Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Download 107.01 Kb.
|
IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyot nazariyasi
1. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh avlodda vatan va el-yurt ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat hissini, turli mafkuraviy xurujlarga o’z fikri bilan qarshi tura olish qobiliyatini tarbiyalash kabi muhim vazifalarni bajarish orqali tobora oshib bormoqda. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining ahamiyati uning metodologik vazifasi orqali ham namoyon bo’lib, fanning o’zi, tahlili va tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini chuqur o’rganish, uning qoida va tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlarni o’zlashtirish va yanada rivojlantirishning garovi hisoblanadi4. Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan. Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, „uy“) + νόμος (nomos, “odat” yoki “qonun”), demak “uy (xoʻjaligi)ni yuritish qoidalari” yigʻindisi οἰκονομία (oikonomia, “uy xoʻjaligini boshqarish”) soʻzidan olingan. Iqtisodiyot nazariyasi fani koʻpgina maktab va yoʻnalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom oʻzgarishda boʻlgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shugʻullanadi. Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida “Ekonomiks”, “Ekonomika” va “Siyosiy iqtisod” nomlari bilan, MDH mamlakatlarida Iqtisodiyot nazariyasi nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda “Iqtisodiy bilim asoslari” sifatida maktablarda, “Iqtisodiyot asoslari” sifatida kollej va akademik litseylarda va “Iqtisodiyot nazariyasi” sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan boʻlib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va isteʼmol qilinishi jarayonlarini oʻrganadi. Zero yurtboshimiz ta’biri aytganimizda “Ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish bo’ladi”5. Jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunib, amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining roli beqiyosdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog’liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko’payishi, uning to’g’ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog’liqligini ham o’rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi. G’arbdagi “Ekonomiks” mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, nazariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqtisodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi. Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. Iqtisodiyot nazariyasini o`rganish davomida turli mamlakat iqtisodchi olimlari ilmiy izlanishlar olib borib iqtisodiy qarashlari tufayli bugungi kunda “Iqtisodiyot”-degan tushuncha xar bir insonda yetarlicha bilim va ko`nikma hosil qilib bo`lingan. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh avlodda vatan va el-yurt ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat hissini, turli mafkuraviy xurujlarga o’z fikri bilan qarshi tura olish qobiliyatini tarbiyalash kabi muhim vazifalarni bajarish orqali tobora oshib bormoqda. Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning puliga qassobdan – go’sht, dehqondan – sabzavotlar, do’kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi6. Kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari va turli xil xizmatlardan bahramand bo’lishlari kerak. Kishilar bunday hayotiy vositalarga ega bo’lishi uchun turli sohalarda faoliyat ko’rsatadi. Insonning bu turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish (hamda xizmatlar ko’rsatish) dan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi7. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. Ana o’sha extiyojlarga bo’lgan talablarni bir tekes ravishda olib borishda hamda ularni nazorat qilishda iqtisodiy qonun qoidalarni o’rni beqiyosdir. Download 107.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling