- Mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulkini xususiylashtirish, ko’p ukladli iqtisodiyot asoslarini shakllantirishga erishildi.
- Iqtisodiy tizim –bu har bir davr va makonda amal qiladigan iqtisodiy munasobatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik yuritish mexanizmi va iqtisodiy muassasalarning o’zaro uzviy bog’liqlik asosida tarkib topgan yaxlit iqtisodiy tuzilmasidir.
- An’anaviy iqtisodiyot – bu o’ta zaif ishlab chiqarish omillariga tayangan, kam unumli natural ishlab chiqarishga, an’analar shakliga kirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir.
- Bozor iqtisodiyoti – bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo’lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy mo’ljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir
- Ma’muriy – buyruqbozlik iqtisodiyoti – bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy mulkka tayangan, bir markazdan turib rejalashtirishga va boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtisodiyotdir.
- Aralash iqtisodiyot – bozor kuchlari bilan davlat ishtirokining qo’shilishi natijasida vujudga keladi.
Mulk – bu yaratilgan va tabiat in’om etgan boyliklar. Mulkchilik munosabatlari – jamiyatdagi boyliklarni o’zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Egalik qilish – mulkdorlik huquqining mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir. - Foydalanish – mulkni iqtisodiy faoliyatda qo’llab, xo’jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir.
- Iqtisodiy tizim – bu har bir davr va makonda amal qiladigan iqtisodiy munasobatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik yuritish mexanizmi va iqtisodiy muassasalarning o’zaro uzviy bog’liqlik asosida tarkib topgan yaxlit iqtisodiy tuzilmasidir.
Mulkchilik - Mulk shakllari – bu o’zlashtirishning xarakteridir, ya’ni uning ko’rinishidir, qiyofasi, mazmunidir. O’z mehnati evaziga o’zlashtirish, o’zgalar yaratgan boylikni tekinga o’zlashtirish, yakka tartibda, jamoa bo’lib, sherikchilik asosida o’zlashtirish borki, ular mulkchilikning har xil shakllarini bildiradi.
- Davlat mulki – boylikning davlat tomonidan o’zlashtirilishidir.
- Jamoa mulki – boylikning muayyan maqsad yo’lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtirilishidir.
- - kooperativ mulki - ijaraga olingan korxona jamoasi mulki- korxona jamoasining mulki- korxona va tashkilotlar uyushmasi (assosiatsiyasi) mulki- ijtimoiy tashkilotlar mulki - diniy tashkilotlar mulki -oilaviy mulk.
- Xususiy mulk – ayrim kishilarga tegishli bo’lib, daromad topishga qaratilgan mulk. - individual xususiy mulk - korporativ xususiy mulk.
- Shaxsiy mulk – shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirishga qaratiladi, shaxsiy yoki oila a’zolarining mehnati asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |