I-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida Reja


Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi


Download 31.21 Kb.
bet3/4
Sana13.12.2022
Hajmi31.21 Kb.
#1000259
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma`ruza

Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi.
Sotsiologiyaning metodlari va sotsiologik qonunlari.

Hozirgi zamon sotsiologiyasi murakkab tarkibiy tuzilishiga ega bo‘lib, sovet tuzumi davridagi bir tomonlilikdan holi bo‘ldi. Tanqidiy ko‘z bilan qaralgan va inkor qilingan “burjua sotsiologiyasi” erishgan yutuqlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi. Ruhiyat, ma’naviyat masalalarini umuminsoniy, milliy va boshqa qadriyatlarni keng va chuqur o‘rganish – muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi.


Jamiyat hayoti ilgari aytib o‘tganimizdek sotsiologiya fani doirasida uch bosqichda:
1. Umumsotsiologik
2. Maxsus sotsiologik nazariya;
3. Empirik sotsiologik tadqiqotlar asosida o‘rganiladi.
1. Umumsotsiologik nazariyaga misol qilib K.Marks va F.Engels tomonidan ishlab chiqilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining ishlab chiqarish munosabatlariga o‘zaro muvofiq kelishi qonuni, ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilab berish qonuni; amerikalik T.Parsons va R.Mertonlarning strukturaviy-funksionalizm ta’limoti, yangi industrial jamiyat ta’limoti va boshqa Harbiy Ovrupo va Amerika olimlarining ta’limotlarini keltirish mumkin.
2. Hozirda sotsiologiyada maxsus sotsiologik nazariyalar sifatida iqtisod sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi, turmush tarzi, shahar va qishloq boshqarish va tashkil qilish; siyosat, madaniyat, iml-fan, ta’lim, shaxs, oila, yoshlar, bo‘sh vaqt, tibbiyot, etnosotsiologiya, qiziqishlar, ijtimoiy o‘zgarishlar va boshqa sotsiologik sohalarni ko‘rsatish mumkin.
Umumsotsiologik nazariyalardan farq qilib, maxsus sotsiologik nazariyalar makon va zamon jihatidan tor chegaralangandir. Umumsotsiologik nazariyalarning mazmuni jamiyat rivojlanishining asosiy yo‘lini belgilovchi dinamik qonuniyatiga asoslangan bo‘ladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar esa statistik – muayyan bir ijtimoiy doirasidagi o‘zgarishlarni ifodalashi mumkin.
Har qanday umumsotsiologik nazariya mohiyat e’tibori bilan maxsus sotsiologik nazariyalar mazmuniga muvofiq bo‘lishi shart. Chunki, maxsus sotsiologik aniq amaliy tadqiqotlar orqali tekshirilib boriladi. O‘z navbatida umumsotsiologik nazariyalar maxsus sotsiologik nazariyalar uchun ham nazariy, ham metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalar sotsiologiya fanining nazariy jihatini tashkil qiladi. Hozirda konkret va xususiy sotsiologik tadqiqot sifatida ortib borayotgan amaliy sotsiologiya esa konkret sotsiologik tadqiqot usullari yordamida maxsus sotsiologiya sohalar diorasida olib borilayotgan tadqiqotlardan va ulardan olinadigan xulosalardan iborat bo‘lib qoladi.
Sotsiologik bilim va usullarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uch darajasi hamda nazariy va amaliy sotsiologiya o‘zaro dialetik aloqadorlikda bo‘lib, yagona sotsiologiya fanini tashkil qiladi.
Nazariy sotsiologiya jamiyat ijtimoiy hayotining umumsotsiologik, hamda umumilmiy darajalardagi funksional va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Masalan, hozirda O‘zbekistonning bozor munosabatlariga bosqichma-boqich o‘tish konsepsiyasi va jamiyat hayotida bozor munosabatlarini tarkib topib borish jarayonini o‘rganish nazariy sotsiologiyaning asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Shu bilan birga, nazariy sotsiologiyada ijtimoiy hayotning iqtisodiyot, siyosat, maishiy turmush, ma’naviyat kabi alohida sohalarining funksional va rivojlanish qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari ham ilmiy-nazariy asosda o‘rganiladi.
Amaliy sotsiologiya inson faoliyatini, jamiyat hayotining turli sohalarini, jarayonlarini bevosita amaliy asosda o‘rganadi.
3. Amaliy sotsiologiyada empirik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan umumlashtiriladi. Faqat shundagina nazariy sotsiologiyada olingan tadqiqot natijalari ijtimoiy hayot voqeligini, uning funksional va rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri, ob’ektiv ravishda ochib bera oladi.
Amaliy sotsiologiya empirik tadqiqot usullari yordamida olib boriladigan ijtimoiy hayotning har qanday jarayonini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotni anglatadi. U o‘zining ikki jihati bilan xarakterlanadi: birinchidan, komplekslilik xos bo‘lib, tadqiqot ob’ekti bir butun holda olib qaraladi, shu jihatdan sotsiologiya doirasida boshqa ijtimoiy fanlarning usullaridan foydalanish mumkin. Ikkinchidan, ob’ektiv va subektiv omillar birligini tashkil qiluvchi inson faoliyatining natijasi bo‘lgan ijtimoiy jarayonni o‘rganadi. Amaliy sotsiologiya nazariy asosda tadqiq etilgan jamiyat hayotining funksional va rivojlanish qonuniyatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish usullarini, vositalarini ishlab chiqish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu jihatdan amaliy sotsiologiya o‘zining empirik xususiyatiga ega va nazariy sotsiologiya bilan uzviy bog‘liq.
Metod deganda keng ma’noda u yoki bu masalani yechishda qo‘llaniladigan usullar, qoidalar tushuniladi. Metodlar har qanday ilmiy bilishning muhim tashkiliy qismi hisoblanadi. Har qanday olim, hoh u huquqshunos, hoh sotsiolog yoki iqtisodchi bo‘lsin, o‘z oldiga ma’lum bir ilmiy muammoni qo‘ya turib, uni u yoki bu metodlar yordamida hal qiladi.
Odatda metodlarni barcha fanlarda qo‘llaniladigan umumilmiy bilish metodlariga /masalan, induksiya va deduksiya, analiz va sintez va b./ va konkret fanlarning o‘ziga xos masalalarini yechishda foydalaniladigan xususiy-ilmiy metodlarga /masalan, geometriyadagi koordinatalar metodi yoki meditsinadagi diagnostika metodi va h./ bo‘linadi.
U yoki bu fanda qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi shu fanning metodologiyasini tashkil etadi. Metodologiya qo‘yilgan muammolarni yechish usullarini tanlash, ilmiy yechimning yo‘nalishini va etaplarini aniqlab beradi.
Sotsiologik metodlar deganda sotsiologik bilimni asoslab berish va ko‘rish usuli, sotsial sistemalarni empirik va nazariy o‘rganishning usul va amallari tushuniladi.
Sotsiologik nazariyalarni tashkil etishda, sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasini tuzishda falsafa muhim o‘rin egallaydi. Sotsiologning falsafiy dunyoqarashi uning sotsiologik konsepsiyasining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Sotsiologiya fan sifatida umumilmiy metodlardan ham, o‘zi uchun xarakterli bo‘lgan metodlardan foydalanadi.
Sotsiologiyada qo‘llaniladigan umumilmiy metodlarga matematik, induktiv, deduktiv, analitik, sintetik, tarixiy, modellashtirish va boshqa metodlar kiradi.
Ehtimoliy jarayonlarni o‘rganadigan fanlar qo‘llaydigan metodlar sotsiologiyada ham qo‘llaniladi: statistika va ehtimollar nazariyasi metodlari. Ularga faktorli /sotsial ob’ektlarning belgilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklarini o‘lchash va ularga asoslanib belgilar klassifikatsiyasini o‘lchash/, latent /respondentlarning ayrim savollarga bergan javoblaridan kelib chiqib, ularni ma’lum bir yashirin, ya’ni latent belgilariga ko‘ra ajratish/, korellyatsion analiz /sotsial ob’ektlar belgilari o‘rtasidagi statistik aloqlarni o‘rganish/ va shuningdek, shkalalar qurish va analiz qilish, ya’ni savol-javob, kuzatish yoki hujjatlarni analiz qilishda yig‘iladigan sotsial ma’lumotlarni baholashda foydalaniladigan instrumentlarning o‘lchamli qismlarini ko‘rish va analiz qilish protsedurasi kiradi.
Darajasiga ko‘ra sotsiologiya metodlari ikkiga bo‘linadi: amaliy (empirik) va nazariy.
Sotsiologik tadqiqot bosqichlariga /stadiya/ ko‘ra esa muammolar, maqsadlar, vazifalar shakllanishi metodlari, ma’lumotlarni yig‘ish metodlari /savol-javob, kuzatish, hujjatlarni o‘rganish/, ma’lumotni qayta ishlash metodlari /gruppalash, taqsimlash/, ma’lumotni analiz qilish metodlariga /umumlashtirish, sifatli analiz, tipologizatsiya/ bo‘linadi.
Shunday qilib, sotsiologiya metodi tadqiq etilayotgan sotsial muammoga, ko‘rilgan nazariyaga va umumiy metodologik yo‘nalishga asoslanadi. Sotsiologik tadqiqotning unumdorligi sotsiologning sotsial voqea-hodisa va jarayonlar to‘g‘ri, yetarli ma’lumotlar olishda, ularni analiz qilish va umumlashtirishda qanday metodlardan foydalanganligi va vazifani qay darajada bajara olganligiga bog‘liq.
Sotsiologik qonunlarni aniqlashda sotsial birliklar, tashkilotlar institutlardan tashkil topgan sotsial sistemaning o‘ziga xosligini tasavvur qilishdan kelib chiqish kerak, bu komponentlarning yoki sotsial munosabatlarning o‘zaro hatti-xarakatini o‘rganish sotsiologik qonunning o‘ziga xosligini belgilashda asos bo‘ladi.
Sotsial sistemaning komponentlari o‘rtasida, sotsial munosabatlarga kirishayotgan odamlar o‘rtasida ularning sotsial sohadagi hayotiy faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqadigan faoliyatlarining doimiy almashinib turishi ro‘y beradi. Bu faoliyat odamlarning mavqeini, ularning jamiyat hayotidagi rolini o‘zgartirishga, ularning ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi.
Sotsial soha o‘z kelib chiqishi, funksionalashuvi va rivojlanishida ma’lum bir qonunlarga bo‘ysunadi. Bu qonunlarni butun bir jamiyat doirasida amal qiluvchi qonunlardan ajrata olish zarur. Aynan sotsial sohaga xizmat qilishga qaratilgan qonunlar sotsiologik qonunlar deyiladi.
Shunday qilib, sotsiologik qonunlar – sotsial sistemaning turli bosqichlarida namoyon bo‘luvchi turli xil sotsial birliklar, tashkilotlar va institutlarga birlashgan odamlar o‘rtasidagi mavjud o‘ziga xos, muhim, takrorlanib turuvchi aloqlardir. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida uchraydigan har qanday aloqalarni ham sotsiologik qonun sifatida qarash mumkin emas, balki faqatgina sotsial sistema ichida yuzaga keladigan aloqalarni sotsial qonunlar sifatida qarash mumkin.
Sotsiologik qonunlar sistemalilik xususiyatiga ega, ya’ni ular faqatgina birgalikda sotsial sistemani bir butunlik sifatida tushuntirib beradi.
Sotsiologik qonunlar ikkiga bo‘linadi: umumiy va xususiy
1. Umumsotsiologik qonunlar – shunday qonunlarki, ular birinchidan, barcha sotsial sistemalarning rivojlanishi davomida amal qiladi, ikkinchidan, sotsial sistemalarning sotsial muhitda amal qiluvchi boshqa qonuniyatlarini aniqlab beruvchi mohiyatini, fundamental asoslarini aks ettiradi.
Sotsial munosabatlarning ishlab chiqarish usullariga tobeligi umumsotsiologik qonundir. Insonlarning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy hayotdagi roli, ularning ehtiyoj va qiziqishlarining qondirilishi oxir-oqibat ishlab chiqarish munosabat bilan aniqlanadi. Inson tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga olib keluvchi mulkchilik munosabatlari ustun bo‘lgan jamiyatlarda asosiy ishlab chiqarish vositalari egalari hukmron o‘rin egallab, ishlab chiqarishda qatnashmay turib o‘z ehtiyojlarini qondiradi va jamiyatni boshqaradi, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilmaydiganlar esa ular tomondan eziladi, boshqaruvdan yiroqlashadi, kam mehnat haqi oladi, o‘z qobiliyatlarini realizatsiya qilishga yetarli imkoniyati bo‘lmaydi va hokazo.
Mulkchilik munosabatlari insonni inson tomonidan ekspulatatsiya qilinishini keltirib chiqarmaydigan jamiyatda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shuningdek, sotsial sohada ham, odamlar bir xil o‘rin egallaydilar /hukmronlik qiluvchilar va mazlumlar bo‘lmaydi/, ijtimoiy-siyosiy hayotda qatnashishda bir xil imkoniyatga ega bo‘ladilar, ehtiyoj va qiziqishlarining qondirilishi esa har birining o‘zi qo‘shgan hissasiga bog‘liq bo‘ladi.
Sotsial munosabatlarning ishlab chiqarish – iqtisodiy munosabatlariga nisbatan aktiv roli ham muhim qonuniyat bo‘lib keladi. Masalan, sotsial birliklarda odamlar munosabatlarining yaxshilanishi, kollektivdagi shunga mos muhit ishlab chiqarish rivojlanishga, umumiy holda jamiyatga ham bevosita ta’sir qiladi.
Ehtiyoj va qiziqishlarning sotsial shartlanganligi ham umumsotsiologik qonundir. Ehtiyojlar barcha shart-sharoitlar yig‘indisi, avvalam bor ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga va ishlab chiqarish munosabatlari xarakteriga, u yoki bu sotsial birliklarning /sinflar, millatlar va b./ qiziqishlari va ideallarga bog‘liq holda ham kelib chiqadi, ya’ni moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning turli sohalaridagi aktiv faoliyat, boshqa odamlar bilan muloqot, shaxsning shakllanishi jarayoni shunga mos ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyoj va qiziqishlar shartlanganligining o‘ziga xosligi ishlab chiqarishning, turli sotsial sistemalarga mansub insonlar moddiy-texnik bazasining bir xil rivojlanish darajasi sharoitida ham turli xil, ba’zan qarama-qarshi ehtiyojlar va qiziqishlarning yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi.
Shaxs shakllanishida sotsial muhitning muhim roli – yana bir umumsotsiologik qonundir. Insonning boshqa insonlar, kollektivlar, birliklar bilan aloqasi va o‘zaro hayoti shart-sharoitlari uning atrofida doimiy, uning jamiyatdagi o‘rnini, faoliyatini, xulq-atvorini, hayot tarzini belgilab beruvchi faktorlar kompleksini vujudga keltiradi. Sotsial muhitning holati, uning boyligi yoki nochorligi shaxsning bilimi, malakasi, fikrlari, kayfiyatini, demakki, uning u yoki bu hatti-xarakatini asoslashda sabab bo‘lib keladi. Oxir-oqibat sotsial muhit sharoitlarining ma’lum ta’siri ostida, faoliyat va muloqot jarayonida shaxsning hayotga ma’lum bir munosabati, qadriyat va maqsadlari, ahloq-odob qoidalari haqidagi tasavvurlar, ma’naviyati, madaniyati, ongi shakllanadi.
2. Umumsotsiologik qonunlardan tashqari bir yoki bir necha /bir tipli/ sotsial sistemalar doirasida, shuningdek, sotsial sistemaning alohida strukturaviy sohalarida amal qiluvchi o‘ziga xos xususiy qonunlar ham mavjud. Masalan, sotsial birliklar o‘ziga xos qonuniyatlarga ega sinfiy, milliy, oilaviy-kundalik va b. munosabatlar.
Sotsial rivojlanish qonunlari ob’ektiv va inson ongi irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda amal qiladi. Lekin ijtimoiy hayotda hech narsa insonsiz amalga oshmaydi, shuning uchun sotsiologik qonunlar - insonlar faoliyatlarning sotsial faoliyat sub’ektlarining determinatsiyasi mexanizmidir.
Bundan, agarda ijtimoiy jarayonlar insonlarning ongli amaliy faolisiz amalga oshmas ekan, unda sotsial qonunlarning ob’ektivligi haqida so‘z borishi mumkinmi?, degan savol kelib chiqadi. Albatta, sotsial sistemaning butun bir hayoti o‘z oldiga ma’lum bir maqsadlarni qo‘yuvchi va ularga erishuvchi ongli mavjudotlar – insonlarning faoliyatidir.
Ularning faoliyatlari bo‘ysunadigan qonunlar, ular nimani va qanday bajarayotganligiga, munosabatlari bo‘ysunadigan qonunlar esa qanday munosabatlarga kirishilayotganligiga bog‘liq holda kelib chiqadi.
Jamiyatni yangilash, demokratik huquqiy davlat qurish, sotsial yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga o‘tishda davlat bosh islohotchi bo‘lib keladi. Ob’ektiv qonunlardan maqsadli foydalanish, boshqarish mexanizmlarini ongli ravishda ko‘rish asosida, ommaga tayangan holda faoliyatini amalga oshirsagina davlat bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish mumkin.

Download 31.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling