqi hisobiga tirikchilik o’tkazmaydigan aholi guruhlarining xarid qilish qobiliyatini oshirishga olib keladi, bu yesa qo’shimcha talabni vujudga keltiradi, mazkur talab ishlab chiqarish va ish bilan bandlikning kengayishini rag’batlantiradi. Ingliz professori A. Fillips inflyasiya va ishsizlikning bir-biriga bog’liqligini yempirik tarzda (tajribaga asoslanib) tahlil qilar yekan, u inflyasiya sur’atlari bilan ishsizlik darajasi o’rtasida teskari proporsional o’zaro bog’liqlik borligini aniqlagan. U ana shu bog’liqlikni «oddiy yoki ilk» yegri chiziq shaklida taqdim yetgan. Keyinchalik unga tuzatish kiritilib, uning sharafiga Fillips yegri chizig’i deb atalgan. Monetaristlar. 60-yillarda Fillips yegri chizig’idan siyosatchilar iqtisodiy strategiyani tanlash, ya’ni o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ikki mushkul narsadan yeng kamrog’ini tanlash asosida foydalanib kelganlar. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling