Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va ularning rivojlanish yo`nalishlari
Download 107.01 Kb.
|
IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monetarizm
- 3-rasm Iqtisodiyot nazaruyasining yangi yo`nalishlari. Ushbu jadval talaba tomonidan darslik asosida tayyorlandi 15 .
- Neoliberalizm
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli 17
3.Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va ularning rivojlanish yo`nalishlari.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab “siyosiy iqtisod”, “iqtisod” fani sifatida talqin qilinib, iqtisodiyot nazariyasida yangi yo’nalish “ekonomiks” (inglizcha ―ekonomiks‖ – iqtisod, xo’jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi. Iqtisodiyot nazariyasidagi yangi yo’nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va neoinstitutsionalizm: Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal qiluvchi rol o’ynashini asoslashga qaratilgan nazariya. Monetarizm erkin raqobat va narxning erkin shakllanishini bozor iqtisodiyotining asosi va uning muvozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi. Ular fikricha, bozor o’z-o’zini tartibga soluvchi tizim bo’lib, davlatning aralashuvini esa 3-rasm Iqtisodiyot nazaruyasining yangi yo`nalishlari. Ushbu jadval talaba tomonidan darslik asosida tayyorlandi 15. faqat pul sohasi bilan cheklash lozim. M. Fridmanning fikricha, pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning asosiy dastagi bo’lishi mumkin. Uning iqtisodiy qarashlaridan Pinochet davlat boshqaruviga kelgan davrda Chilida, R. Reygan iqtisodiy siyosatini asoslash uchun AQShda foydalanilgan. XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo’nalishida bir qator yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari quyidagilar: Neoliberalizm (F. Xaek, Shumpeter, L. Erxard) – asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi. Institutsionalizm tarafdorlari (T. Veblen, U. Mitchel, M. Veber, J. Gelbreyt) fikriga ko’ra xo’jalik yurituvchilar o’rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o’zgarishlar orqali ham ta’sir ko’rsatishi mumkin16.Yuqorida bayon etilgan va boshqa qator nazariyalar tahlili shuni ko'rsatadiki, “Iqtisodiyot nazariyasi” fan sifatida shakllangunga qadar bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo’lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l qo’yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o’sha davr real holatidan kelib chiqqan bo’lib, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo’l qo’yilganligi ko’rinib turadi. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat o’z taraqqiyotini belgilashda alohida bir nazariya asiri bo’lib qolmasligi kerak, chuqur nazariy tahlil asosida ulaming salbiy tomonlarini tashlab yuborib, ratsional mag’izlarini olib, ulardan oqilona foydalangan holda jamiyat rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan uyg’unlashtirilishi zarur. Albatta bugungi kundaiqtisodiy qarashlar zaminida yurtimizda olib borilayotgan keng ko`lamli ishar natijasida erkin farovan demokratik davlat darajasidamiz. Bu ishlar negizida iqtisodiyot nazariyasi faninig o`rni beqiyosdir. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bo’yicha navbatdagi ishlarning natijadorligini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq, shaffof va natijaga yo’naltirilgan mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni rivojlantirish bo’yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish; barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishdda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli17 xukumat qarorlarida o’z ifodasini topmoqda.Pandemiyadan keying iqtisodiyotimiz ancha sustlashganligi davri davomida iqtisodiy olimlar olib brogan xamda taklif qilingan nazariyalar asosida qilingan tizimli ishlar natijasida bugungi kunda davlatimiz o’z iqtisodiy farovonlik darajasida. Download 107.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling