Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Reja; Qadimgi dunyo iqtisodiy ta'limotlari


Download 138.01 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi138.01 Kb.
#1607776
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21 OLIMOV (IU-20)

Qo’shimcha atamalar:
Iqtisod — (yunoncha - uy xo'jaligini yuritish sanati) - fan, tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash xususida insonlarning xo'jalik faoliyatini o'rganadi. Ushbu atama birinchi marta Arastu tomonidan qo'llanilgan (Qarang: Arastu).
Resurs— pul mablag'lari, qimmatbaho narsalar, zaxiralar, imkoniyatlar, mablag'lar va daromadlar (tabiiy, iqtisodiy, moliyaviy) manbalari.
Mehnat—insonning biror-bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyati bo'lib, u orqali inson o'z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat in’omlarini o'zgartiradi. Inson mehnati ikki yoqlama xarakterga ega: a) konkret mehnat - tovarning iste’mol qiymatini yaratadigan, biron-bir aniq ko'rinishga ega bo'lgan mehnat turi tushuniladi; b) abstrakt mehnat - tovar qiymatini yaratadi. “Abstrakt” (o'zbektilida “mavhum” degan ma’noni bildiradi) mehnatning aniq shaklidan qat’i nazar, umuman sarflangan ish kuchidir, jami ijtimoiy mehnat sarfidan iborat bo'ladi.
Ishlab chiqarish—barcha tarmoqlar moddiy ishlab chiqarishining umumlashgan shakli bo'lib, ishlab chiqarish uchun shart-sharoit - ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarini ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish sohasiga sanoat, qishloq va o'rmon xo'jaligi, transport, aloqa, energetika, savdo, umumiy ovqatlanish, xo'jalik omborxonalari va xizmat ko'rsatish tarmoqlari, ilm- fan (innovatsion) yutuqlari kiradi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladi. Bu jarayonda ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari birlashadi. Ishlab chiqarish iste’mol kabi uzluksiz davom etadi, ya’ni takror ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarishning besh usuli ma’lum: ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalistik, ijtimoiy. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari, olingan mahsulotlar va ularning iste’moli aks ettiriladi. Ishlab chiqarish vositalari - mehnat vositalari va mehnat buyumlari majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari - korxonadagi barcha materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va boshqa schyotlarda hisobga olinadi.
Mahsulot—biror faoliyatning moddiy natijasi (mehnat, xizmat ko'rsatish; ish bajarish). Ishlab chiqarish iste’moli uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish vositalari va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladigan iste’mol predmetlari; mahsulot, masalan, yalpi mahsulot, sof mahsulot, sanoat mahsuloti.
Ish kuchi—insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig'indisi va mehnatga layoqati bo'lib, har qanday jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sharti hisoblanadi. Mamlakat aholisining jismoniy va mehnatga layoqatli qismi uning ishchi kuchi hisoblanadi.
Pul—hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent bo'Igan maxsus tovar, bozor iqtisodiyotining asosiy vositasi. Pul bozor yuzaga kelishi va rivojlanishining mahsulidir. Pul kelib chiqish tarixi va tabiatiga ko'ra 3 xil xususiyatga ega: a) hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi; b) boylik timsoli; c) mehnatni qiymat shaklida o'lchab boradigan vosita.
Talab—iste’molchining muayyan joyda va muayyan vaqtda tovar yoki xizmat sotib olish imkoniyatidir. Boshqacha qilib aytadigan bo'Isak, bu pul bilan ta’minlangan ehtiyoj, ya’ni to'lovga qodir ehtiyojdir. Aynan mana shu ehtiyojga qarab, bozorga chiqarilishi lozim bo'lgan tovarlarning miqdori va assortimenti aniqlanadi.
Taklif—ishlab chiqaruvchilar bozorda sotishga tayyorlagan (chiqargan), muayyan narxlarga ega tovarlar va xizmatlar miqdori.
Kredit—(lot. qarz) - pul mablag'lari, tovar va xizmatlami kelishilgan ustama foiz to'lab qaytarish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish. Kreditning tijorat va bank krediti shakllari mavjud bo'lib, ular ishtirokchilaming turi, kreditlash obyekti, foiz o'lchami va foydalanish sohasiga ko'ra farqlanadi. Tijorat krediti shuki, ishlab chiqarishda va savdoda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o'zaro bir-birlariga sotilgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar to'lovini belgilangan muddatda amalga oshiradilar. Bunda, asosan, qarzdorlik kreditpullari, ya’ni veksel,banknot,chekvakreditkartochkalari bank vositachiligida rasmiylashtiriladi. Bank krediti pul mablag'larini ssudaga berishdan iborat bo'lib, 3 xil muddatli bo'ladi: qisqa, o'rta va uzoq muddatli.
Emissiya—muomalaga pul va qimmatbaho qog'ozlarni chiqarish. Emissiya huquqi markaziy hukumat ixtiyorida bo'ladi. Budjet tushumlari xarajatlar qoplanmagan holda ishlatiladi. Xo'jalik oboroti ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lmagan pullarni chiqarish pul massasining ko'payib ketishiga olib keladi.
Inflyasiya—(lot. shishish, ko'pchish, ko'tarilish) - mamlakatda muomalada yurgan qog'oz pul miqdorining xo'jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan inflyatsiya. 2. Kredit inflyatsiyasi - kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya - sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya - tez sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya - narx-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy inflyatsiya - mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo'lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo'lishi oqibatidagi chiqimlarning o'sishi ta’sirida narx-navoning o'sishini yuzaga keltiradi. Bunday holat xo'jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo'shimcha pul chop etish natijasida yuzaga keladi.
Ehtiyoj—insonlarning, ijtimoiy guruhlarning yashash va mehnat qilish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalardir. Ehtiyoj subyektlarning o'zaro bog'liqligi va ularning faoliyatida umumiy manfaatdorlikni ifodalaydi.
Barter—savdo-sotiq faoliyatining bir turi bo'lib, mahsulot ayirboshlash pul to'lovisiz sodir bo'ladi. Almashuv mahsulotlar narxi, xalqaro va ichki bozor narxlari, sifati, yetkazib berish shartlari hisobga olinib, ular o'rtasidagi nisbat o'rnatiladi.
Abstraksiya—iqtisodiyot nazariyasining asosiy tadqiqot uslubi. U ko'pincha soxta tasavur berib, yuzaga chiquvchi iqtisodiy hodisalarning tub mohiyati va yo'nalishini ochish uchun turli-tuman murakkab hodisalar orasidan eng asosiysini sof holda ajratib oladi hamda tadqiqotni qiyinlashtiruvchi, ikkinchi darajalilarini yo‘q deb faraz qilishni anglatadi. Dmiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy hodisalarning mohiyatini tushunib olish hamda uni yanada chuqurroq ifoda etuvchi tushuncha va qonunlami shakllantirish mumkin. Chunki dalillarni tartiblab, bir xulosaga kelishda abstraksiya usuli asosiy usul hisoblanadi.
Savdo—mahsulotni ayirboshlash, bunda mahsulot ashyoviy shakldan pul shakliga aylanadi. Savdo bo'lishi uchun sotuvchi va xaridor bo'lishi shart. Savdo muomala sohasida amalga oshadi.

Download 138.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling