I-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida Reja
Download 31.21 Kb.
|
1-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
I-Mavzu: Sotsiologiya fan sifatida Reja Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy-siyosiy fan sifatida. Uning ob’ekti va predmeti.Sotsiologiyaning boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni. Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi. Sotsiologiyaning metodlari va sotsiologik qonunlar. Sotsiologiya faning asosiy vazifalari va muammolari. Tayanch iboralar: Struktural - funksionalizm ta’limoti, tarkibiy - funksional tahlil, empirik bilish, pozitiv oqim, abstraksiya, ontologiya, institutsional sotsiologiya, fundamental sotsiologiya, fenomenologiya, sotsiometriya. Sotsiologiya /lotincha ”societas” – jamiyat va yunoncha “logos” – tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatib jamiyatning tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ularning o‘zaro aloqadorligini o‘rganuvchi fandir. Demak, sotsiologiya umumiy ma’noda jamiyat to‘g‘risidagi fandir. Sotsiologiya fan sifatida XIX asrning 30-yillarida shakllanib, bu tushuncha fanga fransuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan kiritilgan. Ma’lumki, O.Kont falsafasi “pozitivizm” nomi bilan mashhur. U falsafani fan va metodologiya sifatida rad etadi. Uningcha, “pozitiv” falsafaning asosiy maqsadi xususiy fanlar umumiy xulosalarini umumlashtirish vazifasidan iborat bo‘lgan. Bu prinsipni sotsiologiyaga ham tadbiq qilgan. Uning sotsiologiyasi empirik ma’lumotlarni to‘plash va kuzatishdan iborat bo‘lgan. Empirik ma’lumotlarni falsafiy jihatdan umumlashtirish esa rad etilgan. Ilmiy nazariyasiz va ilmiy metodologiyasiz jamiyat hayoti to‘g‘risidagi empirik ma’lumotlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib bo‘lmaydi. Ular nari borganda, sub’ektiv xulosalardan iborat bo‘lib qolaveradi. Hozirgi kunda “sotsiologiya”, “sotsilog”, “sotsiologik savol-javob” “sotsiologik tadqiqot natijalari” degan iboralar kundalik hayotga kirib kelmoqda. Ularni radio va televidenieda eshitishimiz, turli ro‘znoma va oynomalarda o‘qishimiz mumkin. Sotsiologik tadqiqotlar ijtimoiy fikrlarni o‘rganishning, siyosiy partiyalar, liderlar, programmalarning reytingini, ijtimoiy tashkilotlarning va harakatlarning mavqeini aniqlashning, davlat siyosati ishlab chiqish va boshqa masalalarni yechishning zarur vositasi bo‘lib kelmoqda. Lekin sotsiologiyaning fan sifatidagi predmetini aniqlashga yondashish sust bormoqda. Ko‘pchilik sotsiologiyani anketa, interv’yu, savol-javoblar bilan tenglashtirib qo‘yadi. To‘g‘ri, anketa, intervyu, savol-javoblar sotsiologik tadqiqotlarning muhim vositalaridir, lekin ularni sotsiologiya bilan tenglashtirmaslik zarur. U holda sotsiologlarni 2-3 oylik kurslarda yetishtirib chiqarish mumkin bo‘lib qoladi. Lekin professional sotsiologni, professional yurist, vrach yoki iqtisodchi kabi kurslarda yetishtirib chiqarish mumkin emas. Unda sotsiologlarni ishlari yuzaki, ilmiy jihatdan past va obe’ktiv bo‘lmay qoladi. Ular u yoki bu baho, prognoz, programmalarni ishlab chiqish uchun noto‘g‘ri asos bo‘lib, oxir-oqibat siyosiy yoki boshqa spekulyatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Sotsiologiyaning predmetini aniqlashning murakkab tomoni, ijtimoiy hayotning sotsiologiya o‘rganadigan qismini aniq ko‘rsatib berish qiyinligidadir. Ba’zan sotsiologiyani “jamiyat haqidagi fan” deb ataydilar. Amerikalik sotsiolog Neyl Smelzer sotsiologiyani “jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni ilmiy jihatdan o‘rganuvchi” fan1 sifatida belgilaydi. Ammo, bunday ta’rif ancha umumiy tarzda bo‘lib, sotsiologiyaning fan sifatidagi aniq chegaraviy mazmunini, mohiyatini belgilab bera olmaydi. Chunki ijtimoiy falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, siyosatshunoslik, tarix, madaniyatshunoslik kabi ko‘plab ijtimoiy va gumanitar fanlar ham jamiyat hayotini ob’ekt sifatida o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, gap sotsiologiyaning boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘ziga xos predmeti haqida bormoqda. Agarda, “sotsiologiya” so‘zining etimologiyasidan kelib chiqsak, sotsiologiya “sotsiallik” /jamiyat/ to‘g‘risidagi fan /ta’limot/dir, demakki, «sotsial» tushunchasining aniq mohiyatini, uning sohasini aniqlash zarur. Har bir fan o‘z o‘rganish ob’ekti va predmetiga ega. Lekin fanning u yoki bu ob’ekti, boshqa ilmiy fanlarning tadqiqot predmeti bo‘lib kelishi mumkin. Konkret fanning predmeti ushbu fanning ob’ektida o‘rganiladigan o‘ziga xos tomonidir. Ob’ekt – bu ob’ektiv voqelik sifatida tadqiqotchiga qarama-qarshi turgan, uning faoliyati qaratilgan narsalardir. Ob’ektiv voqelikning har qanday voqea-hodisalari har qanday ijtimoiy fanning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelishi mumkin. Ma’lum bir fanning tadqiqot predmeti haqida so‘z borar ekan, unda ob’ektiv voqelikning u yoki bu qismi /shahar, qishloq, inson, madaniyat, tashkilot va b./ shu fanga xos bo‘lgan tomoni ushbu ob’ektning ikkilamchi tomoni yok mavjud bo‘lishi uchun shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi /masalan, iqtisodiyotning sotsial konteksti/. Ilmiy adabiyotlarda “ob’ekt” va “predmet” tushunchalarining qo‘shilib ketish yoki tenglashtirish hollarini ko‘rish mumkin. Predmet ham ob’ekt singari ob’ektiv voqelikning aniq yoki o‘ziga xos xususiyatiga ega qismi yoki elementlari birligidir. Shu bilan birga har bir fan o‘z predmeti bilan boshqasidan farq qiladi. Fizika, ximiya, biologiya, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa fanlar ham o‘z predmetiga ega. Bu fanlarning hammasi tabiat va jamiyatni xarakterlovchi turli xil voqea-hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Lekin bu fanlarning har biri ob’ektiv voqelikning: a) o‘ziga xos tomoni yoki o‘z sohasini; b) shu fanga xos qonun-qoida va qonuniyatlarini; v) shu qonun va qonuniyatlarning o‘ziga xos shakllari va mexanizmlarini o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir ijtimoiy fan jamiyatni, ob’ektiv voqelikni ob’ekt sifatida o‘rgana turib, unda o‘z predmetini ajratib oladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, ob’ektiv voqelikning aynan bir tomoni bir necha fanlarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelishi ham mumkin. Shunday qilib, jismoniy voqelik – ko‘pchilik va tabiiy va texnik fanlarning, sotsial voqelik esa - ijtimoiy va gumanitar fanlarning tadqiqot ob’etidir. G.V.Osipovning ta’kidlashicha: “fan predmetini faqatgina ob’ektga qarab aniqlash noto‘g‘ri, chunki har qanday fanning tadqiqot ob’ektlari ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin predmeti esa faqatgina shu fanning o‘zigagina xos va yagona bo‘lishi kerak”. Turli xil fanlarning bir-biridan farqi shundaki, ular birigina ob’ekt misolida ushbu jamiyatni rivojlantiradigan o‘ziga xos qonun va qonuniyatlarni o‘rganadilar. Aytaylik, jamiyatning rivojlanishi va harakatlanishi shu fanlarning predmeti bo‘lib iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ma’naviy, psixologik ehtiyojlardan kelib chiqadi. Bundan tashqari, ushbu ob’ektiv voqelikning alohida qismlari ham shu fanlarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelishi mumkin: masalan, mehnat, kundalik hayot, ta’lim, oila, shahar, qishloq, siyosiy institutlar va boshqalar iqtisod, sotsiologiya, psixologiya demografiya, huquq va boshqa shu kabi fanlarning tadqiqot obe’ktidir. Sotsiologiyaning predmet va ob’ektini aniq ajratib berish hozirda sotsiologlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Sotsiologiya predmetiga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Masalan, Vesbsterov lug‘atida sotsilogiya insonlarning sotsial guruhlarning vakili sifatida, birgalikdagi hayotining tarixi, rivojlanishi, tashkil topishi va muammolarini o‘rganuvchi fan deb berilgan. O.Kont sotsiologiyani jamiyat to‘g‘risidagi fan deb bilgan. E.Dyurkgeym esa sotsiologiya predmetini ijtimoiy ma’lumotlar, ya’ni sotsial faktlardan iborat deb bilgan,2 nemis sotsiologi G.Zimmel ta’rifiga ko‘ra, - sotsiologiya xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasi,3 yana bir nemis sotsiologi M.Veberning fikricha, sotsilogiya ijtimoiy xulq to‘g‘risidagi fandir.4 Ijtimoiy xulqni M.Veber insoniy munosabatlardan iborat deb bilgan. Insoniy xulq esa o‘z navbatida ijtimoiy mohiyatiga egadir. Mashhur rus sotsiologi P.A.Sorokinning fanni predmeti haqidagi fikri umumiy ma’noga ega bo‘lib, u “jamiyat yoki ijtimoiy hodisalardan iborat” deb bilgan.5 Jamiyat esa ruhiy o‘zaro aloqadorlikka ega bo‘lgan birliklar majmuidan iborat. Sotsiologiya xuddi shunday o‘zaro aloqadoliklardan iborat jamiyat hayotini o‘rganadi. Sovet davri sotsiologlardan V.A.Yadovning fikricha, “sotsiologiya- jamiyatning bir butun organizm ekanligi, ijtimoiy munosabatlarning bir butunligi to‘g‘risidagi fan”.6 Yana bir sotsiolog G.V.Osipov “Sotsiologiya” o‘quv qo‘llanmasida, sotsiologiya – ijtimoiy tizimlarning funksionallashuvi va rivojlanishi to‘g‘risidagi, umumiy va o‘ziga xos ijtiomiy qonun va qoidalari, qonuniyatlari, bu qonun va qonuniyatlarning shaxs, ijtimoiy birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatidagi yuzaga kelish va amal qilish shakllari to‘g‘risidagi fan, deb ta’riflagan.7 Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki, sotsiologiya – ijtimoiy birliklar, tashkilotlar, jarayonlar va munosabatlarning yuzaga kelishi, funksionallashuvi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Yuqorida biz jamiyatning sotsial sohasi /sotsial guruhlar, institutlar, sotsial munosabatlar va aloqalar, sotsial sistemalar/ sotsiologiyaning, uni o‘rganishning o‘ziga xos oblasti, sohasi ekanligini ta’kidlab o‘tdik, ya’ni sotsiologiyani fan sifatida sotsiallikni o‘rganadi, deb aytish mumkin ekan. Bundan kelib chiqib sotsiologiyaning fan sifatidagi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Sotsiologiya - sotsial sistemalarning yuzaga kelishi, funksionallashuvi va rivojlanishini, ularning strukturasini, komponentlarini sotsial birliklar, sotsial tashkilotlar va institutlar, shuningdek, ularning jamiyatda tutgan o‘rni, ehtiyojlari va qiziqishlarining qondirilishiga muvofiq ular o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni o‘rganuvchi fandir. Ayrim olingan shaxsdan boshlab oila, ijtimoiy guruhlar, sinflar, tabaqalar, tashkilotlar, birliklar va boshqa tizimlar o‘rtasidagi ijtimoiy oqibatlari sotsiologik tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganiladi. Boshqa ijtimoiy va gumanitar fanlardan farq qilib, sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch bosqichda o‘rganadi: 1. Aniq – empirik; 2. Xususiy; 3. Umumiy; Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik sotsiologik tadqiqot, maxsus sotsiologik tadqiqot, umumsotsiologik tadqiqot jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Download 31.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling