Iqtisodiyot nazariyasidan testlar Musurmonqulov Tohirjon
Download 60.74 Kb.
|
Iqtisodiyot nazariyasidan testlar Musurmonqulov Tohirjon
Iqtisodiyot nazariyasidan testlar Musurmonqulov Tohirjon 1. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi? a) qiymat qonuni; b) talab qonuni; c) taklif qonuni; d) ehtiyojlarning yuksalish qonuni;-- e) yuqoridagilarning barchasi. 2. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi? a) ilmiy abstraksiya; b) deduksiya; c) induksiya;-- d) empirik; e) mantiqiy usul. 3. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi? a) mehnat vositalari va ishchi kuchi; b) kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;-- c) tabiiy va inson resurslari; d) ishlab chiqarishning moddiy omillari; e) tabiiy omillar. 4. Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat? a) mutlaq cheklanganlik; b) inson mehnatining natijasi; c) nisbatan cheklangan yoki kamyob;-- d) qiymatga ega; e) tabiat mahsuli. 5. “Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi? a) iqtisodiy fanlar; b) siyosiy fanlar; c) ijtimoiy fanlar;-- d) ijtimoiy-gumanitar fanlar; e) tabiiy fanlar. 6. Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratgan? a) merkantilistlar; b) fiziokratlar; c) klassik siyosiy iqtisodchilar;-- d) keynschilar; e) marjinalistlar. 7. Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega? a) obyektiv;-- b) subyektiv; c) ham obyektiv, ham subyektiv; d) huquqiy; e) ijtimoiy. 8. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga bo‘linishini kim asoslagan? a) U. Petti; b) F. Kene;-- c) A. Smit; d) K. Marks; e) A. Tyurgo. 9. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi? a) mutloq iqtisodiy miqdorlarni; b) o‘rtacha iqtisodiy miqdorlarni; c) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;-- d) nisbiy iqtisodiy miqdorlarni; e) o‘zgaruvchan iqtisodiy miqdorlarni. 10. Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha? a) ayriboshlash sohasi;-- b) ishlab chiqarish sohasi; c) taqsimlash sohasi; d) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi; e) takror ishlab chiqarish sohasi. 11. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli real iqtisodiy voqeylikni aks ettiradi? a) normativ; b) pozitiv;-- c) deduksiya; d) induksiya; e) ilmiy abstraksiya. 12. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi? a) normativ; b) pozitiv; c) ilmiy abstraksiya; d) matematik;-- e) tarixiy va mantiqiy. 13. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari iqtisodiy hodisa va jarayonlarni kishilik jamiyati taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida, ularning uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi? a) matematik va statistik; b) ilmiy abstraksiya; c) analiz va sintez; d) tarixiy va mantiqiy;-- e) induksiya va deduksiya. 14. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarishlarni alohida ajratib, o‘zaro bir-biriga ta’sirida o‘rganadi? a) matematik va statistik; b) analiz va sintez;-- c) tarixiy va mantiqiy; d) induksiya va deduksiya; e) normativ va pozitiv. 15. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usulida aniq iqtisodiy hodisa yoki jarayon tanlanib, ular guruhlashtiriladi va o‘rtacha miqdori (darajasi) chiqariladi? a) analiz; b) sintez; c) matematik d) statistik;-- e) normativ. 16. Quyidagi mutafakkirlardan kim pulning kelib chiqish sabablariga o‘z qarashlarini bayon qilgan? a) Ibn Sino; b) Farobiy;-- c) Abu Rayhon Beruniy; d) A. Navoiy; e) Ibn Xoldun. 17. Jamiyatda mehnatning roli, moddiy ne’matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalari kabi masalalar qaysi mutafakkir qarashlarida o’z o’rniga ega bo’lgan? a) Farobiy; b) Yusuf Xos Hojib;-- c) A. Navoiy; d) Ibn Sino; e) Abu Rayhon Beruniy. 18. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, davlat moliyasi, soliqlarni belgilash tartibi kabi masalalar qaysi alloma qarashlariga tegishli? a) Ibn Sino; b) A. Navoiy; -- c) Farobiy; d) Abu Rayhon Beruniy; e) Yusuf Xos Hojib. 19. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy bilim va qarashlarning yaxlit tizimi sifatida “Siyosiy iqtisod” nomi bilan mustaqil fan sifatida qachon shakllana boshlagan? a) XII–XIV asrlarda; b) X–XI asrlarda; c) XVI–XVII asrlarda;-- d) XVIII–XIX asrlarda; e) XV–XVI asrlarda. 20. “Siyosiy iqtisod” tushunchasi shakllangan grekcha “politikos”, “oykos”, “nomos” so‘zlari qanday ma’noni anglatadi? a) ijtimoiy, uy xo‘jaligi, qonun;-- b) jamiyat, davlat, qonun; c) iqtisodiy, xonadon xo‘jaligi, qonun; d) davlat, uy, qonun; 21. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini kim ilgari surgan? a) M. Keyns; b) M. Fridman; c) D. Rikardo; d) A. Marshall;-- e) K. Menger. 22. Rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlatning yalpi talab hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta’sir ko‘rsatish orqali tartibga solib turish zarurligi g‘oyasi kimga tegishli? a) K. Menger; b) A. Marshall; c) D. Rikardo; d) M. Fridman;-- e) M. Keyns. 23. Iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini kim asoslagan? a) A. Marshall; b) M. Keyns; c) L. Valras; d) F. Xayek;-- e) M. Fridman. 24. Xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga nafaqat iqtisodiy balki noiqtisodiy omillar, jumladan, institutsional o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatish mumkinligi g‘oyasi qaysi? oqimga taalluqli? a) monetarizm; b) marjinalizm; c) neoliberalizm; d) institutsionalizm;-- e) neoklassik. 25. Iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlar qanday munosabatlar toifasiga kiradi? a) ijtimoiy; b) siyosiy; c) iqtisodiy;-- d) tashkiliy; e) tashqi iqtisodiy 26. Iqtisodiy resurslar hisobiga olinadigan daromad turini aniqlang: a) ish haqi, foiz, renta, me’yordagi foyda;-- b) mukofot; c) dividend; d) foyda; e) yalpi daromad. 27. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi? a) ishlab chiqarish natijalari sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;-- b) ishlab chiqarish natijalari jonli mehnat sarflari bilan taqqoslanadi; c) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi; d) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag‘lar qiymati bilan taqqoslanadi; e) yuqoridagi barcha usulda. 28. Quyidagilardan qaysi biri mehnat kooperatsiyasini xarakterlaydi? a) mehnatning alohida faoliyat turlariga ajralishi; b) xodimlarning iqtisodiy faoliyatining biron turini bajarishga yoki mahsulotning alohida turlarini ishlab chiqarishga moslashuvi; c) mehnatning alohida va bir-biriga bog‘liq turlarining uyushishi;-- d) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining bir-biriga bog‘liqligining kuchayishi; e) yuqoridagilarning barchasi. 29. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi? a) mahsulot miqdorining uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan;-- b) mahsulot miqdorining qilingan sarf-xarajatlarga nisbati bilan; c) mahsulot miqdorini asosiy kapitalga taqqoslash yo‘li bilan; d) mahsulot miqdorini aylanma kapitalga taqqoslash yo‘li bilan; e) yuqoridagi barcha usulda. 30. Iqtisodiy rivojlanish nima? a) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish; b) ehtiyojlarni qondirish; c) bozorga tovarlar yetkazib berish; d) ishlab chiqarish natijalarining to‘xtovsiz ortib borishi;-- e) xizmatlar ko‘rsatish. 31. Takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichida nafaqat hayotiy zarur ne’mat (xizmat)lar balki iqtisodiy resurslar va ishchi kuchi tarmoq, soha, hudud va iqtisodiy faoliyat turlari o‘rtasida taqsimlanadi? a) ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish); b) xizmat ko‘rsatish; c) ayirboshlash; d) taqsimlash;-- e) iste’mol. 32. Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’ matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi? a) iqtisodiy faoliyat; b) ishlab chiqarish; -- c) ayirboshlash; d) taqsimlash; e) iste’mol. 33. Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq va sohalar qanday nom bilan ataladi? a) moddiy ishlab chiqarish; b) nomoddiy ishlab chiqarsh sohalari; c) iqtisodiyotning real ishlab chiqarish tarmoq va sohalari;-- d) xalq xo‘jaligi tarmoq va sohalari; e) milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari. 34. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boyliklarni ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi? a) xalq xo‘jaligi; b) milliy iqtisodiyot; c) moddiy ishlab chiqarish;-- d) nomoddiy ishlab chiqarish; e) milliy ishlab chiqarish. 35. Yaratilgan tovarlarning iste’mol qilinish xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi? a) moddiy va nomoddiy; b) ishlab chiqarish vositalari (investitsion tovarlar) va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;-- c) tovarlar va xizmatlar yaratuvchi tarmoqlar; d) iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy sohalar; e) sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlar 36. Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishi qanday nomlanadi? a) tovar ayirboshlash; b) barter (mahsulot) ayirboshlash;-- c) ekvivalent ayirboshlash; d) miqdoriy ayirboshlash; e) nisbiy ayirboshlash. 37. Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi? a) barter (mahsulot) ayirboshlash; b) tovar ayirboshlash;-- c) ekvivalent ayirboshlash; d) miqdoriy ayirboshlash; e) nisbiy ayirboshlash. 38. Yaratilgan mahsulot taqsimlanishi natijasida kimlarning ulushi aniqlanadi? a) ishlab chiqaruvchi va resurs egalari; b) mulk va resurs egalari; c) ishlab chiqaruvchilar va davlat; d) davlat, mulk va resurs egalari;-- e) ishlab chiqaruvchilar, mulk va resurs egalari hamda davlat. 39. Investitsion tovarlardan unumli foydalanilganda, ya’ni ular ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, kishilar uchun zarur hayotiy vositalar yaratilganda, iste’molning qanday turi ro‘y beradi? a) shaxsiy iste’mol; b) ijtimoiy iste’mol; c) unumli iste’mol;-- d) unumsiz iste’mol; e) davlat iste’moli. 40. Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi? a) unumli iste’mol; b) shaxsiy iste’mol;-- c) ijtimoiy iste’mol; d) unumsiz iste’mol; e) davlat iste’moli. 41. Inson tomonidan mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar (mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.) qanday nomlanadi? a) ishlab chiqarish vositalari; b) mehnat vositalari;-- c) mehnat predmetlari; d) iqtisodiy resurslar; e) ishlab chiqarish omillari. 42. Insonning maqsadga muvofiq faoliyati o‘zlashtirishga qaratilgan narsalar qanday ataladi? a) xom ashyolar; b) material va yarimtayyor mahsulotlar; c) mehnat vositalari; d) mehnat predmetlari;-- e) ishlab chiqarish vositalari. 43. Mehnat vositalari mehnat predmetlariga ta’sir qilish xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? a) mehnat qurollari, mehnat predmetlari; b) saqlash vositalari, xom ashyolar; c) umumiy vositalar, investitsion tovarlar; d) mehnat qurollari, saqlash vositalari, umumiy vositalar;-- e) mehnat vositalari, mehnat predmetlari. 44. Mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mehnat vositalari qanday nomlanadi? a) mehnat qurollari;-- b) mehnat jarayoni; c) saqlash vositalari; d) umumiy vositalar; e) investitsion tovarlar. 45. Yoqilg‘i, materiallari va mahsulotlarni saqlash hamda uzatishga xizmat qiladigan vositalar(sisternalar, turli sig‘imdagi idishlar, omborlar, quvurlar va h.k.) qanday nomlanadi? a) umumiy vositalar; b) saqlash vositalari;-- c) mehnat qurollari; 46. Iqtisodiy resurslar birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori qanday ko‘rsatkichda ifodalanadi? a) qo‘shilgan mahsulot; b) o‘rtacha mahsulot;-- c) umumiy mahsulot; d) me’yoriy mahsulot; e) pirovard mahsulot. 47. Qo‘shimcha jalb qilingan iqtisodiy resurs-ishchi kuchi va kapital hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini qanday ko‘rsatkich aks ettiradi? a) umumiy mahsulot; b) o‘rtacha mahsulot; c) qo‘shilgan mahsulot;-- d) pirovard mahsulot; e) me’yoriy mahsulot. 48. M=∑(K, Ik E) [M – mahsulot hajmi; K; Ik; E – qo‘llanilgan kapital, ishchi kuchi va yer miqdori] formulasi qanday bog‘liqlikni ifodalaydi? a) foydalanishga jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi ; b) ishlab chiqarishning oraliq va pirovard natijalari o‘rtasidagi; c) ishlab chiqarish omillari va uning natijalari o‘rtasidagi;-- d) turli darajadagi ishlab chiqarish natijalari o‘rtasidagi; e) oraliq va pirovard mahsulotlar o‘rtasidagi; 49. Qanday ko‘rsatkich bir yoki bir nechta omil miqdori o‘zgarganda ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi? a) foyda normasi; b) ishlab chiqarish funksiyasi;-- c) kapital samaradorligi; d) mehnat unumdorligi; e) kapital unumdorligi. 50. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichini toping: a) mehnat unumdorligi; b) kapital unumdorligi; c) foyda normasi;-- d) yerning unumdorligi; e) mahsulotning resurs sig‘imi. 51. Qanday ko‘rsatkich kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmini ko‘rsatadi? a) mehnat unumdorligi; b) kapital unumdorligi;-- c) foyda normasi; d) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi; e) mahsulotning mehnat sig‘imi. 52. Ekin maydonlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi yoki ekin turlari hosildorligi qanday ko‘rsatkichda aniqlanadi? a) kapital unumdorligi; b) mehnat unumdorligi; c) foyda normasi; d) yerning unumdorligi;-- e) mahsulotning resurs sig‘imi. 53. Quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi biri orqali mahsulot ishlab chiqarishga ketgan moddiy xarajatlar ulushini topish mumkin? a) mahsulotning mehnat sig‘imi; b) mahsulotning material sig‘imi;-- c) mahsulotning energiya sig‘imi; d) mahsulotning yoqilgi sig‘imi; e) mahsulotning resurs sig‘imi orqali. 54. Quydagi omillardan qaysi biri mavjud texnologiyalarda ishlab chiqarish samaradorligi o‘sib borishini ta’minlaydi? a) FTT yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish; b) intensiv texnologiyalarni qo‘llash; c) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash; d) innovatsion rivojlanishga ustuvorlik berish;-- e) tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish 55. Iqtisodiy tizim nima? a) jamiyatning asosiy yo‘nalishi; b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli;-- c) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosi; d) ijtimoiy ishlab chiqarish shaklidir; e) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir. 56. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim? a) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan; b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga asoslangan; c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan;-- d) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida tashkil etishga qaratilgan; e) ishlab chiqarish xususiy mulk asosida tashkil qilinadigan. 57. Aralash iqtisodiyot nima? a) turli mulk shakllariga va ularning teng huquqligiga asoslangan iqtisodiyot; b) ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot; c) xususiy va jamoa mulkiga asoslangan iqtisodiyot; d) buyruqli va bozor iqtisodiyoti qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan iqtisodiyot;-- e) an’ana va udumlarga asoslangan iqtisodiyot. 58. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’-minlanadi? a) buyruqli iqtisodiyotda; b) sof kapitalizmda;-- c) aralash iqtisodiyotda; d) an’anaviy iqtisodiyotda; e) yuqoridagilarning barchasida 59. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador? a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo‘lgan jamiyatlarga; b) faqat bozor iqtisodiyotiga;-- c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga; d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har qanday jamiyatga; e) aralash iqtisodiyotga. 60. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi? a) iqtisodiyot; b) iqtisodiy tizim;-- c) iqtisodiy tizim modeli; d) jamiyat; e) xo‘jalik. 61. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi? a) iqtisodiy munosabatlar; b) texnologiya; c) ishlab chiqarishning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari; d) xo‘jalik yuritish mexanizmi;-- e) iqtisodiy siyosat. 62. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi? a) iqtisodiy munosabatlarni; b) ishlab chiqarish texnologiyasini; c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;-- d) xo‘jalik yuritish mexanizmini; e) iqtisodiy tizimni. 63. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish (mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi) natijasida vujudga keladigan munosabatlarni toping: a) ishlab chiqarish munosabatlari; b) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar;-- c) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar; d) ijtimoiy munosabatlar; 64. Hayotiy vositalar va boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar qanday nomlanadi? a) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar; b) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar;-- c) ishlab chiqarish munosabatlari; d) ijtimoiy munosabatlar; e) siyosiy munosabatlar. 65.Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi nimani tashkil qiladi? a) ishlab chiqarish vositalarini; b) ishlab chiqarish usulini;-- c) jamiyat ustqurmasini; d) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; e) iqtisodiy tizimni. 66. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma birgalikda nima deb ataladi? a) iqtisodiy tizim; b) xo‘jalik yuritish shakli; c) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya;-- d) milliy xo‘jalik; e) iqtisodiyot. 67. Ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning ma’lum bir usullari qanday nomlanadi? a) ixtisoslashish; b) kooperatsiya; c) texnologiya;-- d) integratsiya; e) mehnat taqsimoti. 68. Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishga qaratilgan choratadbirlari qanday siyosatni anglatadi? a) ijtimoiy siyosat; b) iqtisodiy siyosat;-- c) ijtimoiy–iqtisodiy siyosat; d) daromadlar siyosati; e) moliyaviy siyosat. 69. Iqtisodiy tizimning iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning hukmron shakli bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: a) ibtidoiy jamoa; b) bozor iqtisodiyoti;-- c) industrial jamiyat; d) ommaviy iste’mol jamiyati; e) neolitik jamiyat. 70. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarishning texnologik usuli bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: a) buyruqli iqtisodiyot; b) feodalizm; c) oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim;-- d) toindustrial jamiyat; e) ommaviy iste’mol jamiyati. 71. Iqtisodiy tizimning industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: a) an’anaviy iqtisodiyot; b) feodalizm; c) industrial jamiyat;-- d) ommaviy iste’mol jamiyati; e) antik-temir asri. 72. Iqtisodiy tizimning jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang: a) aralash iqtisodiyot; b) kapitalizm; c) manifakturaga asoslangan iqtisodiy tizim; d) o‘tkinchi jamiyat;-- e) neolitik jamiyat. 73.Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang: a) bozor iqtisodiyoti; b) quldorlik; c) industrial jamiyat; d) o‘tkinchi jamiyat;-- e) poliiqtisodiyot 74. Iqtisodiy tizimning amal qilish darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang: a) buyruqli iqtisodiyot; b) feodalizm; c) o‘tkinchi jamiyat; d) neolitik;-- e) makroiqtisodiyot. 75. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda nimani tashkil qiladi? a) ishlab chiqarish usulini; b) texnologik usulni;-- c) formatsiyani; d) iqtisodiy tizimni; e) ishlab chiqarish vositalarini. 76. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi qanday nomlanadi? a) oddiy kooperatsiya;-- b) manifaktura; c) mashinalashgan ishlab chiqarish; d) natural xo‘jalik; e) ixtisoslashish. 77. Manifakturaga uyushgan xodimlar mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida qanday ishlab chiqarish vujudga keladi? a) oddiy kooperatsiya; b) manifaktura; c) mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish; d) mashinalashgan ishlab chiqarish;-- e) ijtimoiy ishlab chiqarish 78. Industrial jamiyatga o‘tishning qaysi belgisi iqtisodiyot sanoat tarmog‘ining favqulodda tez o‘sishiga olib keladi? a) mehnat qurollari takomillashishi; b) sanoat to‘ntarishi yuz berishi;-- c) mehnat unumdorligi o‘sishi; d) ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlana boshlashi; e) jamg‘arishning nisbatan tezroq o‘sib borishi. 79. Industrial jamiyatning qaysi belgisi sanoatda mashinalashgan ishlab chiqarish ustuvorligini ta’minlaydi? a) yirik mashinalashgan ishlab chiqarish qaror topishi;-- b) og‘ir sanoatning rivojlanishi; c) urbanizatsiya jarayoni kuchayishi; d) jamg‘arishning jadal borishi; e) mehnat unumdorligi tez o‘sishi. 80. Ommaviy iste’mol jamiyatining qaysi belgisi faqat ungagina xos emas? a) keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvorlikka ega bo‘ladi; b) xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi;-- c) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvor o‘rin egallay boradi; d) iste’mol tovarlari bozori rivojlanadi; e) yalpi talabda shaxsiy iste’mol o‘sib boradi. 81. Quyidagi iqtisodiy tizim yoki jamiyatdan qaysisi monoiqtisodiyotni nisbatan to‘liq ifodalamaydi? a) sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyoti; b) quldorlik jamiyati; c) feodalizm; d) sof kapitalizm;-- e) aralash iqtisodiyot. 82.Alohida mulk shakli ustuvorligi inkor qiladigan va turli tuman mulk shakllariga asoslangan iqtisodiy tizim qanday nomlanadi? a) monoiqtisodiyot; b) poliiqtisodiyot;-- c) mikroiqtisodiyot; d) makroiqtisodiyot; e) mezoiqtisodiyot. 83. Davlat mulki ustuvorlikka ega bo‘lgan hamda iqtisodiy jarayonlar bir markazdan turib boshqariladigan va uyg‘unlashtiriladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi? a) an’anaviy iqtisodiyot; b) aralash iqtisodiyot; c) bozor iqtisodiyoti; d) buyruqli iqtisodiyot;-- e) super makroiqtisodiyot. 84. Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nomlanadi? a) buyruqli iqtisodiyot; b) bozor iqtisodiyoti;-- c) aralash iqtisodiyot; d) an’anaviy iqtisodiyot; e) makroiqtisodiyot. 85. Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan ham tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nom bilan ataladi? a) buyruqli iqtisodiyot; b) bozor iqtisodiyoti; c) aralash iqtisodiyot;-- d) an’anaviy iqtisodiyot; e) makroiqtisodiyot. 86. Mulkchilik munosabatlarida merosxo‘rlik va sulolalar mavqei hukmron bo‘lgan, iqtisodiy jarayonlar urf-odatlar, udumlar, an’analar va turli tartiblar (ijtimoiy, diniy) yordamida boshqariladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi? a) buyruqli iqtisodiyot; b) bozor iqtisodiyoti; c) aralash iqtisodiyot; d) an’anaviy iqtisodiyot;-- e) mikroiqtisodiyot. 87. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qaysi mulk shakli eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi? a) aksionerlik jamiyati; b) kooperativ; c) xususiy mulk;-- d) jamoa; 88. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish natijalari qanday o‘zlashtiriladi? a) resurslar kimning mulki ekanligiga ko‘ra; -- b) mehnat omili tomonadan; c) moddiy resurs egalari tomonidan; d) menejerlar tomonidan; e) davlat tomonidan. 89.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ... a) davlat mulkini fuqarolarga sotish; b) davlat mulkini imtiyozli bo‘lib berish; c) davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish shakllariga aylantirish;-- d) davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish; e) davlat mulkini yuridik shaxslarga sotish. 90. Manfaatlarning bir tomondan obyektivligiga sabab ... a) har bir kishining inson sifatida ehtiyoji mavjudligi;-- b) ehtiyojlarning obyektivligi va uni qondirish zaruriyati; c) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning umumiyligi; d) kishilarning manfaati mos kelishi zaruriyati; e) shaxsiy, guruh, umumjamiyat manfaatlari mavjudligi. 91. Manfaatlarning subyektivligiga sabab... a) insonning shaxs, mulk egasi sifatida manfaatlari mavjudligi; b) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning mavjudligi; c) subyektning shaxsiy, oila, jamoa, jamiyat manfaatlarini mujassamlashtirishi; -- d) manfaat doimo ikki subyektga tegishli; e) manfaat har bir insonning o‘zida mujassamlashgan. 92.Aksionerlik jamiyatida mulk egalari kim? a) jamiyatning prezidenti; b) boshqaruv a’zolari; c) nazorat kengashi; d) aksionerlar; -- e) ijrochi direktor va menejerlar. 93.Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilikning o‘rni qanday? a) mulkchilik – boylik manbai; b) mulkchilik – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xarakterini belgilaydi;-- c) mulkchilik mulkka egalik munosabatini ifodalaydi; d) iste’molchi talabini qondirish vazifasini bajaradi; e) o‘ringa ega emas. 94.Manfaatlar tizimi nima? a) ishlab chiqaruvchining manfaati; b) iste’molchining manfaati; c) shaxsiy, jamoa va davlat manfaati;-- d) iqtisodiy manfaat; e) oilaviy manfaat. 95. Mulkning qaysi obyekti bevosita shaxsiy iste’mol qilinishi mumkin? a) ishlab chiqarish vositalari; b) tabiiy boyliklar; c) insonning mehnat qilish qobiliyati-ishchi kuchi; d) iste’mol tovarlari va xizmatlar;-- e) mehnat ashyolari. 96. Quyidagilardan qaysi biri mulk subyekti tushunchasining mazmunini to‘laroq xarakterlaydi? a) mulk obyektini o‘zlashtiruvchilar; b) mulkdan foydalanuvchilar; c) mulkiy munosabat ishtirokchilari;-- d) ishlab chiqaruvchilar; e) iste’molchilar. 97Bozor munosabatlariga o‘tish davrida Respublika iqtisodiyotining negizini qanday mulk tashkil qiladi? a) davlat mulki; b) jamoa mulki; c) aralash mulk; d) xilma-xil mulk;-- e) chet elliklar mulki 98. Mulkdor o‘z mol-mulkidan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish orqali daromad olsa yoki bu mulk uning shaxsiy iste’molini qondirishga xizmat qilsa, u qanday kategoriya sifatida chiqadi? a) iqtisodiy; b) huquqiy; c) ijtimoiy; d) iqtisodiy, huquqiy;-- e) ijtimoiy, huquqiy. 99.Mulk tadbirkorlik faoliyatining biror bir turi orqali ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni iqtisodiy faoliyatda foydalanilmasa, bunda u qanday kategoriya sifatida qoladi? a) iqtisodiy; b) huquqiy;-- c) ijtimoiy; d) iqtisodiy, huquqiy; e) ijtimoiy, huquqiy. 100.Quyidagilardan qaysi biri mulkchilikning huquqiy me’yorlarini aks ettirmaydi? a) ishlab chiqarish vositalariga egalik; b) yaratilgan ne’matlarning muayyan shaxslarga tegishli ekanligi; c) mulk egalarining qonun bilan himoyalanadigan vakolatlari; d) mol-mulkni himoya qilish usullari;-- e) mol-mulkdan iqtisodiy faoliyatda foydalanish. Download 60.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling