Iqtisodiyot nazariyasi mavzu: Ishsizlik
Download 273.08 Kb.
|
ishsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat !
Agar biror shaxs mehnatbirjasi hisobida turganda ilgarigi ixtisosi bo’yicha ishlash qobiliyatini yo’qotsa yoki zaruriy kasb malakasi bo’lmaganligi sababli munosib ish topolmagan bo’lsa, yohud ishsizning kasb malakasiga mos ish bo’lmaganligi munosabati bilan kasbni o’zgartirish zaruriyati tug’ilsa, ish bilan ta’minlash davlat xizmati uni kasb tayyorgarligidan o’tadigan, qayta tayyorlaydigan yoki boshqa kasbga o’qitadigan joyga yuboradi. Bu vaqtda unga stipendiya beriladi, o’qigan vaqti esa umumiy mehnat stajiga kiradi.Belgilangan taritbga ko’ra, ishsiz deb tan olingan shaxs ishsizlik nafaqasini oladi, bu ishini va ish haqini yo’qotgan yoki uzoq tanafusdan keyin o’z ishiga tiklanishga xarakat qilib yurganlar uchun 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar haftasidan oshmasligi, ilgari ishlamagan yoki birinchit marta ish qidirayotgan shaxslar uchun 13 haftadan oshmasligi kerak.
16 yoshgacha bolasi yoki qaramog’ida boshqa boqimandalar bo’lgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz ko’ppayadi. Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida faol ravishda ish izlashi va kamida har ikki haftada bir marta ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga uchrashib qo’yishi kerak. Uzrsiz sabablarga ko’ra, belgilangan muddatda ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga kelmaganda, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo’shatilganda nafaqa berish 3 oygacha to’xtatib qo’yilishi yoki nafaqa miqdori qisqartirilishi mumkin.
Davlatning aholini ishsizlikdan muhofaza qilish borasidagi tadbirlari. -qaytadan kasb o’rgatadi; -ta’lim berish tizimini kengaytiradi; -bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi; -mehnat birjalariga investitsiyalarni ko’paytiradi. Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit-pul munosabatlari va vositalarini ishga soladi, ya’ni: -ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’ sarflaydi; -tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun suda, hamda kreditlarning foiz stavkalarini pasaytiradi; -ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi. Etiboringiz uchun rahmat !Download 273.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling