„ijtimoiy xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali
partiyalar oʻz siyosatlarida ijobiy, xalqchil
Download 213.12 Kb. Pdf ko'rish
|
ismatova shoira
partiyalar oʻz siyosatlarida ijobiy, xalqchil boʻlgan qayta qurish va yangilanishlarni amalga oshirib, oʻz hukmronliklarini saqlab qolishlari mumkinmidi? Shuni aytib oʻtish kerakki, har bir narsani oʻz vaqtida qilmasa, yoki vaqtidan kechiktiribroq qilsa ogʻir oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Masalan: 1985-yilda SSSRda boshlangan qayta qurishni KPSS rahbariyati boshladi. Lekin bu qayta qurish juda kech boshlanganligi uchun, shu qayta qurishni boshlab bergan shaxs ham, uning partiyasi ham hokimiyatda qololmadi. Agar Chexoslovakiyani oladigan boʻlsak, mamlakatda reformani 1968-yil bahorida boshlash kerak edi, chunki CHKP faoliyatini ommaning katta qismi qoʻllab-quvvatlagan edi. CHKP shunday yoʻl tutganda omma orasida oʻz obroʻsini saqlab qolgan boʻlardi. Partiya rahbarlarining almashtirilishi bilan bu reformaning yoʻli toʻsib qoʻyildi va CHKPning omma orasida obroʻsining tushib ketishiga olib keldi. „Praga bahori“ mobaynida olgʻa surilgan, koʻp yillar davomida qattiq tanqid qilinib, „turgʻunlik“ ideologlari tomonidan sotsial-reformizm ramzi deb eʼlon qilingan „demokratik sotsializm“ davlatini bunyod etish gʻoyasi hozirda butunlay boshqacha qabul qilinayotganligini tushunib olish qiyin emas. Yangi ijtimoiy tuzum oʻz qiyofasini mehnatkashlar ommasi sari burmasa, bunday tuzumning umri qisqaligini hayotning oʻzi koʻrsatdi. Bizning nazarimizda, 1989-yilning 4-dekabrida SSSR va uning ittifoqchilari tomonidan qoralangan, Varshava Shartnomasi Harbiy Tashkiloti qoʻshinlarining 1968-yil Chexoslovakiyaga kiritilishi bilan Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining metindek mustahkamligini qaror toptirishga daʼvat etilgan edi. Sotsializmning „oliy maqsadlari“ bilan oqlanuvchi bu narsa teskari natija keltirdi — uning nufuziga jiddiy va halokatli zarba berdiki, yigirma yildan soʻng sodir boʻlgan „Praga kuzi“, goʻyo „Praga bahori“dan estafetani qabul qilib olayotganday boʻldi. Uning rahbarlaridan biri A.Dubchek yana siyosiy sahnada paydo boʻlib, milliy majlisning raisi boʻldi. GDRning baʼzi bir sobik, rahbarlarining fikricha, respublikada oʻzgarishlar jarayonini 1983-84 yillarda boshlash bilan mamlakatdagi normal holatni saqlab qolish mumkin edi. Bunday boʻlmagailigining sababi, Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarning rahbarlari mavjud vaziyatga toʻgʻri baho bera olmadilar, tarixiy jarayonlar pallasi yetilib kelganligini va zoʻravonlik siyosati bilan eski boshqarish sistemasini saqlab qolish mumkin emasligini anglab yetmadilar. Tarix oʻz ishini qildi, rahbarlarning baʼzi birlarining taqdiri fojiali kechdi, baʼzi birlariniki qamoq va taʼqib ostida boʻldi. Natijada sotsialistik jamiyat qurish uchun qilingan 40 yillik urinishlar ostin-ustun boʻlib ketdi. Shunisi xarakterliki, qabul qilingan barcha deklaratsiya va konstitutsiyalarga, xujjatlar va dasturlarga qaramay Yevropadagi sotsialistik davlatlarda toʻlaqonli insonparvar jamiyat qurilmagan edi. Ushbu mamlakatlarda 60-yillarning oxirlarida sotsializm asoslarini qurish toʻgʻrisida gap borsa-da, biroq keyingi yillarda sotsializm qurish yoʻlidagi harakatlar qiyinchiliklar bilan siljidi, amalda turgʻunlik hukm surdi. Hozirda Yevropa mamlakatlarida yuz bergan voqealar SSSRdagi qayta qurishning bevosita oqibatidir, deyuvchi keng tarqalgan fikrni tez-tez eshitish mumkin. Jilovlar yechildi, oqibatda shunday boʻldi deyuvchilar qattiq adashadi. Albatta, SSSRdagi qayta qurish, „Brejnev doktrinasi“dan voz kechish Yevropa regionidagi inqilobiy jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Aniqrogʻi ularni tezlashtirdi. Biroq biz koʻrsatayotgan ibratomuz oʻzgarishlarning chuqur ichki xarakterga ega ekanligini hamda stalincha va yangi stalincha tipdagi ijtimoiy tizimning inqirozi bilan chambarchas bogʻliqligini unutmaslik kerak. Sotsializmning buyruqbozlik- byurokratik modeli Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda ijtimoiy manfaatlarda bir necha marotaba toʻqnash kelganligini yuqorida aytib oʻtdik.1956-yil Vengriya voqeasining bostirilishini vengerlar hozirgi paytda kattagina miqyosdagi islohotlarni amalga oshirishga halaqit bergan „milliy fojia“ deb hisoblamokdalar.SSSRda boshlangan qayta qurishni demokratik qayta qurishlarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlib kelgan gʻovning olib tashlanishi deb baholashimiz mumkin. Xoʻsh, gʻov olib — tashlanibdi, unda nima uchun Yevropadagi sotsialistik davlatlarda oʻzgarishlar jarayoni 1985- yildan boshlanmadi? Buni shunday izohlash mumkin: SSSRda boshlangan qayta qurishning dastlabki yillaridagi qiyinchiliklar bilan, shuningdek, 1956, 1968, 1980 — 81 yillardagi tarixiy jarayonlarning achchik, saboqlari Yevropadagi sotsialistik davlatlarni birmuncha oʻylantirib qoʻydi. Ular agar oʻzgarishlar jarayonini boshlasak boshimizga yana ogʻir kulfatlar tushmasmikan degan xadiksirash va qurquv bilan kutib turdilar. Buning ustiga 1981 yidda boshlangan Polshadagi tarixiy jarayonning inqirozli holatda choʻzilib ketishi, eski hokimiyatni saqlab qolish uchun hamma vositalar ishga solinib 1981-yilning dekabrida harbiy holatning eʼlon qilinishi ham qoʻshni sotsialistik davlatlarni birmuncha oʻylantirib qoʻygan edi. 1986-yilning noyabrida Moskvada sotsialistik davlatlar rahbarlarining uchrashuvida SSSR rahbari bundan buyon SSSR Yevropadagi sotsialistik davlatlarga nisbatan oʻz hukmini oʻtkazishdan voz kechganligini, ularning ichki ishlariga bundan buyon aralashmasligini maʼlum qildi. Shunda ham ular bu aldov emasmikan degan oʻyda kutib turishdi. Nihoyat 1989-yilning 15-fevralida Sovet qoʻshinlarning Afgʻonistondan olib chiqilishi va shu mamlakatga qoʻshin kiritishning xato boʻlganligini sovet hukumati tomonidan tan olinishi, 1956-yil Vengriyaga, 1968-yil Chexoslovakiyaga qoʻshinlar kiritilishining ham bu davlatlarning ichki ishlariga zoʻrlik bilan aralashish deb baholanishi va mazkur ishlar uchun bu davlatlardan kechirim soʻralishi sotsialistik hamdoʻstlik mamlakatlaridagi hadiksirashlarga chek qoʻydi.Shundan keyin oʻzgarishlar jarayoni shiddatli kechdi. SSSRning aralashmaslik pozitsiyasida turishi bir-biriga qarshi turuvchi kuchlarning birini afsuslantirsa, ikkinchisini kurashga otlantiradi. Natijada Chexoslovakiya, Bolgariya, GDRg Polsha, Vengriya va Ruminiya davlatlarida xalq ommasining shiddatli chiqishlari byurokratik boshqarish tizimining toʻgʻonini qoʻporib tashladi. Ruminiyada ahvol yanada fojiali kechdi, Yugoslaviyada kurashlar shu darajada keskinlashib ketdiki, uning parchalanib ketishi yetmaganday qirgʻinbarot fuqarolar urushi uzoq yillarga choʻzildi. SSSRda va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda boʻlgan oʻzgarishlar jarayoni Sharq va /arb tarixchilari orasida ham, davlat arboblari orasida ham „Sotsializm — va kommunizmning tarixiy taqdiri halokatli tugadi“ degan xulosani tugʻdirdi. Masalan: AQShning sobiq davlat arboblaridan biri Z.Bjezinskiy oʻzining „Buyuk agʻdarilish, XX asrda kommunizmning tugʻilishi va oʻlishi“ degan kitobida: — „Kommunizm bugun mafkuraviy jihatdan ham, sifat jihatdan ham umumiy inqiroz holatidadir“ — deb yozgan edi. Professor Z.Bjezinskiy SSSRga alohida eʼtibor berib: „20-yillarda dunyo davlatlari SSSRdagi kommunistik qurilish tajribasini biron-bir natija beradi deb kutgandilar. Bu taxmin ayniqsa 2-chi jahon urushidan keyin 60-yillargacha ishonch qozonib kelajak takdiri kommunizm bilan bogʻliq boʻladi deyishga asos boʻlgan edi. Biroq keyingi yillarda SSSR kishilarni va davlatlarni oʻziga jalb qilmaydigan, xalq xoʻjaligi turgʻunlikka yuz tutgan davlatga aylanib qoldiki, bu kommunistik jamiyatning kelajagi yoʻqligini koʻrsatadi“,- degan edi.Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda yuz bergan oʻzgarishlar jarayoni tarixga zoʻravonlik hukmini oʻtkazishga urinishning yaroqsizligini, kuch ishlatish va gegemonlik yoʻli bilan siyosat yuritishning ogʻir oqibatlar bilan tutashligini koʻrsatdi. Koʻpgina partiyalar va siyosiy kuchlar shunday yoʻl tutishlari oqibatida tarix maydonidan magʻlub boʻlib chiqib ketdilar. Biroq, shuni aytish lozimki, jamiyatning mazmunini va Download 213.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling