THEME: “Tilshunoslik fan sifatida uning
tabiiy va
ijtimoiy fanlar bilan aloqasi”
INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE
ISFT – 2022
Student: Eshmatova vazira
Group: Flk_01
Teacher: Yusupova Gulizebo
SELF STUDY
Tilshunoslik fan sifatida uning tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi - XXI asr jahon tilshunosligida tilshunoslikning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi natijasida shakllangan sotsiolingvistika, antropolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, areal lingvistika, onomastika, kognitiv tilshunoslik kabi qator sohalar rivojlanmoqda, yangidan yangi nazariyalar, yo‗nalishlar shakllanmoqda. Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha o‗zbek tilshunosligida ham qator tadqiqotlar olib borilib, tilimizning boyligi, kuch-qudrati, ifoda imkoniyatlari, o‗ziga xos jihatlari, qirralari har tomonlama ochib berilmoqda. Mamlakatimizda O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyevning sa‘y-harakatlari bilan ona tilimiz rivoji, taraqqiyoti sari yangi qadamlar tashlanmoqda, tilimizning jahon arenasidagi o‗rniga e‘tibor qaratilmoqda, gullabyashnashiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zero, yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‗lgan o‗zbek tili xalqimiz uchun milliy o‗zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma‘naviy boylik, buyuk qadriyatdir. 1
Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya. - Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.
- Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning o‗rganish obyekti bo‗lgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: - 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi;
- 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo sapiensga xos xususiyatlar bo‗lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‗shimcha vazifa – ma‘lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qo‗shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |