Iqtisodiyot nazariyasi
Download 412.03 Kb.
|
Kurs ishi
XULOSA .........................................................................................................................................................44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...................................................................................46 KIRISH
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi, mamlakatlarning o’zaro integratsiyalashuvi va xalqaro ixtisoslashuvning kuchayishi har bir milliy iqtisodiyot oldiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va jahon bozorida munosib o’rin egallash vazifasini qo’ymoqda. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bo’layotgan jarayonlar va birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez o’zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning ko’plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va o’sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi, albatta”.1 Shu boisdan, mamlakatimizda moliya sektorini barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotning 28 yillik davri mobaynida bozor munosabatlariga o‘tishi, uning mustaqil davlat sifatida jahon ko‘lamiga kirib kelishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha kuchaytirdi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda. Xalqaro moliya munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati, uning nafaqat jahon xo‘jaligi muammolarini, balki milliy xo‘jalik muammolarini ham o‘zida mujassam etganligidadir. Bu borada prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Jahon bozoridagi kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9 foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. 2013-yilda qimmatbaho metallar narxining keskin pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida 2 foizga ko‘paydi. So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam, xato bo‘lmaydi ”.2 Hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri bu xalqaro moliya munosabatlarini tashkil etish va ayniqsa, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. I.BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARINING NAZARIY JIHATLARI 1.1. Xalqaro moliya munosabatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati Hozirgi kunda xalqaro moliyaning xalqaro iqtisodiyotni integratsiyalashuvi (baynalminallashuvi) va globallashuvining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi o’rni va roli ortib bormoqda. Xalqaro savdo globallashuv sharoitida xo’jalik faoliyatining internatsionallashuviga ko’maklashuvchi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga va milliy iqtisodiyotning o’zaro bog’liqligini kuchaytirishiga sabab bo’luvchi sifatidagi omillarini o’zida saqlab qoldi. Jahon yalpi ichki mahsuloti(YaIM) ning o’rtacha yillik o’sish sur’atiga nisbatan xalqaro tovar aylanmasining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1982-1991 yillarda 1,5 marta, 1992-2007 yillarda esa 2,3 martaga oshdi. Xalqaro savdo globallashuvning jadallashuvida xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy oqimlariga nisbatan ahamiyati otib bormoqda. Moliya tizimining xususiyati uning nafaqat olingan alohida bir mamlakat yoki hududda, balki xalqaro miqyosda ham amal qilishidadir, ya’ni u milliy va millatlararo ko‘rinishda yoki xalqaro moliya tizimi (qisqartmasi «xalqaro moliya») sifatida namoyon bo‘lishidadir. Xalqaro moliya – bu o‘ylab topilgan kategoriya emas; u ob’ektiv asoslarga ega bo‘lgan ixtisoslashgan moliya munosabatlarini aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo‘lib mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliyaviy oqimlar hisoblanadi. Ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: a) pul oqimlari – eksport qilingan tovarlar va xizmatlardan kelib tushgan valyuta hamda import qilingan tovarlar va xizmatlarga to‘lov; bu oqimlar o‘zida sub’ektlar xo‘jaligi moliyasini aks ettirishi mumkin, ammo ular turli xil mamlakatlarga tegishli bo‘lganligi sababli ular mamlakatlar o‘rtasidagi pul oqimi harakatini aks ettiradi; 5 b) ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan kredit vositalari oqimi: bir tomondan ssuda berish, ikkinchi tomondan uning so‘ndirilishi va foizlarni to‘lash. Shu tarzda mamlakatlar o‘rtasida moliyaviy resurslar harakati vujudga keladi. Ularning taqsimoti bir tomondan valyuta kurslari, ikkinchi tomondan bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga solinadi. Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan xalqaro xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy resurslarning paydo bo‘lishi va ishlatilishining sabablarini to‘liq ochib berish mumkin emas. Moliyaviy resurslar xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Bu institut va tashkilotlar milliy ustqurtma hisoblanib, aniq bir vazifalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umume’tirof etilgan fondlar (masalan, OONning byudjeti) yoki maqsadli fondlar (aniq bir tadbir yoki dastur asosida) orqali amalga oshiriladi. Ushbu institut va tashkilotlarning moliyaviy resurslari ikki yo‘l bilan shakllanadi: alohida mamlakatlarning badallari evaziga hamda davlatlarga kredit berish, ularni qaytarish va foiz to‘lovlari asosida. Jahon miqyosida moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini markazlashtirish jahon xo‘jaligi ehtiyojini qondiradi; bunday resurslar shakllanishining iqtisodiy asosi bo‘lib savdo, kreditning rivojlanishi, turli tarmoqlardagi xalqaro dasturlarning realizatsiyasida mamlakatlarning ishtiroki, iqtisodiy integratsiyanig dunyo miqyosida o‘sishi hisoblanadi. Shunday qilib, xalqaro moliya – bu moliyaviy resurslarining harakati, shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda xalqaro institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkibi bo‘yicha murakkab bo‘lgan munosabatlar tizimidir.3 Xalqaro moliya munosabatlarining sub’ektlari quyidagilardir: davlatlar, korxonalar, fuqarolar hamda millat ichidagi subyektlar – xalqaro tashkilotlar va xalqaro institutlar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik subyektlari bilan, bir davlatning boshqa davlatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan, davlat va korxona o‘rtasida hamda xalqaro moliya institutlari bilan bo‘lishi mumkin. Xalqaro moliya xalqaro moliya resurslari harakati yig’indisini ifodalovchi tushunchadir. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda insonlarning harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga, jahon moliya bozorlari, xalqaro moliya korporatsiyalarining vujudga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlar hamda xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarining murakkablashuviga olib keldi.4 Xalqaro moliya doimo o‘zgarub turuvchi xalqaro pul tizimining holatini va rivojini, alohida mamlakatlar to‘lov balansi holati va o‘zgarishlarini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliya korporatsiyalari, xalqaro bank hamda investitsion faoliyatni o‘zida aks ettiradi. Jahon moliya tizimining asosiy qatnashchilari bo‘lib banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar hamda xalqaro rasmiy qarzdorlar hisoblanadi. Jahon moliya operatsiyalari bugungi kunda alohida davlatlarning moliya tizimiga sezilarli ta’sir etuvchi kuch bo‘lib kelmoqda. Xalqaro moliya – bu jahon xo‘jaligining valyuta, kredit va moliyaviy munosabatlarini hamda ularning tashkiliy shakllarini qamrab oluvchi tushunchadir. Jahon xo‘jaligining barcha moliyaviy oqimlari, xalqaro moliyaviy operatsiyalarning hammasi, barcha xalqaro hisob-kitoblar xalqaro moliya sohasida sodir bo‘ladi. Ularnig rivojlanishi o‘z navbatida jahon xo‘jaligining shakllanishi, xalqaro savdoning o‘sishi va jahon bozoriga aylanishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro kapital harakatining ko‘payishi va diversifikatsiyalanishi, xo‘jalik aloqalarinig baynalmilallashuviga bog’liqdir. Iqtisodiy adabiyotlarda «Xalqaro moliya» tushunchasining sinonimi sifatida «xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari» yoki «valyuta-moliya munosabatlari» tushunchalari qo‘llaniladi. Xalqaro moliya tashkiliy-huquqiy shaklda asosan xalqaro valyuta-moliya tizimi deb nomlanadi. Xalqaro moliyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
• Xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashni oqilona harakatini ta’minlash; • Milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy holatlarga moslashtirish; • Davlatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida qo‘llanmalar berish. Xalqaro moliya tushunchasiga berilgan ta’riflarni tahlil qilar ekanmiz, yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasini to‘g’ri talqin qilingan deb baholadik. Ayniqsa, V.V.Glushenkoning «Moliya» kitobida keltirilgan ta’rifi xalqaro moliya tushunchasini aniq va sodda qilib tushuntirgan. Xalqaro moliya – bu milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya bozori operatsiyalaridagi ishtirokida tashqi moliyalashtirish hisobidan kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda foydalaniladigan moliyadir. Jahon (global) moliya bozori (jahon kapital bozori) – bu vositachi sifatida ishtirok etuvchi va moliyaviy resurslarni kreditorlar,qarzdorlar, sotib oluvchilar,sotuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlovchi moliya-kredit tashkilotlari yig’indisidir. Xalqaro moliya o‘zi nima? Biz bunda 4 ta muhim yo‘nalish bilan hisoblashishimiz zarur: 1. Xalqaro moliya - xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro darajadagi korporatsiyalar moliyasi, qimmatli qog’ozlar portfellarini boshqarish va ular o‘rtasidagi bog’liqlik, umuman olganda jahon miqyosidagi moliyaviy holat tahlilini ko‘rsatadi. 2. Xalqaro moliya jahon miqyosidagi moliyaviy operatsiyalar harakatini, ular qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar izohlab beradi, ya’ni yirik industrial davlatlardami, yangi industrial davlatlardami, rivojlanayotgan yoki o‘tish iqtisodiyoti davlatlaridami. 3. Xalqaro moliya moliyaviy faoliyatni makro- va mikro- darajada to‘liq ifodalaydi. 4. Xalqaro moliya xalqaro moliya operatsiyalari uzluksiz jarayondan iborat ekanligini va doimiy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatib turadi. Xalqaro moliya tarkibiga xalqaro oborotga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo‘llaniladigan moliya kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi: 8
Ikkinchidan, jahon mamlakatlari rezedentlarinig turli xil institutlar (xalqaro va regional tashkilotlar) bilan yuzaga keladigan munosabatlarga; Uchinchidan, xalqaro moliya bozorlaridagi turli mamlakatlar rezidentlari operatsiyalariga xizmat qiladi. Xalqaro moliya jahon moliyasining bir qisminigina tashkil qiladi. Jahon moliyasi o‘z tarkibiga xalqaro moliyadan tashqari jahon mamlakatlarining ichki moliyasini ham kiritadi. Xalqaro moliyaning bazaviy manbai bo‘lib jahon mamlakatlarida mavjud bo‘lgan xususiy va davlat jamg’armalarining bir qismi xisoblanadi. Ushbu qism milliy iqtisodiyotdan chegirilib turli xil maqsad va sharoitlarga asosan chet mamlakatlari iqtisodiyotiga qo‘yiladi yoki xalqaro tashkilotlarga beriladi yo bo‘lmasa, xalqaro moliya bozorlariga kelib tushadi. Xalqaro moliya ichki moliya hisobidan, ya’ni rezedentlarga tegishli bo‘lgan moliyadan qoplanib turiladi. Shu bilan birga xalqaro moliya ushbu rezidantlarning milliy qonunchilikka asosan boshqa rezedentlar bilan ularning ehtiyojini qondirishga qaratilgan va milliy valyutada amalga oshiriladigan o‘zaro munosabatiga xizmat qiladi. Ichki moliya milliy moliyaning bir qismi bo‘lib, milliy moliya ichki moliyadan tashqari ushbu mamlakat rezedentlarining tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu munosabat to‘lov va hisob-kitob balanslarida aks ettiriladi. Yillik to‘lov balansi o‘tgan yil mobaynida mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlari qay tarzda shakllanganini: tovarlar, xizmatlar eksporti/importi bo‘yicha to‘lovlar/kirimlarni, shu jumladan kapital bo‘yicha daromadlar/to‘lovlar (foizlar, dividentlar, foydalar) ni; qisqa muddatli va uzoq muddatli kapital kirimi/chiqimini; rasmiy rezervlardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Joriy to‘lov balansining salbiy qoldig’i mamlakat kapitalni sof import qiluvchi davlat ekanligini, ijobiy qoldig’i esa kapitalni sof eksport qiluvchi davlat ekanligini anglatadi. 9
Xalqaro moliyalashtirishning kredit bo‘lmagan shakliga qarz majburiyatlari kiritiladi. Ushbu tashqi qarzdorlik shakli kelishilgan muddatda to‘liq so‘ndiriladigan, amortizatsiya va foizlar ko‘rinishida to‘lab boriladigan qarz majburiyatini ifodalaydi. Xalqaro kredit rasmiy yoki xususiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Rasmiy qarz va kreditlarni xalqaro va hududiy kredit tashkilotlari hamda chet davlatlari jamoat boshqaruv organlari, shu jumladan markaziy hukumat va hududiy boshqaruv organlari berishi mumkin. Xalqaro jamoatlar moliyasida o‘ziga xos o‘rinni rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotida bo‘lgan davlatlarni rasmiy moliyalashtirish tizimi egallaydi. U o‘z ichiga davlat sug’urtasi va garovi ostida eksportni kreditlash va taraqqiyotni moliyalashtirishni oladi. Shu bilan birga taraqqiyotni rasmiy moliyalashtirish o‘z ichiga qaytmaydigan subsidiyalar (garantlar), qarzdan voz kechish, imtiyoz asosida beriladigan vositalarni oladi. Xususiy chet el kreditlari xususiy banklar, boshqa moliya tashkilotlari hamda nomoliyaviy korporatsiyalar tomonidan shaxsiy yoki qarz mablag’lari hisobidan beriladi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g’risida”gi, “Chet el investorlari faoliyatining kafolatlari to‘g’risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g’risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalar hamda xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va rag’batlantirish tartibini belgilab beradi. 10
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g’risida”gi qonunda xo‘jalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug’urta tashkilotlarida hissadorlik asosida ishtirok etish, ya’ni mulklarni aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish, shuningdek yerga (jumladan, ijaraga olingan yerga) tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi qayd etilgan.6 Bu qonunning chet ellik sarmoyadorlar huquqlarini kafolatlovchi muhim jihatlaridan yana biri shuki, agar O‘zbekiston Respublikasining keying qonunlari investitsiya sharoitini yomonlashtirib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda chet ellik investorlarga nisbatan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga investitsiyalar amalga oshirilib turgan paytda amalda bo‘lgan qonunlar tatbiq etiladi. Shu bilan birga, qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi, shuningdek ularni majburan sotib olish ham mumkin emas, lekin tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (hayvonlar o‘lati) yuz bergan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda chet ellik investorlarga to‘lanadigan kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo‘lishi nazarda tutiladi. Chet ellik sarmoyadorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug’urta qilish huquqi investorlarni o‘z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat ma’murlarining sug’urta tashkiloti bilan investor o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshqa valyuta almashtirishni hamda ularni mamlakat tashqarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshqa xatarlardan muhofaza qilishni ta’minlaydi.
1985 yillardan boshlab moliya bozori tizimi global miqyosda amal qila boshladi. Turli davlatlarning etakchi moliya markazlarini bog’lovchi jahon moliya tarmog’i yuzaga keldi. Bu tarmoq Nyu-York va boshqa etakchi moliya markazlarini, shu jumladan, London, Tokio va Tsyurixni bir-biriga bog’ladi. London — etakchi Evrovalyuta markazi hisoblanadi. Tokio qimmatbaho obligatsiyalar bozori Yaponiyada jamg’arma hajmining yuqoriligi va kapital mikdorining ortiqchaligi tufayli so’nggi yillarda yanada taraqqiy etmokda. Xorij depozitlarining manfiyligi tufayli Tsyurix ham etakchi chet el obligatsiyalari bozori hisoblanadi. Boshqa xalkaro moliya markazlari, masalan, Frankfurt, Amsterdam, Parij, Gonkong, Bagama orollari, Kayman orollari dunyo kapitali oqimi bilan bog’liq turli vazifalarni bajaradilar. Ushbu markazlar o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi quyidagi uch yo’nalishga ega bulgan moliyaviy inqilobni yuzaga keltirdi. Bu: • xalqaro moliya institutlarining global ishtiroki; • xalqaro moliyaviy integratsiya • moliyaviy innovatsiyalarning tezkorlik bilan rivojlanishidir. Dunyo kapitali oqimining o’sishi davlatlar o’rtasida moliyaviy raqobatni kuchaytiradi. Ushbu an’ana ichki bozor faoliyatiga va xalqaro kapital harakatining erkinlashishiga davlat aralashuvining qisqarishiga ko’maklashgan holda, alohida davlat hukumatlariga o’z bosimini o’tkazmokda. Moliyaviy globallashuv taraqqiyoti notekis rivojlanishning kuchayishini va moliyaviy resurslar taqsimotini qo’llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, joriy to’lov balansi aktiv va passiv 12
1.2. Xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishining tarixiy bosqichlari Xalqaro moliya munosabatlarining shakllanish jarayoniga nafaqat alohida davlatlarning ta’siri, balki xalqaro hamjamiyatning taraqqiy etgan yo‘llari, davlatlarning tutgan siyosati, ularning iqtisodiyoti va boshqa omillar ta’sir etgan. Bular qatorida xalqaro moliya institutlarining tutgan o‘rni alohida e’tiborga loyiq. Shu Bilan birga unutmasligimiz kerakki, xalqaro moliya institutlarining siyosati avvalambor eng kuchli va taraqqiy etgan davlatlarning siyosatini aks ettirib kelgan. Xalqaro moliya institutlari faoliyatining boshlanishi 1944 yil iyul oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Bretton Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanga borib taqaladi. Bunda Xalqaro Moliya Jamg’armasining (XMJ) va Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (Jahon Banki)ning ta’sis qilinishi to‘g’risidagi shartnomalar qabul qilindi. Hali ikkinchi jahon urushi tugamagan va urushdan keyingi siyosiy sharoit qiyofasi endigina Yalta konferensiyasida aniqlana boshlagan bir vaqtda bunday anjumanga nima hojat bor edi? To Napoleon urushlari Yevropada o‘tmaguniga qadar, Dunyo miqyosida kata uzviy bog’langan bozor va moliya tizimi hali mavjud emas edi. To‘g’ri, Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalaridan arzon xom ashyo olib kelib ularga o‘zining sanoat mollarini o‘tkaza boshlagan edi. Lekin umum dunyo iqtisodiyotida bu jarayonlar hali kata o‘rin egallamagan edi. O‘n sakkizinchi asrda dunyo hali parchalanmagan, Yevropadagi alohida davlatlar o‘zaro savdo-sotiqni amalga oshirsalarda, asosiy ta’minot hali ichki (natural) ishlab chiqarish bilan ta’minlanar edi. Fransiya inqilobi va undan keyingi Napoleon urushlari Yevropa miqyosidagi sharoitni keskin o‘zgartirib yubordi. 13
Napoleon urushlarining yakunlanishi Britaniya uchun juda katta afzalliklar yaratdi. Endi Buyuk Britaniya o‘z ustunliklaridan foydalanib butun Yevropa mollarini sotish va bundan kata foya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya iqtisodiy uslublarinigina emas, balki siyosiy va diplomatik imkoniyatlarini ham keng qo‘llagan. Maqsad xalqaro savdo taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan erkin bozorlarning shakllanishi va Buyuk Britaniya mollariga dunyo miqyosida keng yo‘l ochib berish edi. Erkin bozorlarning taraqqiy etishi ishonchli moliya ta’minoti bilan bog’liq edi va bu moliyani ham Buyuk Britaniya ta’minlay boshlagan. Buyuk Britaniya siyosati oltin bilan ta’minlangan o‘z valyutasi fund sterlingni etkazib berish bilan cheklanib qolmay, xalqaro bozorlarda pullarning erkin «oqimi»ni ham ta’minlashga qaratilgan. Natijada Buyuk Britaniya dunyo miqyosidagi bankirga aylangan. Londan shahri nafaqat Buyuk Britaniya Imperiyasining moliya markazi tusiga kirgan. Buning asosini albatta fund sterlingning keng ishonchni qozongani va oltin bilan ta’minlanganligi amalga oshira olgan. O‘n to‘qqizinchi asrning o‘rtalaridan to birinchi jahon urushi boshlanguniga qadar Buyuk Britaniya xalqaro moliyalarning aylanishini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan standartlarni ma’lum jihatdan shakllovchi markaz amallarini bajargan. Xalqaro moliyachilar va davlatlarning o‘zaro savdosi buning o‘ziga yarasha afzalliklaridan foydalanganlar. Bu davrda Britaniya moliyachilari va siyosatchilari o‘z o‘rinlarida, xalqaro ishlar, iqtisodiy aloqalar va moliya sohasi bo‘yicha kata tajribalar orttirganlar. Birinchi jahon urushining boshlanishi Buyuk Britaniyaning xalqaro moliya bozorlaridagi mavqei pasayishining boshlanganligidan dalolat beradi. Buning sababi, bir tarafdan fund sterlingning oltin bilan ta’minlanishining vaqtincha to‘xtatilishi bo‘lsa, asosiysi, boshqa 14
olib, Amerikani yanada boyita boshladi Birinchi Jahon urushi tugagach, yigirmanchi yillarning o‘rtalarida Yevropa davlatlari inflyatsion jarayonlarga uchradilar. Bu hol avvalambor Avstriyada boshlandi. Keyin Germaniya va boshqa davlatlarga birin-ketin yoyilib ketdi. Yevropa davlatlari bu jarayonlarni to‘xtatishga hapakat qilmadilar, balki gohida o‘zaro savdo-sotiqda ma’lum afzalliklarga erishish uchun bu ularning qo‘llayotgan maxfiy siyosatlari tusiga kirgandek edi. Natijada xalqaro savdo qisqarib ketdi va bu o‘z navbatida ishlab chiqarishning susayishi va ishsizlikning haddan tashqario‘sib ketishiga olib keldi. Amerika bu jarayonlardan chetda qola olmadi. Uning mollarini chet davlatlarda sotilishi kamaydi. Ekspatriatsiya qilinayotgan (chet eldagi sarmoyalardan olib kelinadigan) foyda qiymati sarmoyalar miqdoriga nisbatan tushib ketdi. Avvalambor AQSHning ichki iqtisodiy vaziyati, moliya sohasidagi suiiste’molchiliklar va qonunbuzarliklar natijasida Amerika qimmatli qog’ozlar bozori markazi - Birja 1929 yilning oktyabr oyida inqirozga uchradi. Xalqaro iqtisodiy inqirozni yengish uchun kuchlar birlashtirilishi va davlatlar o‘zaro kelishilgan holda bu borada siyosat olib borishlari kerak edi. Ammo bu davrlarda bo‘lib o‘tgan birorta ham xalqaro anjuman, ya’ni Genuyadagi 1922 yildagi konferensiya, Vestfaliyadagi tinchlik konferensiyasi, Londondagi 1933 yilda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy anjuman xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikka asos sola olmadi. 15 Agar inqiroz boshlangan kezlari Amerika Qo‘shma Shtatlari chet el savdosidagi barqarorlikka intilganida yoki ishonchli moliyaga muhtoj bo‘lgan davlatlarga qarz berganida edi, xalqaro miqyosda inqirozni yengishga hissa qo‘shgan va bu orqali o‘zining ham iqtisodiy muammolarini yengishiga sharoit yaratgan bo‘lar edi. Ammo, u davrda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Buyuk Britaniya ega bo‘lgan tajriba hali yo‘q edi. Bu davlatda iqtisodiy taraqqiyot erkin savdo va bu bilan bog’liq bo‘lgan keskin raqobat sharoitida shakllanganligi, Amerika siyosatchilari tarafidan nafaqat davlatlararo iqtisodiy aloqalar sohasida, hatto ichki iqtisodiy siyosatning shakllanishida ham iqtisodning boshqarilishiga davlat aralashuvi to‘g’risida tanqidiy munosabatda bo‘lganlar. Buning ustiga 1931 yilda olib borilgan Smut-Xauley (Smoot-Hawley tariff) nomini olgan boj to‘lovining kiritilishi ichki bozorni importdan himoya qiluvchi siyosatini amalga oshirdi. Boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash choralarni ko‘ra boshladilar. Xalqaro miqyosda bu o‘zaro savdoni 1933 yildagi 33 milliard dollardan 13 milliard dollarga tushib ketishiga olib keldi. Xalqaro savdoning va shunga yarasha ishlab chiqarishning pasayib ketishi moliya sohasidagi muammolarni tezlatdi. 1931-1940 yillardagi xalqaro qarzlar inqirozi natijasida bir qancha davlatlar, shu jumladan Xitoy, Fransiya, Yunoniston, Germaniya, Majariston, Lotin Amerikasi davlatlarining ko‘pchiligi, Polsha, Turkiya, Yugoslaviya va hatto Buyuk Britaniya davlatlari 80 milliard dollarga Yaqin qarzlarini to‘lay olmaganlar. 30-yillarda Prezident Franklin Ruzvelt (Franklin Roosevelt) hukumatining iqtisodiy inqirozni bartaraf qilish borasida olib borgan siyosati, bozor iqtisodiyotining samarali faoliyatini ta’minlash uchun davlat muassasalarining ma’lum qoidalar va qonunchilik orqali iqtisodiy harakatlarni muvofiqlashtirish kerakligini nazariy jihatdan taraqqiy ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Qirqinchi yillarga borib nafaqat ichki siyosatni qamrash, balki xalqaro savdo va iqtisodiy alqalarni shakllantirish borasida ham umumiy, davlatlararo tan olingan qoidalar qabul qilish kerakligi tushunchalari taraqqiy etdi. vaholanki, Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodi chet el savdosi va sarmoyalar bilan uzviy bog’liq ekan, o‘z manfaatlarini amalga oshirishda xalqaro hamjamiyatga siyosiy ta’sir o‘tkazish va bu qoidalarni o‘rnatishda va ularga barchaning rioya 16
anjumanga olib keldi. Anjumanda 44 davlatdan kelgan 700 nafar qatnashuvchilar uch hafta davomida urushdan keyin shakllanadigan moliya tizimini muhokama qildilar. Anjumanga Amerika Xazinasi vakili Xarri Dekster Uayt (Narry Dexter White) va Buyuk Britaniya vakili mashhur iqtisodchi Jon Meynard Keyns raislik qildilar. Agar amerikadagilar anjumanni va uning natijalarini qizg’in va hursandchilikda kutib oldilar degan fikrda bo‘lsangiz yanglishasiz. Nyu-York shahridagi Uoll Strit ko‘chasida joylashgan qator bank va broker kompaniyalari xalqaro savdo va moliya tizimida ma’lum monopoliyaga ega edilar va qandaydir yangi Xalqaro Moliya Jamg’armasi ular uchun qoida o‘rnatishi va qandaydir Jahon Banki ularga raqobatchi bo‘lishi ularni hursand qilgani yo‘q. "Uoll-Strit" lobbisi (qarshiligi) AQSHda katta kuchga ega. Uni yengish uchun Davlat departamenti va AQSH Hazinasi xodimlari matbuot orqali bir qancha tushuntirish ishlarini olib borishga majbur bo‘lganlar. "Agar xalqaro savdoda umumiy qoidalar qabul qilinmasa, davlatlar o‘zaro pul almashganida "qotirilgan" almashuv qiymati "almashuv kurs" kelishib olinmasa, davlatlar o‘zaro qarzlarni yoki ko‘p taraflama qarzlarni kliring (clearing) orqali kelishilgan holda bitirmasalar, davlatlarning ichki monetar siyosatlarida pulning qadrsizlanishi, banklar foizlari yuqori o‘rnatilishi va soliq tizimining shakllanishi va taraqqiyotida ma’lum maslahat va nazorat o‘tkazadigan, xalqaro tan olingan muassasa ta’sis qilinmasa, o‘ttizinchi yillardagi kabi buyuk inqirozlar, xalqaro iqtisodiyotdagi tushkunlikning qaytarilishi va bundan davlatlar va korporatsiyalar hisoblab bo‘lmas miqdorlarda ziyon va talofatlar ko‘rishi xavfi yuqori ekanligi haqidagi maqolalar o‘sha yillarda "Chet el ishlari ro‘znomasi"da (Foreign Affairs) chop etilgan. Shu nuqtai nazardan, Bretton Vuds shartnomalarining maqsadi avvalambor moliyaviy sokinlikni ta’minlash va shu orqali xalqaro savdo taraqqiyotini qo‘llash edi. Bu maqsadlarni amalga 17
yigirmanchi asrning boshlarida asosiy xalqaro savdo qatnashuvchilarining moliyalari oltin bilan ta’minlanar, va oltin zahiralar har bir davlatning moliyaviy boyligini aks ettirar edi. O‘zaro pul almashtirishda ular Buyuk Britaniya paund sterlingi standartidan foydalanar edilar. Endilikda Buyuk Britaniyaning iqtisodiy, harbiy va moliyaviy quvvati bu mas’uliyatni bajara olmas va uning o‘rniga Amerika Qo’shma Shtatlarining dollari xalqaro maydonda vujudga keldi. Yigirmanchi asrda oltin standartiga munosabat o‘zgardi va turli davlatlar va sharoitlarda moliyaning oltin bilan ta’minlanganligiga turlicha yondashildi. Masalan, yigirmanchi yillarda Sho‘ro hukumatining "yangi iqtisodiy siyosati"ni amalga oshirish davrida, uning "chervonets" pul birliklari oltin bilan ta’minlangan bo‘lsa, 1933 yil iqtisodiy inqiroz va ishsizlikni yengishga intilgan AQSH Federal Jamg’arma Tizimi oltin standartidan voz kechgan edi. Shu bilan birga xalqaro bozorlarda aylanadigan moliya ta’minlanganligi uning ishonchliligi masalasi Bretton Vuds anjumanining kun tartibida ma’lum tortishuvlar bilan amalga oshdi. Buyuk Britaniya vakili Jon Keyns va uning tarafdorlari oltin ta’minoti amalga oshirilgan holda, mavjud oltin zahiralarining yetishmasligi, va bu xalqaro savdoni moliyaviy ta’minlay olmasligi sababli uning moliya oqimlarining taraqqiyotiga to‘sqinlik qilishini sabab qilib, xalqaro moliyani oltin bilan ta’minlanishiga qarshilik bildirdilar. Bu to‘sqinlik o‘z navbatida ishlab chiqarishning tezligiga va ishsizlikning miqdoriga salbiy ta’sir o‘tkazishini asosladilar. Bu nuqtai nazarga qarshi bo‘lganlar, avvalambor Uoll Strit "mahallasidagilarning" intilishlarini aks ettiruvchilar edi. Ularning oltin zahiralari nisbatan boshqalarnikidan ko‘proq bo‘lgani yoki, haqiqatdan xalqaro savdoda ta’minlanmagan "qog’oz" pullar aylanishidan xavfsiragani sababli, ular xalqaro pullarning oltin bilan ta’minlanishini talab qildilar. Natijada taraflar bir qadoq oltin qiymatini 35 dollarga tenglashtirishga kelishdilar. O‘zaro valyutalarning qiymati qotirilgan kursda, 1 foiz chegara ichida "suzuvchanlik" huquqi bilan tasdiqlandi. Bu kursni o‘zgartirish huquqi XMJga, agar alohida davlat o‘ta iqtisodiy qiyin ahvolga 18
kelishib olindi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika Qo‘shma SHtatlari urushayotgan davlatlar bilan savdodan va ularga bergan qarzlardan ancha manfaat topib, urush tugaganidan keyin, urush talofatlarini ko‘rgan davlatlarni tiklash uchun kerak bo‘lgan mablag’larga ega yagona davlat edi. Hech qaysi boshqa davlat bunday imkoniyatga ega emas edi. SHuning uchun AQSH dollari xalqaro pul vazifasini bajaruvchi moliyaga aylanishi muqappap edi. Ikkala xalqaro moliya tashkilotining ta’sis jamg’armasining asosiy qismini AQSH to‘laganligi bu tashkilotlarda Amerika yetakchi o‘rinni egallaganligini va ularda qabul qilinadigan qarorlarni Amerika to‘la-to‘kis nazorat qilishini belgiladi. SHuning uchun bu tashkilotlarning birinchi rahbarlari vazifalarini AQSHning vakillari o‘tay boshladi. Undan tashqari, cheksiz mehmondo‘stlik ko‘rsatib, ikkala tashkilot AQSHning poytaxti Vashingtonga, (Davlat departamenti va Hazina nazorati ostiga) joylashtirildi. Jahon Bankining rahbari etib Amerikalik bankchi tayin etilgani bu tashkilotga jamg’arma jalb etishda katta afzalliklar yaratdi. CHunki Uoll Stritliklar tanimagan kimsaga ishonib pullarini qarz berishlari albatta juda mushkul hol edi. Nafaqat tizimda ishlagan, uni ichidan yaxshi bilgan mutaxassislar Uoll Stritliklar bilan yaxshi salom-alik qilganlargina ulardan etarlicha jalb qila oladilar. Shu bilan birga, bu xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlarini o‘zlari ta’sis qilgan ichki qoidalari ta’siri tufayli tez boshlay olmadilar. Jahon bankining faoliyati XMJ qarorlari bilan uzviy bolig’liq. Jahon Bankidan qarz olmoqchi bo‘lgan davlat avvalambor XMJga a’zo bo‘lib, uning iqtisodiy, ba’zan siyosiy sohada ham qo‘ygan talablarini, shu jumladan moliya sohasini takomillashtirish, erkin bozor taraqqiyotiga sharoit yaratish shartlarini bajarishi kerak. Urushdan talofatlar bilan chiqqan va tiklanish uchun katta mablag’larga muhtoj bo‘lgan davlatlar bu tashkilotlarga murojaat etishga majbur edilar. Lekin Xalqaro Moliya tashkilotlari ularga, toki o‘rnatilgan qoidalar bajarilmagunga qadap, qarz ajratishga shoshilmadilar va bozor islohotlarini 19
Marshal rejasi Amerikaning Yevropaga va boshqa rivojlanayotgan davlatlarga ta’sirini kuchaytirishga va sovuq urushda g’olib bo‘lishiga qaratilgan edi. Shu davrlarda Prezident Garri Trumen (Narry Truman) boshchilik qilgan Amerika ma’muriyati kambag’al davlatlarga ham yordam ko‘rsatishga qaratilgan rejalarni shakklantirishga qaratilgan harakatlarni boshlagan edi. Bu harakatlar xalqaro moliya tizimining shakllanishida yetakchi o‘rinni egallamasada, taraqqiy etgan davlatlarning qaramog’ida qolgan kambag’al o‘lkalar siyosatini shakllanishida muhim omil sifatida namoyon bo‘ldi. Marshal rejasini amalga oshirish davrida – to 50-yillarning birinchi yarmi yakuniga qadap AQSHning banklari Yevropa davlatlariga XMJ va Jahon Bankiga qapaganda bir necha barobar ko‘p qarz va iqtisodiy yordam ko‘rsatdi. SHu bilan birga, XMJ harakati Yevropadagi davlatlarda bozor munosabatlarining taraqqiyoti, moliya-bank tizimining shakllanishi ishonchli moliya siyosatlarining shakllanishi, davlatlar orasidagi to‘siqlarning pasaytirilishiga qapatilgan edi. Bu hol nafaqat Yevropa davlatlari orasidagi to‘siqlarning pasayishi va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning taraqqiyotiga, balki boshqa mintaqalar bilan savdoning o‘sishiga ham olib keldi. Ya’ni, Xalqaro Moliya tashkilotlarining roli ko‘proq islohotlarni amalga oshirish va shu yo‘l bilan moliyachi tadbirkorlar faoliyati uchun sharoit yaratib berish bilan bog’liq. Asosiy sarmoyalarni bu tashkilotlar emas, tijorat banklar jalb qiladilar. Qisqa muddat ichida Yevropadagi iqtisodiy o‘sish samarasi ko‘p sohalarda, urushdan oldingi ko‘rsatkichlardan ortib ketganligini ko‘rsatdi. Ko‘p jihatdan bu Bretton Vuds tizimining samarasi va yutug’i edi. O‘z navbatida bu tizim Amerika Qo‘shma Shtatlariga bir qancha afzalliklar yaratdi. Uning banklari chet davlatlarga katta miqdorda qarz berib, ulardan foiz shaklida foyda ola boshladilar. Amerika korporatsiyalari tiklanayotgan davlatlarga ko‘plab eksport qilish imkonlarini 20
ko‘paytirishga ham imkon yaratdi. Urushdan keyingi davrda AQSH dollari xalqaro moliyalar bozorida yagona ishonchli valyuta bo‘lib xizmat qildi. Yildan-yilga bu valyutaga talab ortib bordi. Chunki iqtisodiyoti o‘sib borayotgan davlatlarga yana yangi sarmoyalar kerak edi. Ularning mahsulotlari chet el bozorlariga sotilganida dollarda baholanib sotilar edi. Va bu o‘sib borayotgan savdoni ta’minlash uchun yana va yana dollarlarga ehtiyoj ortib bordi. Xalqaro iqtisodiyot o‘sishining cheklanishi go‘yo dollarning etmasligi bilan bog’liq edi. Va AQSH bu dollarlarga bo‘lgan talabni ta’minlashga harakat qildi va muvaffaq bo‘ldi. Dollarda belgilangan savdoni nafaqat Amerikaga ittifoq bo‘lgan G’arb davlatlari, "sotsialistik" ittifoqdagi davlatlar Xitoy va sobiq Sovet Ittifoqi ham amalga oshirar va dollar jamg’armalariga ega edilar. Chet el savdosidan qozongan dollarlarni bu davlatlar Amerika banklarida emas, Yevropadagi Fransiya va Buyuk Britaniya banklarida saqlar edilar. Qirqinchi yillarning oxiri - elliginchi yillarning boshlaridagi Amerika Qo‘shma Shtatarida mavjud "Sho‘rolar xavfi" shiori ostidagi "Makkartizm" yoki "Jodugarlar ovi" siyosati hukm surayotgan davrda, "qizil" davlatlar o‘z pullarini Amerika banklarida saqlashga jur’at eta olmaganlar. Elliginchi yillarning boshlarida Buyuk Britaniya banklari rasmiy tarzda Amerika dollarlarini depozitga qabul qilib, bu vayutada qarz bera boshlaganlar. Aynan shu payt "moliya jinlari" iroqdan chiqarib yuborilgan va hanuzgacha ularni qaytarish imkoniyati ko‘zlanayotgani yo‘q. Chunki aynan shu davrdan boshlab markaziy banklar nazoratisiz dollarda belgilangan moliya jamg’armalari shakllanib, iqtisodiy faoliyatini boshlagan. Keyinchalik bu hol o‘sib borib, dunyo miqyosidagi moliya nazorati muammosiga aylangan. U davrda AQSH iqtisodiyoti xalqaro bozorlarga kerak bo‘lgan miqdorda dollarlarni eksport qila olmasdi. Uning ishlab chiqarish tizimida ma’lum miqdorda harbiy mahsulotlar ham hamisha o‘rin olgan. Natijada, Amerika kampoq eksport qilib, nisbatan ko‘proq import qila boshlagan. Asosiy tushumning ko‘p qismini chet el sarmoyalaridan keladigan daromadlar tashkil etgan. 21 Kerak bo‘lgan mablag’larni qozonish uchun chet eldagi dollarga muhtoj bo‘lganlar Amerikaning "Uoll Strit" birjalarida dollarda baholangan qimmatli qog’ozlar (BOND) chop etardilar. Amerika banklari bu "qog’ozlarning" garovini ta’minlardilar. Shu moliya asbobi qo‘llanuvi uslubida Amerikadan milliardlab dollarlar olib chiqilardi. Bu to‘lov balansida salbiy saldo o‘sishiga olib borgan. To elliginchi yillarning oxiriga qadar Bretton Vuds moliya tizimi samarali faoliyatda bo‘lgan. Lekin oltmishinchi yillarga borib, chet eldagi aylanayotgan dollarlarning miqdori uni ta’minlay oladigan AQSHning xazinasidagi oltin miqdoridan oshib ketgan. Dollarlarning xalqaro moliya bozorlarida oltin bilan ta’minlanmagan miqdorda aylanishini oldini olish Amerika to‘lov balansini ijobiy holga keltirish bilan bog’liqligi aniq edi. Lekin buni amalga oshirish yildan-yilga qiyinlashib bordi. Sababi oltmishinchi yillarga borib Yevropa va Yaponiyaning iqtisodiyotlari taraqqiy topib, ular AQSH firmalariga barobar raqobat ko‘rsata boshladilar. Bu davlatlar korporatsiyalari chiqarayotgan turli mahsulotlar (iste’molchilarni keng miqyosda) Amerika firmalaridan chetlab, xalqaro bozorlarni o‘z mahsulotlari bilan egallay boshladilar. Amerikaning salbiy to‘lov balansi kengayishiga ikkinchi sabab - uning shu davrda olib borgan Vetnam urushi va bu bilan bog’liq bo‘lgan harbiy xarajatlar bo‘ldi. Bu urush Amerikada inflyasion jarayonlarning o‘sishiga, iqtisodiy qiyinchiliklar, narxlar va ishsizlik darajasining o‘sishiga olib keldi. Uning ustiga Amerika bozorlari chet elda ishlangan avtomobillar, mashinasozlik mahsulotlari va engil sanoat mollari bosib kelaverdi va to‘lov balansi muammosi oshirib bordi. Chet eldagi dollar egalari dollar sotib olish kuchini yo‘qotgani sari o‘z boyliklarining susayishini sezardilar. Buning oldini olish uchun dollarning qotirilgan kursini, saqlab qolish kerak edi. Lekin Amerikadan oqib kelayotgan dollarlarni sotish bilan mashg’ul chayqovchilarning bu bilan ishlari yo‘q. Dollar kursni saqlab qolish uchun Yevropa va Yapon markaziy banklari dollarlarni sotib olib, saqlashga kirishdilar va buning uchun ko‘plab o‘z valyutalarini chop etdilar. Bu yo‘sinda Amerikadagi inflyasion jarayonlar Yevropa va boshqa davlatlarga eksport qilina boshladi. 22
Amerikadagi byudjet etishmovchiligini qoplaganlar. Ya’ni vaziyat shunday bo‘lganki, Bretton Buds yaratgan tizim AQSHga cheklanmagan miqdorda kredit ta’minlovchi vositaga aylandi. Bu hol Yevropadagilarni hech hursand qilmadi. 1965 yili general De Gol (de Gaulle) boshchilik qilayotgan Fransiya Hukumati Amerikaning bu imtiyozlarini keskin tanqidga oldilar. Lekin to‘lov defitsitini qoplashga va dollarlarini oltinga almashishga Amerikaning u sharoitda imkoniyati cheklangan edi. O‘z o’rnida bu hol ko‘plab Amerika banklarini chet ellarda o‘z sho‘balarini ochishga undadi va nisbatan qisqa davr ichida xalqaro bankachilik tez taraqqiy topa boshladi. Banklar uchun chet el sho‘balarining mavjudligi ularga FRTning nazoratidan ma’lum erkinlik yaratar edi. Shu bilan birga chet elda banklar qo‘shma korxonalar shaklida ochilar va mahalliy tajribaga bevosita egalik qilishga sharoit yaratardi. Bundan tashqari bu davrda iqtisodiyoti va bankchilik tizimi taraqqiy etgan davlatlardagina emas, balki taraqqiy etmagan iqtisodiyoti va markaziy banklar tarafidan nazorat mavjud bo‘lmagan davlatlarda ham ko‘plab sho‘ba ochish holi ro‘y bera boshladi. Bunday davlatlar offshor (Ofshore yoki Shell branch) deb ataldilar. Ularning afzalligi, bankchilik qoidalarining sustligi va to‘lanadigan soliqlar miqdori bu yerlarni "soliq jannati" deb atalishiga imkon yaratgani. Eng ko‘p bu kabi banklar Karib dengizi bo‘ylab Bagam va Kayman orollarida o‘rin topgan. Keyinchalik bunday sharoitlarni Yevropaning kichik davlatlari va O‘rta er dengizida (turk. Ak deniz) joylashgan orollar ham yaratadigan bo‘lgan. Bu banklar odatda kichkinagina bo‘lib, xodimlarning malakasi va sonining ahamiyati yo‘q, umuman hech qanday qaror qabul qilish huquqiga ham ega bo‘lmaydilar. Ularning vazifasi faqat ta’sischi banklarning u yoki bu hisob raqamlariga kelib tushgan moliya jamg’armalarini o‘tkazish bilan bog’liq topshiriqlarini bajarishdir. 1966 yilda Amerika Federal Tizimi "Q" boshqaruvi (Regulation Q) nomini olgan banklar berayotgan qarzlarga to‘lanadigan foizlarning yuqori chegarasini cheklab qo‘yadigan qoida kiritdi. 23
Yevropa moliya bozorlaridagi dollarda belgilangan qimmatli qog’ozlar chop etilishi taraqqiyoti, dollarlarda millionlab va milliardlab savdo va valyuta oldi-sotdilarining hech kimga hisobot berilmaydigan qoidalarda amalga oshirilishi, Federal jamg’arma tizimiga bo‘ysunmaydigan, lekin Amerika dollarlarida depozitlar qabul qilib milliardlab qarz beradigan banklar va sho‘balarning ko‘payishi, bundan dollarlarda belgilangan foyda orttirishlar Amerikaning to‘lov balansiga, undan dollarlarning oqib ketishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi? Albatta salbiy. Bu holning oldini olish uchun AQSH hukumatining siyosiy imkoniyati hamisha etarli bo‘lgan. Masalan, Buyuk Britaniya va Fransiya hukumatlari bilan ularning banklari dollarda depozit qabul qilmasliklarini talab qilishlari va talablarini bajarilishining ustidan chiqishlari mumkin edi. Boshqa masalaki mavjud hol Amerika moliya doiralariga va ular orqali umumiqtisodiy sharoitga afzalliklar yaratar edi. Dollarni xalqaro moliya bozorlarining salbiy ta’siridan qutqarishga (yoki moliya bozorlarini dollar inflyasiyasining ta’siridan himoyalashni) Xalqaro Moliya tashkiloti urinib ko‘rgan. Bu tashkilot dollarning o‘rniga xalqaro moliya bozorlarida aylanishi kerak bo‘lgan yangi moliyani ixtiro qilgan. Moliyaning nomi Maxsus Egalik huquqlari MEX (Special Drawing Rights SDR) deb atalgan. Ixtirochilarning fikricha bu moliya batamom dollarning o‘rnini egallashi kerak edi. Lekin bir necha yillik muzokaralardan keyin etmishinchi yillarning boshlarida faoliyat ko‘rsata boshlagan MEX, miqdoriy jihatdan dollar o‘rnini bosmagan. Uning sun’iyligi iste’molchilarda ma’lum xavfsirash yaratgani uchun unga bag’ishlangan umidlar oqlanmay qolgan. Dollarlarning miqdori moliya bozorlarida mavjud talabdan oshib borishi uning chayqovchilarining harakatlariga qo‘shimcha dalda berdi. Bu hol 1971 yilga borib avjiga chiqib 24
olib borishini ma’lum qildi. Amerikaning Hazina va Federal rezerv tizimi ichki moliya bozoridagi savdoni cheklashi, Amerika dollarlari savdosini chetga chiqib ketishini, ko‘proq Yevropa bozorlarida va offshor davlatlarida amalga oshirilishiga olib keldi. Etmishinchi yillarning boshlariga kelib bir qancha omillar moliya bozorlaridagi savdoni keskin o‘sib ketishiga imkon yaratdi va undadi: 1. Amerika va boshqa taraqqiy topgan davlatlar yirik banklarining ko‘plab sho‘‘balari chet elda va markaziy banklar nazorati cheklangan offshor yerlarda ochilishi, moliya bozorlarida oligopolistik sharoitni yuzaga keltirdi. Raqobat kuchaygan sari ularning faoliyatlari, shu jumladan yuqorida aytilgan xatarlar bilan bog’liq faoliyatlari keskin o‘sdi. Amerika hukumati tarafidan ichki moliya bozorini ham siqish shunga olib keldiki, Amerika banklari chet eldagi sho‘‘balaridan ko‘proq daromad oladigan bo‘ldilar. 1970-1976 yillar davomida Amerikaning eng yirik 10 ta bankining ichki bozorda oladigan daromadi 103,5 foizga oshdi va 817,3 mln. dollarga etdi. CHet el sho‘‘balaridan olgan daromadlari 4,9 barobar oshib 826 mln. dollarga etdi. 1970 yildan to 1981 yilga qadar umumiy daromadlar ichida chet eldagi sho‘‘balardan olinadigan daromadlar qismi 17,5 foizdan 48,0 foizgacha oshdi.7 2. Bretton Vuds shartnomasidagi oltin standartdan voz kechish bilan bog’liq bo‘lgan chayqovchilik harakatining keskin o‘sishi. 3. Aynan shu payt birinchi neft inqirozi boshlanishi va bu sohadan milliardlab daromad olinishiga to‘g’ri keldi. Neft sotuvidan orttirilgan (neft dollarlar) milliardlab dollarlik mablag’lar banklar uchun kerakli jamg’arma bo‘lib, yangi qarzlar berishgai mkon yaratdi. 4. Yevropada keng miqyosda qimmatli qog’ozlar bozori va boshqa moliyaviy asboblar taraqqiy topa boshladi. Yevropa dollarlari bozorining taraqqiyoti banklarga tez sur’atlarda qarz berish imkoniyatini yaratdi. Bu xalqaro bankchilikning o‘sishiga va by banklar berayotgan qarzlar miqdori, moliya bozorlarida aylanayotgan dollarlar miqdori ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xalqaro savdoning o‘sish suratlariga qaraganda ko‘proq miqdorda o‘sishiga olib keldi. Yetmishinchi yillarda davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari o‘zgarishi natijasida xalqaro bozorlardagi kuchlar orasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Asosiy yirik iqtisodiy markazlar (YIM) bo‘lmish AQSH, Yevropa Umumiy bozor davlatlari va Yaponiya orasida raqobat yanada kuchayib bordi. Bu raqobat ushbu markazlarning taraqqiy etayotgan davlatlarga bo‘lgan munosabatlarida aks etdi. Taraqqiy etayotgan davlatlarning xom-ashyo ustidagi raqobati nafaqat iqtisodiy, balki bu markazlar orasidagi siyosiy munosabatlarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. 70-yillarga borib taraqqiy etgan davlatlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yuqori darajaga etishi, bu erda xom ashyo iste’moliga talab oshib borishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga YIM davlatlarining xom ashyo bilan ta’minlanganligi turli darajada bo‘lgani ham o‘zaro munosabat va raqobatga ta’sir qildi. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlari va ayniqsa Yaponiyaga nisbatan AQSH o‘zining turli xom ashyo zahiralariga ega. Shu jumladan, foydalanilayotgan neftning 28,5 foizini AQSH chetdan import qilgan bo‘lsa, G’arbiy Yevropa davlatlari 97 foiz atrofida, Yaponiya esa xanuzgacha deyarli hammasini import qiladi.8 1974 yilda neft narxlari to‘rt barobar oshib ketgani bu davlatlar iqtisodiyotiga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘zaro OPEK tashkilotiga birlashganliklari umumiy siyosat yuritishga sharoit yaratdi. Natijada shu yili sanoati rivojlangan davlatlarning OPEK a’zolariga bo‘lgan qarzlari 60 mlrd. dollarni tashkil etdi. Qarzlar 1976 yilga borib 40 mlrd.gacha pasaysa ham, bu ularning to‘lov balanslariga, ichki sarmoya siyosatlariga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillar, ya’ni mustamlakachilik ta’siri tugayotgan davrda, AQSH ilgari Yevropa davlatlariga qarashli bo‘lgan, taraqqiy etayotgan davlatlardagi ko‘plab xom-ashyo bozorlarini egallashga muvaffaq bo‘lgan. AQSH xom ashyo ishlab chiqarishda, uni transportda etkazib berish va sotishda ilgarilab ketgan bo‘lib, shu orqali boshqa YIM davlatlariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan. 70-yillarga borib vaziyat o‘zgarishi, AQSH asosan yer yuzining G’arbiy qismiga (Kanada, Lotin Amerikasi), Yevropa Ittifoqi - Afrikada va Yaponiya, Avstraliya va Osiyoning Tinch Okeanii bo‘yidagi davlatlarga o‘z ta’sirlarini o‘rnatishiga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga Yaponiya va Yevropa davlatlari Markaziy Amerika va Yaqin Sharq davlatlarida o‘z faoliyatlarini kengaytirishga erishdilar. Shu bilan birga, iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy inqirozlar taraqqiy etgan davlatlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undadi. Bunga neft narxlarining o‘zgarishi bilan bog’liq hamma ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibiy tannarxlarining keskin o‘zgarishi majbur qilar edi. Bu muammolarni hal qilish uchun Yangi moliyaviy sarmoyalar zarur edi. Xalqaro aloqalardagi yana bir jarayon - o‘zaro savdodagi tovarlarning tarkibining o‘zgarishi bo‘ldi. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda xalqaro savdo taraqqiyoti ishlab chiqarish tezligiga nisbatan ikki barobardan ortiq o‘sdi. Buning sababi nafaqat tovarlar ishlab chiqarilish hajmining ko‘payishida, balki sotilayotgan mollar tarkibida, xom ashyoga nisbatan sanoat mahsulotlarining qismi ko‘payishida bo‘ldi. Bu davr ichida qo‘llanilayotgan texnika va texnologik uslublarning o‘zgarishi sarflanayotgan xom ashyoning miqyosi kamayishiga olib keldi. Ya’ni ishlab chiqarishning miqdori jismonan o‘sgan bo‘lsa-da, mahsulotlarning tannarxida xom ashyo egallagan qiymat qismi kamaydi. Mahsulotlar asosiy qiymatini "nou-xau (know how)" atalmish, fan va texnik yangilanishga tegishli xarajatlar egalladi. Undan tashqari kimyo sanoatining o‘sishi ko‘p hollarda tabiiy ashyolar o‘rnini sintetik uslubda ishlab chiqarilgan moddalarning egallashiga, ko‘p hollarda
Bu muammolar yig’indisini hal etishda taraqqiy etgan davlatlarning rahbarlari bozor iqtisodiyotini va avvalambor moliya tizimining islohotlari bilan yengishga urindilar. 1980-yilda AQSH rahbariyatidagi Prezident Ronald Reygan "Bozor sehrli kuchga ega" degan shior ostida islohotlar o‘tkazgan. Bunda moliya tizimini cheklovchi bir qancha farmon va qonunlar bekor qilingan. SHu davrdagi Buyuk Britaniya Bosh Vaziri Margaret Tetcher xonim o‘tkazgan shu kabi islohotlar ham amalga oshirilib, moliya oqimlarini cheklovchi qonunlar bekor qilingan edi. Moliya islohotlari banklar foizlarining yuqori darajasini cheklashni bekor qilishi, moliya oqimlariga qo‘llaniladigan soliqlarni qisqartirish va bekor qilinishi, vositachilar o‘tkazayotgan moliya operatsiyalaridan olinadigan komission to‘lovlarini qisqartirish, keng miqyosda chet el moliya firmalariga ichki bozorlarga kirish imkoniyatlarini qo‘llash, xususiylashtirish va bu bilan bog’liq qimmatli qog’ozlarning taraqqiy topishini qo‘llash, banklar, qimmatli qog’ozlar va sug’urta firmalari va boshqa moliya tashkilotlarini o‘zaro raqobatlarini qo‘llash – moliya bozorlarini keskin taraqqiyotga boshladi. Natijada valyutalarning o‘zaro raqobati susayib, moliya bozorlarida asosiy e’tibor sarmoyalar siyosatiga qaratilgan va moliya oqimlarining keskin o‘sishi kuzatilgan. Moliyaviy va iqtisodiy islohotlar AQSH iqtisodiyotining stabillanishiga o‘ta ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 70-80-yillarda bu davlatda o‘rtacha inflyasiya usishi 12% atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 80-yillarning ikkinchi yarmida Amerika sarmoyalarining samarasi bu ko‘rsatkichni o‘rtacha 3,5-4 foizgacha pasayishini ko‘rsatgan. 1978 yili Buyuk Britaniya va Italiya inqirozni yengish uchun Xalqaro Moliya Jamg’armasidan katta miqdorda qarz jalb etishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, moliya islohotlari natijasida Buyuk Britaniyaga milliardlab qo‘shimcha paund sterlinglar oqib kelgan. Natijada Britaniya va AQSHning moliya tashkilotlari nafaqat sarmoyalarga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini qoniqtirishga, balki ko‘p miqyosdagi sarmoyalarini eksport qilishga ham muvaffaq 28
Bir necha yil davomida Yaponiya, Fransiya, Kanada va boshqa taraqqiy etgan davlatlar moliya harakatlarini cheklovchi qonun-qoidalarining islohotlarini amalga oshirgandilar. Bu esa taraqqiy etgan davlatlarning sarmoyalarining savdosi keskin o‘sib ketishiga olib keldi. Lekin vaziyatning 60-70-yillardan farq qiluvchi tarafi shunda ediki, ilgari sarmoyalar taraqqiy etayotgan davlatlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, endi sarmoyalarning eng katta qismi eng taraqqiy etgan davlatlar: AQSH va boshqa YIMga yo‘naltirila boshladi. 80-yillarning oxiriga borib Amerika banklari o‘zlarining yetakchi o‘rinlarini yo‘qota boshladilar. Amalda islohotlarni o‘tkazish boshqa davlatlar: Yaponiya va G’arbiy Yevropadagi Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniy banklarining o‘sib ketishiga olib keldi. SHu bilan birga sarmoyalar eksporti nafaqat qarz berish uslubida va to‘g’ri (bevosita) sarmoyalar uslubida, shu bilan barobar portfel sarmoyalari uslubida ham keng miqyosda amalga oshiriladigan bo‘ldi. Davlatlararo bu ko‘rsatkichlar nisbatan farqli bo‘lsa-da, umuman portfel sarmoyalarining ahamiyati, shu davrdan boshlab sezilarli o‘sib bordi. Masalan, 80-yillar o‘rtasida Amerikaning chet el sarmoyalarining 28%ini bevosita sarmoyalar, 14% portfel sarmoyalari va 58% qarz sarmoyalari tashkil etsa, Buyuk Britaniyaning 14% bevosita, 18% portfel va 68% qarz sarmoyalari tashkil etgan va Yaponiyaning 16% bevosita, 57% portfel va 27% qarz sarmoyalari tashkil etgan. O‘z o‘rnida portfel sarmoyalarining o‘sishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Agar ilgari sarmoyalar eksporti bilan yirik Trans Milliy Korporatsiyalar va Banklar shug’yllangan bo‘lsalar moliya tizimlarining islohotlari, portfel sarmoyalariningtaraqqiyoti moliya bozorlarida o‘rta hol tashkilotlar va jismoniy shaxslarning bemalol qatnashishlari uchun sharoit yaratdi. Moliya erkinligi 90-yillarda o‘ta taraqqiy topdi va zamonaviy information texnologiya taraqqiyoti sharoitida virtuallashgan holda namoyon bo‘la boshladi. Bunda davlatlar, banklar va korporatsiyalarning o‘zaro moliya savdosi moliya bozorlarini alohida iqtisodiy salohiyatga ega 29
(postindustrial) iqtisodi atamalar bilan belgilanish vujudga keldi. Endilikda bu soha an’anaviy iqtisodiy sohalar harakatlari xizmatini o‘tovchi sohadan ularga o‘z hukmini va qonun-qoidalarini o‘rnatadigan sohaga aylanib bordi. Zamonaviy molil munosabatlari informatsion vositalar orqali uzviy bog’langan bo‘lib, jahon miqyosida yirik "organizm" shaklida namoyon bo‘lmoqda. Bu hol globallanish iborasi bilan ifodalanmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda. 30
2.1. Iqtisodiy taraqqiyot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro moliya munosabatlari rivojlanish holatining tahlili XX asrning oxirgi yillarida jahon iqtisodiyotida xo‘jaliklararo aloqalarning baynalmilallashuvi natijasida globallashuv jarayonlari kuchaydi. XVF (Xalqaro Valyuta Fondi) ekspertlarining ta’kidlashicha, globallashuv – bu tovar, xizmat va kapital bo‘yicha xalqaro bitimlarning hajmi va rang-barangligining ko‘payishi hamda texnologiyalarning tez va keng ko‘lamda yoyilishi natijasida dunyodagi barcha mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy bog’liqligining o‘sib borishidir. Globallashuv natijasida milliy, huquqiy va texnologik chegara va to‘siqlar bartaraf etilib, xalqaro aloqalarga intilish kuchayib bormoqda. Globalizatsiya deganda, odatda xalqaro savdo, moliya va axborot oqimi. integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashib borishi tushuniladi.10 Binobarin, yurtboshimiz bugungi davrga baho berib: «Butun dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari tufayli mafkuraviy manzara tubdan o‘zgarib borayotgan XXI asr o‘z shakl-shamoyili, mohiyat-mazmuni, keng qamrovligi bilan murakkab davrdir» deganlar. Globalizatsiya mohiyat jihatidan iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liq bo‘lib qolishidir. Iqtisodiy globalizatsiya – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyot natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globalizatsiya tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog’liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining milliy chegaralarni e’tiborga olmay, uzluksiz kengayishini anglatadi. Xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solishning bilvosita, egiluvchan usullari sifatida turli soliq turlari ham keng qo‘llaniladi. Bunda faqat tashqi soliq tizimidagi emas, balki ichki soliq tizimidagi soliq turlaridan ham foydalaniladi. Faqat tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga solishda qo‘llaniladigan soliqlarga import va eksport soliqlari kiradi. Ular olib kelayotgan yoki olib chiqayotgan mahsulotlarga, ularning oqimlarini tartibga solish, ya’ni rag’batlantirish yoki to‘xtatish maqsadida belgilanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda import tushumlariga soliqlar keng qo‘llanilsa, eksport mahsulotini sotishdan tushumlarga soliqlar esa ma’lum imtiyozlarga egadir. Bu eksportni rag’batlantirishga, ichki va tashqi bozorlardan narxlar farqi ko‘p bo‘lganda o‘z mahsulotlari kabi import mahsulotlarga ham mamlakat ichida sotish uchun bir xil sharoitlar yaratish imkonini beradi. Xalqaro moliya munosabatlari ichki soliqlar tizimi yordamida ham tartibga solinadi. Davlat mahsulot sotilishidan olingan foydaga, pul kapitalidan daromadlarga, kapitalning qo‘shimcha o‘sishiga, qimmatbso qog’ozlarga, ortiqcha foydaga va boshqalarga soliqlarni belgilab, o‘zining hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati uchun qulay yoki qulay bo‘lmagan sharoitlarni yaratishi mumkin. Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi. Jahon bozoridagi kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9 foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. 2013-yilda qimmatbaho metallar narxining keskin pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida 2 foizga ko‘paydi. 32
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid choratadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani jalb etish imkonini berdi. Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida barcha hududlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. 1-jadval Respublika tashqi savdo aylanmasi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi.11 (mln.AQSH dollari) Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamizda tashqi savdo aylanmasi 2013 yil yanvar-mart oylarida 4462,6 mln. AQSH dollarini tashkil etgan, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,0 %ga ortgan. Shu jumladan eksport 2620,4 mln. AQSH dollari, import esa 1842,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan, o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 56,1 %ga va 9,8 %ga ortgan. Ijobiy saldo 778,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Shu jumladan MDH davlatlari bo‘yicha 99,9 mln. AQSH dollarini, AQSH va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan esa 678,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Eksport hajmining oshishi asosan yoqilg’i va neft mahsulotlari eksportining 96,1 %ga, kimyo mahsulotlari eksportining 27,1 %ga, mashina va jihozlar eksportining 20,3 %ga, xizmatlar eksportining 15,5 %ga ortgani hisobidandir. XVF tasnifi bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. 2-jadval
MDH davlatlarining joriyoperatsiyalar balansi hisobi12 (YAIMga nisbatan %da) Jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, MDH mamlakatalrida joriy operatsiyalar balansining saldosi 2011 yilda YAIMga nisbatan 4,5 foizni tashkil etgani holda 2006 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 40 foiz kamaygan. 2005-2013 yillar oralig’ida MDH mamlakatlari joriy operatsiyalar balansi hisobi tahminan uchbaravarga kamaygan. Shu o‘rinda MDH mamlakatlari tarkibinikuzatadigan bo‘lsak, Rossiya, Azarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston mamlakatlari joriy operatsiyalar balansida ijobiy saldoga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston nafaqat MDH mamlakatlari ichida, balki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ham joriy operatsiyalar balansi ko‘rsatkichi bo‘yicha ijobiy natijalarga ega. Joriy operatsiyalar balnsidagi ijobiy qoldiq O‘zbekistonning sof eksporter ekanligidan dalolat beradi. Yuqoridagi tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, bugungi kunda mamlakatimiz xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, o‘zining munosib o‘rnini topgan. Jahon mamlakatlari globalizatsiyadan manfaat ko‘rsa-da, uning o‘ziga xos salbiy tomonlari ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1. Manfaatlarning mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanishi. Globalizatsiyaning birinchisalbiy tomoni, undan ko‘riladigan daromadning mamlakatlar o‘rtasida va ichida teng taqsimlanmasligi hisoblanadi. Buni quyidagi ma’lumot yaqqol tasdiqlaydi: 1980 va 1997 yillar mobaynida jahonda aholi jon boshiga daromad oshgan bo‘lsa, 59 mamlakatda bu ko‘rsatkich pasaydi va daromadlar tabaqalanishuvini oshirib yubordi. Tovarlar va xizmatlar eksporti 46 ta mamlakatda 5 foizga yaqin yillik o‘sishga erishilgan bo‘lsa, 9 ta mamlakatda mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 1 foizdan kamroq yillik o‘sish qayd etilgan. Shunday holat bevosita xorijiy investitsiyalar oqimida ham kuzatilgan. 90-yillarda bevosita xorijiy investitsiyalarning 58 foizi rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirildi. Rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga yo‘naltirilgan umumiy investitsiyalarning 85 foizi faqatgina 20 mamlakatga joylashtirilgan bo‘lsa, bu yigirmatalikning quyi o‘n oltitasi yuqoridagi to‘rttasiga nisbatan kamroq ulushga ega bo‘ldi. Portfelli investitsiyalar oqimida bundan-da yomonroq holat ko‘zga tashlandi. 35
2. Mamlakatlar ichida manfaatlarning notekis taqsimlanishi. Ko‘plab mamlakatlarda daromadlarning tabaqalanishuvi oshib bormoqda. Ish va daromadga tahdid oshmoqda, ayniqsa malakasiz ishchilarga ish va daromad topish qiyinlashmoqda, zero, bunda korporativ restrukturizatsiya tufayli mutaxassislar ham ishsiz qolish xavfi kuzatilmoqda. 3. Globalizatsiya tufayli xalqlar madaniyatidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar va ularning rivojlangan davlatlarga xizmat qilishi. Xalqlar nafaqat o‘zlarining geografik va siyosiy tuzilishiga qarab, balki madaniyati va milliy xarakterga ko‘ra farqlanadi. Milliy xarakter va madaniyat jamiyat qadriyatlari tizimi orqali taraqqiy etib boradi. 4. Ojizlar ustidan kuchlilarning hukmronlik qilishi. Globalizatsiya tufayli turli to‘siqlarga va cheklovlarga barham beriladi va bu kuchlilarning ojizlar ustidan hukmronlik qilishiga zamin hozirlaydi. Global dunyo borgan sari demokratik dunyo tomon odimlamoqda, deya olmaymiz. Global dunyo borgan sari qudratli davlatlar qo‘liga o‘tmoqda. Bunda qolgan davlatlarning ahvoli avvalari mustamlaka bo‘lgan davlatlarnikidan yomon bo‘lsa bo‘ladiki, aslo yaxshi bo‘lmaydi. Iqtisodiy globalizatsiya ta’sirida rivojlanayotgan davlatlarning kichik kompaniyalari boy berilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning yirik korporatsiyalari hamma narsaga ega bo‘lmoqda. Jahon xo‘jaligi aloqalarida globallashuvning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish asosida xalqaro mehnat taqsimotining guruhlanishi, xalqaro transport infratuzilmasining rivojlanishi, mikroelektronikaning mislsiz ravishda rivojlanishi xizmat 36
bilan rivojlanmoqda. Milliy xo‘jalikda eksportga bo‘lgan qiziqish kuchayib, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi tashqi iqtisodiy omillarga uzviy bog’lanib qoldi. Globallashuvning muhim ko‘rinishi sifatida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo rejimlarining erkinlashtirilishi va yumshatilishini o‘sib borishi, deb qaralmoqda. Savdo rejimlari dastlab tovar bozorida, so‘ngra xizmatlar, kapital va qimmatbaho qog’ozlar bozorlarida, va nihoyat, ishchi kuchi bozorida davlatlararo erkin muomalasi ro‘y bermoqda. Xo‘jalik faoliyatining jahon miqyosida kengayishi va kuchayishi tabiiy muhit va resurslar holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Natijada, atrof-muhitni himoyalash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari jahon hamjamiyati tomonidan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarga aylanib bormoqda. Iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda insoniyat uchun muhim omil bo‘lgan ekologiyani saqlash, tabiiy muvozanatni ta’minlash kabi bir-biriga teskari global masalalarni hal etish zaruriyati tug’ilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi nochorlik, ochlik, qashshoqlik, turli kasalliklar, shu jumladan, OITS, uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorchilik (1999 yil 16 fevral O‘zbekistonda, 2001 yil 11 sentyabr AQSH da va boshqalar), narkobiznes kabi illatlarning jahon miqyosida kuchayib borayotganligi jahon hamjamiyatining o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga majbur etmoqda. Jahon tarqqiyotining bunday sharoitida iqtisodiyot, shu jumladan, valyuta va moliya-kredit siyosatini hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, jahon iqtisodiyotini tartibga soluvchi xalqaro tashkilot va muasassalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), BST, Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki guruhi (JB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Yevropa Ittifoqi (ET), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqalarning zimmasiga yangi vazifalar yuklamoqda. 37
globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda. Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum usullarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash — takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi. Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda. 38
Hozirgi kunga kelib xalqaro moliya institutlari bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilib borilmoqda. O‘zbekiston bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish uchun mamlakatimizda huquqiy bazalar yaratilgan bo‘lib, ular bo‘yicha keng imtiyozlar yaratilmoqda. Xalqaro moliya institutlari bilan inestitson aloqalarni takomillashtirish to‘g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov ham 2005 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik paltasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida «Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiyot tuzilmalari, tashkilotlari bilan hamkorlik kelgusida ham tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu tashkilotlarning roli va o‘rni benihoya kata», ekanini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olib, 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XII sonli "O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka a’zo bo‘lishi to‘g’risida"gi qarori qabul qilindi. XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash samarasini oshirdi. Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi to‘g’risida"gi, "Tashqi qarzdorlik to‘g’risida"gi 39
kreditlar va qarzlar, asosan qisqa muddatli bo‘lib, ichki bozorni iste’mol tovarlar bilan to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlarni jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish bo‘yicha ma’lum ishlarni olib bormoqda. Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida eksport potensialini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish - xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda. Mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o‘rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Osiyo Taraqqiyot Banki - Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlarini rivojlantirishda loyihalarni uzoq muddatli kreditlash maqsadi uchun tashkil qilingan hududiy moliyaviy tashkilotdir. 1995 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi OTBga to‘la xuquqli a’zo bo‘ldi. Bank birinchi iqtisodiy missiyasi tayyorlagan iqtisodiy hisobotni OTB direktorlar kengashi ko‘rib chikqanidan, respublika kiradigan mamlakatlar guruhi belgilangandan so‘ng, O‘zbekiston bo‘yicha strategiya ishlab chiqiladi va respublika kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida 40
3-jadval 2013 yilda OTB ning Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi13 (mln AQSH dollari hisobida) Osiyo taraqqiyot banki oxirgi yillarda Markaziy Osiyo mamalakatlari bilan keng iqtisodiy aloqalar olib borayotganini yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan kuzatish mumkin. 2007 yilda OTB Markaziy Osiyo mamlakatlariga jami 212,7 mln. AQSH dollari miqdorida qarz mablag’lari, 225 mln. AQSH dollari miqdorida kafolatli kredit mablag’lari, 277 mln AQSH dollari miqdorida grant ajratdi. Qozog’iston 225 mln. dollarlik kredit mablag’larini qabul qilgan bo‘lsa, Afg’onistonga OTB 193,3 mln dollarlik grant ajratgan. Jadval ma’lumotlaridan yana shuni kuzatish mumkinki, OTBning Turkmaniston bilan iqtisodiy aloqalari ancha sust. 4-Jadval ma’lumotlaridan kuzatish mumkinki, Jahon banki 2012 yilgacha jami 491,729,700.44 dollar ajratgan. Shartnoma bo‘yicha 654,140,000.00 dollar to‘lanishi kerak edi. Shartnomaning 69,589,440.67 dollari bekor qilindi. JB(Jahon Bank) O‘zbekistonga ajratgan mablag’larining XTTBga tegishli salmog’i 447,296,594.73 dollarni tashkil qiladi. O‘zbekiston ushbu summaning 138,634,425.03 dollarini qaytargan. Umuman olganda O‘zbekiston JB bergan qarzning 138,634,425.03 dollarini qaytargan. 4-jadval
2012 yil holatida JB (Jahon Bank) guruhining O‘zbekistonga ajratgan kredit, qarz va grantmablag’lari holati14 O‘zbekiston Respublikasi XTTB a’zoligiga 1992 yil sentyabrida kirdi, unga a’zo bo‘lish bilan bir vaqtda XVFga ham kirdi va XTTBning zarur miqdoridagi aksiyalariga imzo qo‘yadi. Bu Oliy Kengash "Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentliklarga a’zolik to‘g’rsida"gi qonun qabul qilingandan so‘ng amalga oshadi. ETTBning O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati yo‘nalishlari. ETTB O‘zbekistondagi o‘z faoliyati ettita yo‘nalishini belgiladi. Bular quyidagi sohalarni rivojlantirishga qaratiladi: — moliya sektori va bank infratuzilmasi; — kichik va o‘rta korxonalar; — bozor infratuzilmasi; — energetika majmuasi; — paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlari; — sayyohlik infratuzilmasi; — tabiiy resurslarni o‘zlashtirish. Jahon bankining O‘zbekistondagi faoliyatining asosiy maqsadlari bu hamkorlikda aholi turmush darajasini oshirish. Bank O‘zbekistonda sotsial xizmat turlarini modernizatsiya qilish maqsadida o‘zining moliyaviy resurslari va takliflari bilan qatnashadi. JB O‘zbekistonga sog’liqni saqlashning zamonaviy yo‘nalishlarini shakllantirishga yordam beradi. Shunday qilib Jahon bankining asosiy tashkilotlaridan biri bo‘lmish Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki mamlakatimiz hududida keng rivojlanishni ta’minlash maqsadida shu bilan birga aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotini yanada boyitish, tabiiy resurslardan samarali foydalanishni tashkil qilish, ekologik og’ir va yashash qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholining hayot farovonligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlikda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda hamda qishloq xo‘jaligi, elektr energetika, ta’lim-tarbiya, sog’liqni saqlash, ishlab chiqarish, suv xo‘jaligi, shahar obodonchiligi, transport hamda sanitariya va gigiena sohalarini moliyalashtirish orqali takomillashtirib, rivojlantirib bormoqda. Yuqoridagilardan kuzatishimiz mumkinki, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligimiz faol rivojlanmoqda. Ta’lim, sog’liqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi hamda moliyaviy resurslarni boshqarish sohalarida strategik loyihalarni amalga oshirish uchun o‘tgan yili qariyb 330 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar va 46 million dollarlik grantlar jalb etildi.15 XULOSA Kurs ishining natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarni shakllantirdim: 1. Kurs ishini bajarish jarayonida amlaga oshirilgan tahlil natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, Germaniya, Fransiya va Italiya davlatlarida xalqaro zahiralarning 50foizdan ortiq qismi oltin zahiralariga to‘g’rikelayotganligi, AQSH xalqaro zahiralarining umumiy hajmida oltinnisezilarli darajada yuqori salmoqni egallab turganligi oltindan hamon xalqaro zahira puli sifatida foydalanilayotganligidan dalolat beradi. 2. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining barqarorligini ta’minlashda prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar saqlanib qolmoqda. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: - milliy valyutaning qadrsizlanish jarayonining davom etayotganligi; - xalqaro hisob-kitob shakllaridan O‘zbekiston hududida foydalanish tartibini belgilaydigan alohida me’yoriy hujjat mavjud emasligi. 3. Xalqaro globallashuvning xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishdagi muhim ahamiyati shundaki, globallashuv mamlakatlarni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, soliq yukini kamaytirish va soliq stavkalarini unifikatsiyalash, davlat qarzini qisqartirish va inflyasiyani jilovlash orqali xalqaro raqobatbardoshlikni rag’batlantirishga xizmat qiladi. SHuningdek, so‘nggi yillarda globallashuvning natijasi sifatida xalqaro savdo operatsiyalarining oqimi va ishchi kuchi migratsiyasi sezilarlidarajada kuchaydi. Ayni vaqtda, fikrimizcha, xalqaro globallashuvning asosiy salbiy jihatlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - manfaatlarning mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanishi; - manfaatlarning mamlakatlar ichida notekis taqsimlanishi; - globallashuv tufayli xalqaro madaniyatdagi o‘zgarishlar va ularning rivojlangan davlatlarga xizmat qilishi. 4. Xalqaro globallashuvning xalqaro valyuta munosabatlariga ta’sirining tahlili shuni ko‘rsatdiki, birinchidan, globallashuv tovarlar va kapitallarning xalqaro miqyosdagi harakatiga va bahosiga ta’sir etish orqalikapitallar va tovarlarning bahosiga tasir etadi; ikkinchidan, globallashuv ish haqi va baholarni mavjud mexanizmini o‘zgartirish yo‘li bilan mamlakatdagi inflyasiya darajasiga ta’sir qiladi; uchinchidan, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi hajmining oshishi mahalliy mehnat bozoridagitalab va taklifga ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi ish haqini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi, aksincha,ishchi kuchi kirimi sodir bo‘lgan davlatlarda ish haqini pasaytirishga nisbatan bosim kuchayadi; to‘rtinchidan, globallashuv Markaziy bank qarorlarining moliya bozorlariga va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri borasidagi noaniqliklarni oshiradi. 44
Mazkur ishda umuman xalqaro iqtisodiy munosabatlar turli darajasida xalqaro moliya munosabatlarining mohiyati, vazifasi va ahamiyati ko‘rib chiqildi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining aloqalari tahlil etildi. Hozirgi paytda hukumatning muhim qarorlarini ingliz tiliga tarjima qilish amalga oshirilmoqda. Biroq bizningcha, salohiyatli investorlarni ayrim tarmoqlar, respublika mintaqalaridagi investitsiya imkoniyatlari to‘g’risida har tomonlama xabardor qilib borishga, shuningdek ushbu ma’lumotlarni elchixonalar orqali tarkatishga jiddiy e’tibor karatish lozim. 45
I. Normativ-huquqiy hujjatlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: - T.: “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014y. -40b. 2. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashr O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - T.: “Adolat”, 2008 y. -692 B 3. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. T.: “O’zbekiston” 2014 yil 1 yanvar. 4. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi qonun, T.: “O’zbekiston”, 1995. 5. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonun, T.: “O’zbekiston”, 1996. 6. O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonuni T.: “O’zbekiston” 2003. 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida"gi PQ-1438-son Qarori. 26.11.2010 y 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimining moliyaviy barkarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to’grisida"gi PQ -1317-son Qarori. 06.04.2010 y. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklari depozitlariga axoli va xo’jalik sub’ektlari bo’sh pul mablaglarini jalb etishni yanada ragbatlantirish ko’shimcha chora-tadbirlari to’grisida”ги Qarori. PQ-1090-son 06.04.2009 y. 10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. №PQ-67012.07.2007 y. 11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish choratadbirlari to’g’risida”gi Qarori PQ-726. 07.11.2007 12. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2000 yil 19 maydagi 195-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 martdagi 79-sonli Qarori. 46 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№2270-sonli Qarori 2014 yil 4 dekabr. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№2099-sonli Qarori 2013 yil 25 dekabr. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№1887-sonli Qarori 2012 yil 25 dekabr. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№1675-sonli qarori 2011 yil 30 dekabr. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№1449-sonli qarori 2010 yil 24 dekabr. 18. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zR-343-sonli Qonuni. 19. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1257 sonli Qarori. II.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalari 20. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi // Halq so’zi, 2009 yil 14 fevral. 21. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / - T.: “O’zbekiston” NMIU, 2009. -B. 56 22. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida. -T.: “O’zbekiston” NMIU, 2005.-B. 528. 23. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokrat-lashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. -Toshkent.: “O’zbekiston” NMIU, 2005. - B. 96. 24. Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. - Toshkent.: “O’zbekiston” NMIU, 2007. -B. 48. 25. Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash-barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2008. - B. 64. 47 26. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch. -T.: «Ma’naviyat», 2008. 27. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.Toshkent.: “O’zbekiston” NMIU, 2000 B. 352. 28. Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi 17.01.2015 yil 29. Karimov I.A. “2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi” 2013 yilda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 18.01.2014. www.uza.uz. 30. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz-keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 31. Karimov I.A. “2012-yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 32. Karimov I.A. “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 33. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2010. B-80 III. Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va hisobotlar. 34. O’zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. 2010 yil. -T.:2010 4.-№5. 35. Bozor, pul va kredit// №1-12 2012. №1-4, 2013 yil. 36. Bank axborotnomasi, gazetasi 2012 yil №1-52, 2013 yil № 1-20. 37. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotlari 48
38. http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti 39. http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti 40. http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti 41. http://www.soliq.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi rasmiy sayti 42. http://www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti 43. http://www.nalog.ru - Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati rasmiy sayti 44. http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti 45. http://www.uzex.xarid.uz 46. http://www.eurostat.org, www.russianipoteka.ru 47. http://www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rasmiy sayti. 49
1Birinchi prezidentimiz I.A.Karimоv . Insоn manfaatlari ustuvоrligini ta’minlash – barcha islоhоt va о’zgarishlarimizning bоsh maqsadidir. О’zbekistоn Respublikasi Birinchi Prezidentining 2007 yilda mamlakatni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisоdiy islоhоtlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvоr yо’nalishlariga bag’ishlangan О’zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkmasi majlisidagi ma’ruzasi Xakq sо’zi. 2008. Fevral 3
22 I.Karimov. “2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi”. Toshkent, O’zbekiston nashriyoti 2014, 6 b. 4
3 Lavrushin O.I. Dengi, kredit, banki. «Knorus» 2007 g6 4 4 Abdullaeva SH.Z. «Pul, kredit va banklar» – 2000y7 5 65 O’zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi” №285-XP-qonuni. 14 iyun, 1998.6 “N.X.Jumaev «O‘zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish» Toshkent. «Fan va texnologiya»- 2007. 11 77 M,T,Haydarov Xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti globallashuv jarayonida. Toshkent”Fan” nashriyoti 2003 25
88 M,T,Haydarov Xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti globallashuv jarayonida. Toshkent”Fan” nashriyoti 2003 26
99 To’rayev U. «Chet el investitsiyalar» fanidan ma’ruzalar matni,Toshkent -2010 27
10N.X.Jumayev O’zbekiston valyuta munosabatlarini tartibga solish metodoligiyasini takomillashtirish. Monografiya. Toshkent. «Fan va texnologiya». 2007y.31 1111 www.stat.uz sayti malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi 33
1212 www.adb.org sayti malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi 34 13www.adb.org sayti malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. Izoh: *AKR-asosiy kapital resursi; **OTFosiyo taraqqiyot fondi 41 14www.adb.org sayti malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 42
15Karimov I.A. Inson mafaatlarini ustuvorligini ta’minlash-barcha islohatlar va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. Xalq so’zi, 9 fevral 2008 y. 43 Download 412.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling