„ijtimoiy xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali
partiyalarning yaxshi yoki yomonligini
Download 213.12 Kb. Pdf ko'rish
|
ismatova shoira
partiyalarning yaxshi yoki yomonligini ularning qanday nom bilan atalishi belgilamaydi, aksincha, amalga oshirilgan ishlarning koʻlami va xalqparvarligi belgilaydi. Shu nuqtai nazardan oladigan boʻlsak, jamiyatning sotsializm deb siyosiy yetakchi kuchlarning kompartiyalar deb nomlanishini qoralash unchalik toʻgʻri emas. Faqat shunisi achinarliki, oʻzlarini xalq manfaati uchun xizmat qiluvchi, uning dardi va gʻami bilan yonuvchi kishilar qilib koʻrsatgan rahbar kommunistlargina aybdordirlar. Kommunistik partiya ham sotsializm jamiyati ham shuning uchun kishilar nazarida yomon koʻrinib qoldiki, yuqoridagi chinovnik-byurokratlar barcha qilgʻiliklarini sotsializm va kommunistik partiya nomidan qildilar. 1989-yilning oxiridagi anketa soʻrovlarning natijasi shuni koʻrsatdiki, Chexoslovakiyadagi oddiy kishilarning koʻpchiligi „Hokimiyat tepasida kommunistlar turadimi, demokratlar turadimi bizga baribir. Eng muhimi kishilarning yaxshi yashashi va mehnat qilishi uchun sharoit yaratib berilsa boʻldi, shunisi achinarliki, bizni uzoq yillar davomida kaltafahmlar boshqarib qeldi“,- deyishdi.Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda boʻlgan oʻzgarishlar jarayonidan keyin koʻplab partiyalar siyosiy maydonga keldi. Boʻlib oʻtgan demokratik parlament saylovlarida ular ishtirok etsalarda, bu partiyalarning qaysilari qancha vaqt yashab turishi mumkiiligi toʻgʻrisida biron narsa deyish qiyin boʻldi. Parlament saylovlaridan keyin hokimiyatga oʻng sentristlar bloki chiqib oldi, baʼzi bir mamlakatlarda hal qiluvchi rolni sinfiy partiyalar emas, balki yangidan tuzilgan Polshadagi „Birdamlik“ formasidagi xalq harakatlari oʻynadilar. Xususan, Slovakiyada „Zoʻravonlikka qarshi jamoatchilik harakati“, Bolgariyada „Demokratik kuchlar ittifoqi“ va hokazo. Bir qancha hukmron partiyalar Polsha BIPni hisobga olmaganda, jumladan VSIP, GBSP, RKP, YUKP va CHKP qayta qurishning dastlabki davridayoq oʻz faoliyatlarini toʻxtatdilar. Shuni ham aytib oʻtish kerakki, 1989-yildan boshlangan oʻzgarishlar jarayoni forma jihatidan Yevropa qitʼasida „orqaga qaytish“ protsessini boshlab berdi. Varshava Shartnomasi mudofaa tashkiloti oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi tugab ketdi, GDR GFR bilan qoʻshilib, yagona Germaniya davlati tashkil topdi. Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiya davlatlariga, Yugoslaviya bir qancha mustaqil davlatlarga boʻlinib ketdi. SSSR qurolli kuchlari Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlaridan olib chiqib ketildi. Rossiyaning soʻnggi qoʻshinlari ham Germaniya davlati hududidan 1994-yilning oxirida olib chiqib ketildi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda nishonlanib kelingan bayram kunlari ham oʻzgartirildi. Masalan; Bolgariyada 9-sentabr (1944-yil frontining tuzilishi) kuni oʻrniga 3 mart — (1878-yil San Stefano bitimi imzolanishi) kuni; Ruminiyada 23-avgust (1944-yil Antonesku diktaturasining agʻdarilgan) kuni oʻrniga 1-dekabr — (1918-yil Ruminiyaga Transilvaniyaning qoʻshilgan) kuni; Chexoslovakiyada 9-may (1945-yil Chexoslovakiyaning ozod qilingan) kuni oʻrniga 28-oktabr (1918-yil Chexoslovakiyaning mustaqilligi eʼlon qilingan) kuni; Polshada 22-iyul (1944-yil Polsha millatini ozod qilish komiteti eʼlon qilingan) kuni oʻrniga 11-noyabr — (1918- yil Polshaning mustaqilligi eʼlon qilingan) kuni; Vengriyada 4-aprel’ (1945-yil fashizmdan ozod qilingan) kun oʻrniga 23-oktabr (1956-yil Budapesht qoʻzgʻoloni boshlangan) kuni milliy bayram kunlari sifatida nishonlanadigan boʻldi. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson oʻz individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U „omma“ga aylanib, oʻz „meni“ni yoʻqotadi. Jamiyatda zoʻravonlik, tobelik kuchayadi. Sotsial demokratiya Tanqid Yana qarang Postkapitalizm M. Sharifxoʻjaev, Z. Davronov: Maʼnaviyat asoslari (http://el.tfi.uz/pd f/manoo_uzk.pdf) Wayback Machine saytida arxivlangan (https://web.archiv e.org/web/20160305050236/http://el.t fi.uz/pdf/manoo_uzk.pdf) (2016-03- 05). Manbalar Havolalar Bu sahifa oxirgi marta 28-Fevral 2023, 09:46 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Sotsializm&oldid=3595019 " dan olindi Download 213.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling