„ijtimoiy xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali
Download 213.12 Kb. Pdf ko'rish
|
ismatova shoira
Sotsializm Sotsializm ( lotincha : socialis — „ijtimoiy“) — xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik , baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yoʻl bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni mukammal jamiyat deb hisoblaydilar... Sotsializm bir qator iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni o'z ichiga olgan siyosiy falsafiy harakat bo'lib xususiy mulkdan farqli ravishda ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilik bilan tavsiflanadi.U atama sifatida bunday tizimlarni amalga oshirish bilan bog'liq iqtisodiy , siyosiy va ijtimoiy nazariyalar va harakatlarni tavsiflaydi. Sotsializmning har xil turlari bozorlar va resurslarni taqsimlashda rejalashtirishning roli, tashkilotlardagi boshqaruv tuzilmasi va pastdan yoki yuqoridan yondashuvlarga qarab farqlanadi, ba'zi sotsialistlar partiya, davlat yoki texnokratik partiyani yo'qlaydi. Bu boʻlim chaladir . Siz uni boyitib, (https:// uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sotsia lizm&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. „Sotsializm“ atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan. Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar „oltin asr“ toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U „Siyosat“, „Davlat“, Etimologiyasi Tarixi „Qonunlar“ kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, „oltin asr“ borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi. K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Masalan, T. Mor , T. Kampanella , G. Mabli , Morelli , N. Chernishevskiy , A. Bebel va boshqalar uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof , M. Bakunin , K. Marks, Parij kommunarlari , V. Lenin va boshqalar qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishgan. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi XX asrning 20-yillarining oxiri — 30- yillarining boshida SSRIda , Ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm toʻgʻrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, oʻzgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real sotsialistik, yetuk, rivojlangan sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy boʻhronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Oʻzbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zoʻrlik asosiga qurilgan quloq qilish (quloqlashtirish?), jamoalashtirish siyosati, boshqa koʻrinishdagi qatagʻonlarni sotsializm qurish yoʻlidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga nisbatan „kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish“ mumkinligi toʻgʻrisidagi soxta taʼlimot ham oʻylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan oʻzgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga oʻtishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat aʼzolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yoʻlidagi barcha urinishlarga barham berdi. Sotsializm tushunchasining paydo boʻlishi „Sotsializm“ atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar „oltin asr“ toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U „Siyosat“, „Davlat“, „Qonunlar“ kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning Yoʻnalishlari ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, „oltin asr“ borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi. K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishgan. XX asrning 20-yillarining oxiri — 30- yillarining boshida SSRIda, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm toʻgʻrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, oʻzgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real sotsialistik, yetuk, rivojlangan sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy boʻhronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Oʻzbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zoʻrlik asosiga qurilgan quloq qilish (quloqlashtirish?), jamoalashtirish siyosati, boshqa koʻrinishdagi qatagʻonlarni sotsializm qurish yoʻlidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga nisbatan „kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish“ mumkinligi toʻgʻrisidagi soxta taʼlimot ham oʻylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri — 90- yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan oʻzgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga oʻtishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat aʼzolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yoʻlidagi barcha urinishlarga barham berdi. XX asrning oxirida yuz bergan buyuk voqea sifatida tarixga kirgan sotsializm sistemasining yemirilishi shubhasiz tarixchilarning diqqat markazida turishi tabiiydir. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda shuningdek, SSSRda yuz bergan oʻzgarishlar jarayonining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini chuqur oʻrganish hamda tegishli xulosalar chiqarish, amalga oshirilayotgan islohotchilik harakatlarini qiyosiy ravishda tahlil qilish nihoyatda ahamiyatlidir. Aftidan 1989-yil 1848-yilga oʻxshab tarixda ramziy yil boʻlib qoldi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa koʻz oʻngimizda oʻzgarib ketdi, ommaning kuchli harakatlari natijasida avtoritar tuzumlar quladi, kommunistik partiyalarning yakka hukmronligiga chek qoʻyildi. Baʼzan fojiali va oldindan aytib boʻlmaydigan voqealar sodir boʻldi. Shuni ham aytib oʻtish kerakki, sobiq sovet kishilarining aksariyati uchun voqealarning bunday burilish olishi kutilmagan hol boʻldi va deyarli esankiratuvchi taʼsir koʻrsatdi. Buni shunday tushuntirsa boʻladi: Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlarida va SSSRda keyingi yillarda yuz bergan real ichki jarayonlar, aytish mumkin, Vengriya va Polshani istisno qilganda, ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va hamkorlikning murakkab muammolari sovet ommaviy axborot vositalarida aynan mushohada qilinmadi hamda yoritilmadi. Ular oʻtmishning ayanchli anʼanalariga mahliyo boʻlib, odatda bu mamlakatlardagi ishlarning haqiqiy ahvolini ancha boʻyab tasvirladilar, bunda yaqinda hokimiyatdan chetlashtirilgan doiralarning rasmiy nuqtai nazarini ifodaladilar. Shu bilan bir vaqtda u yerda sotsial keskinlik kuchaya bordi, oxiri 1989-yili oxirida boʻronga aylandi va totalitar hamda avtoritar boshqaruv rejimlariga chek qoʻyildi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi, shuningdek, SSSRdagi muhim oʻzgarishlar jarayoni kontinentdagi muqitni tubdan oʻzgartirib yubordi. Sovuq munosabatlar urushiga chek qoʻyilib, /arb bilan Sharq oʻrtasida ishonch ruhi vujudga keldi, German davlatlarining birlashish jarayonini tezlashtirdi, mustaqil davlatlarning tashkil topishiga zamin tayyorladi. Avvalo shuni aytib oʻtish kerakki, sobiq sotsialistik mamlakatlardagi oʻzgarishlar jarayoni jamiyatdagi inqirozlar oqibatida, xalqlarning uzoq yillar davomida yetilib kelgan pinhoniy noroziliklari natijasida yuzaga keldi. Demak, 40-yillar oxirida „sotsialistik“ inqiloblar gʻalaba qilgan va forma jihatidan sotsialistik tuzum oʻrnatilgan davlatlarda ommaning antiavtoritar va antitotalitar chiqishlari bu tizimning taqidirini hal qildi. Bunday oʻzgarishlar Ruminiyadan tashqari boshqa sotsialistik davlatlarda qon toʻkishlarsiz amalga oshirildi. Demak, sotsialistik davlatlardagi oʻzgarishlar jarayoni birdaniga yuzaga kelgan yoʻq, buning boshlanishini oldingi 10 yilliklardan izlamoq kerak. Bu haqda mutaxassislarning bir necha marta bahslari va munozarali tortishuvlari boʻlib oʻtganligini eslash joizdir. Unda sotsialistik davlatlarda yuz berayotgan va yetilib kelayotgan krizisli jarayonlar muhokama qilingandi, undan qutulish yoʻllari qidirilgandi. Biroq olimlarning fikrlari maʼmuriy-buyruqbozlik apparati rahbarlari tomonidan inobatga olinmadi. Natijada 1989-yilning oxiridagi voqealarning shiddatli kechishi GDR, Ruminiya, Bolgariya, Chexoslovakiya, Polsha va Vengriyada mavjud boʻlgan sotsialistik tuzumni ostin-ustun qilib tashladi. Bu voqealar ushbu davlatlarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy krizislarning yuqori choʻqqisiga chiqqanligining oqibati boʻldi. Yana shuni taʼkidlash lozimki, ushbu jarayonlar yuz berishining asosiy sababi, 2-chi jahon urushidan keyingi yillarda asosan, 1947-48 yillarda sotsializm qurish sovetcha modelining ushbu davlatlarga aynan koʻchirilishi oqibatida boʻldi. Jamiyatni boshqarishning Stalincha maʼmuriy- buyruqbozlik usulining mahalliy va milliy xususiyatlarni hisobga olmay Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlar hayotiga aynan koʻchirilishi notoʻgʻri ekanligini hayotning oʻzi koʻrsatdi. Toʻgʻri oʻsha paytda sotsializm qurishning sovetcha modelidan boshqa yoʻl yoʻq edi, bu yoʻl yagona, toʻgʻri yoʻl deb qabul qildirilgandi. Biroq, ushbu sovetcha yoʻlni qabul qildirishda xalqlarning koʻp ming yillik milliy anʼanalari, urf-odatlari va qadriyatlari, mahalliy sharoitlari va milliy xususiyatlari, diniy eʼtiqodi va chegaralari hisobga olinmadi. Yevropada sotsializm yoʻliga oʻtgan davlatlarda mavjud sovet modelini koʻp Download 213.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling