Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Download 107.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
Iqtisodiyot fani rivojlanishining asosiy bosqichlari bo‘yicha tahliliy material tayyorlash. Reja: Kirish Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida Gʻarb va Sharq iqtisodchilarining fikrlari. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va ularning rivojlanish yoʻnalishlari. Iqtisodiyot faniga Nobel mukofoti sohiblarining qoʻshgan hissalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyildi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, modernizatsiya, tarkibiy oʻzgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quvvatlari, yangi energiya manbalari, turli xil infratuzilmalar, yoʻllar, transport vositalari ishga tushirilmoqda. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Bu oʻzgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmat turlari hajmi koʻpayib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin oʻsishi, ularning ijtimoiy - iqtisodiy faolligi ertangi kunga bo’lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida va boshqa qator majlislarda soʻzlagan nutqlari va qilgan ma’ruzalaridan, qabul qilingan yangi farmonlar va qarorlardan hamda Oliy Majlisga murojaatnomasidan, Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan strategik vazifalardan bizga shu narsa ma’lum bo’lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda o’z yechimini topmagan murakkab muammolar, hal qilinishi lozim boʻlgan oʻta dolzarb va qiyin vazifalar juda koʻp ekan. Mamlakatimiz prezidenti ta’kidlaganidek, “Oldimizda uzoq va mashaqqatli yoʻl turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz oʻqib-oʻrgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, oʻzimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz oʻzgaradi”1. Albatta bunday islohatlarni amalga oshirishda iqtisodiy qarashlarni oʻrni benihoya kattadir. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’layotgan qaramaqarshiliklarning kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez oʻzgarayotgani dunyoning ko’plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati susayishi roʻy berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko’plab kapital mablagʻlar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining sust o’sishi fantexnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o’rniga aksincha, oshishi holati yuz berishi kabi nohush holatlar sodir bo’lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko’lamli dasturiy maqsad va vazifalar islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo’lida g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar va muammolarni hal etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o’zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo’lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo’ymoqda. “O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz”2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti-iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o'rganishdan iborat, deb aytish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi hamda vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib ko'rsatiladi: 1. Bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kengaytiradi. 2. Amaliy vazifa - amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat3. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko'proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishdan iboratdir. 3. Uslubiy vazifasi - iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. 4 G’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o'rganuvchilaming ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g'oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo'lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko'paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo’lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko'tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi. Download 107.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling