„ijtimoiy xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali


partiyaviylik asosida milliy va mahalliy


Download 213.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.11.2023
Hajmi213.12 Kb.
#1749002
1   2   3   4
Bog'liq
ismatova shoira


partiyaviylik asosida milliy va mahalliy
xususiyatlarga qarab oʻzgartirishga
urinishlar darhol bugʻib tashlandi. Sovet
modelidan boʻyin tovlash, yoki siyosiy va
iqtisodiy reformalar qilishga boʻlgan har
qanday urinishlar darrov davlatlar
oʻrtasidagi kelishmovchiliklarning kelib
chiqishiga sabab boʻlardi. Masalan, 1948-
yilgi Yugoslaviya bilan kelishmovchilik


shunday kelib chiqqan edi. Oʻsha vaqtda
deyarlik barcha kompartiyalar VKP (b)
yoʻlini maʼqullab Yugoslaviya
kompartiyasi faoliyatini dastlab,
burjuacha millatchilikka burilishda,
soʻngra fashizm tomon burilishda va
keyinchalik toʻgʻridan-toʻgʻri Yugoslaviya
xalqining milliy manfaatlariga xoinlik
qilishda aybladilar.
Sotsialistik lager davlatlarining
paydo poʻlishi
1948-yil iyunida boʻlgan Kominformbyuro
rezolyutsiyasida, xususan „Yugoslaviya
kompartiyasidagi ahvolga doir“ degan
xujjatda va 1949-yil noyabrda qabul


qilingan „Yugoslaviya kompartiyasi
qotillar va josuslar hokimiyati tepasida“
degan xujjatda oʻz aksini topdi.Jamiyatga
begona boʻlgan modelning tiqishtirilishi,
xalqlarning va mamlakatlarning tarixiy,
milliy xususiyatlarini hisobga olmasak,
uni oʻtmish qadriyatlari va anʼanalaridan,
Yevropa va dunyo mamlakatlari bilan
yuritib kelgan koʻp asrlik aloqalaridan
ajratib qoʻyish siyosatidan noroziliklar
Yugoslaviyadan tashqari boshqa
mamlakatlarda ham sotsializm
qurishning dastlabki yillaridanoq
boshlangan edi. Maʼqul boʻlmagan
sovetcha modeldan voz kechish yoki uni
isloh qilish uchun boʻlgan urinishlarni biz
1953-yil Berlinda, 1956-yil Polsha va


Vengriyada, 1968-yil Chexoslovakiyada,
1980-81 yillarda Polshada yuz bergan
voqealar bilan izohlaymiz. Afsuski,
bunday harakatlar turli xil yoʻllar bilan,
jumladan: kuch ishlatish yoʻli bilan,
SSSRning „harbiy yordami“ bilan
mamlakat rahbarlarini almashtirish yoʻli
bilan va „revizionizmga“ qarshi juda qattiq
kurash olib borish yoʻli bilan bostirilardi.
Markazga boʻysunishni susaytirmaslik,
imperializmga qarshi kurashda
sotsializm blokining birligini saqlab
qolish, yagona mafkuraviy frontning birligi
uchun kurash olib borish siyosati
xalqlarning va davlatlarning tarixiy va
milliy qiziqishlaridan ustun qoʻyildi.
Masalan: 
Varshava Shartnomasi


Mudofaa Tashkiloti aʼzolaridan 5
davlatning (SSSR, GDR, Vengriya, Polsha,
Bolgariya) kollektiv „internatsional“ aktga
birlashgan holda 1968-yil bahorida
Chexoslovakiya davlati hududiga oʻz
qoʻshinlarini kiritishlari mavjud tizimda
boshlangan inqirozning oldini olib qolish
uchun va kuch ishlatish yoʻli bilan jahon
sotsializm sistemasining oʻzini ham
saqlab qolishga boʻlgan urinish edi.
Kommunistik harakatning zarbdor
kuchlari va rahbarlari bunday holatning
kelib chiqish sabablarini bilar edilar.
Shuning uchun ham harbiy Yevropa
davlatlari kompartiyalarining faol aʼzolari
orasida munozarali diskussiyalar ham
boʻldi, Yevropaning oʻz xususiyatlarini


hisobga olib, ish yuritish tarafdorlari
boʻlgan „Yevrokommunizm“ oqimi ham
vujudga keldi. Biroq, 1969-yilgi
Kommunistik va ishchi partiyalari
vakillarining Xalqaro kengashidan keyin
bunday holatlar aniq koʻrina boshlagan
boʻlsa ham, masalani kollektiv boʻlib
muhokama qilishdan, krizisli holatlarni
bartaraf qilish yoʻllarini izlashdan
koʻpincha chetlab oʻtildi. Kommunistik va
ishchi partiyalari vakillarining kengashlari
va uchrashuvlarida asosan „kommunistik
birlik uchun“, „tinchlik va qurolsizlanish
uchun“ kurash masalalari muhokama
qilindi. „Sotsialistik hamkorlik“ ideologlari
asosan, oʻzlarining saʼyi-harakatlarini
kommunistik qurilishning „umumiy


qonuniyatlari“ni ishlab chiqishga
qaratdilar. Xususan, 1957-yilda boʻlgan
kengashda ushbu mazmundagi bir
qancha xujjatlar qabul qilindi. Voqeylikka
va sotsializm qurish ishiga yangicha
yondoshish harakatlari inkor qilib kelindi.
Yetilib kelayotgan „kasallik“ sabablari
oʻrganilish oʻrniga u yashirib kelindi. Shu
yoʻl bilan sotsialistik hamjamiyatdagi
portlash jarayonlari bir muncha orqaga
surilgan edi. Bunday siyosat yuritish
asosan, 60-yillar oxiri va 70-yillar
boshlariga kelganida oʻzining nomaqbul
siyosat ekanligini koʻrsata boshladi.
Ayniqsa, qurollanish poygasini yuqori
darajada olib borish orqali NATO bloki
bilan Varshava Shartnomasi Harbiy


Tashkiloti oʻrtasidagi kuchlar
muvozanatini saqlab turishga urinish oʻta
xavfli siyosat ekanligidan butun jahon
tashvishga tusha boshladi. Bu oʻz
navbatida sotsializmga ixlosi bor
mamlakatlarning ham undan yuz oʻgirib
ketishlariga sabab boʻldi. Toʻgʻri, bunday
holatlar tashqi siyosat yuritish borasida
sotsialistik mamlakatlarni maʼlum
darajada ijobiy siljishlar qilishga majbur
qildi. 70-yillar boshida Germaniya
masalasini tinch yoʻl bilan hal qilishga
urinish, 1970-yil 12-avgustda SSSR bilan
GFR oʻrtasida davlat shartnomasining
imzolanishi, 1975-yilda Xelsinkida
Umumevropa Kengashining chaqirilishi,
Yevropa kontinentida xalqaro keskinlikni


yumshatishga erishish va boshqalar
sotsialistik „hamdoʻstlik“ mamlakatlari
bilan kapitalistik mamlakatlar oʻrtasidagi
qarama-qarshiliklarni bir muncha
yumshatganday boʻldi. Biroq, sotsialistik
„hamdoʻstlik“ mamlakatlari iqtisodiy
hayotidagi ilgarigi boshqarish usuli va
markazdan qochuvchi kuchga qarshi
kurash yoʻli saqlanib qolaverdi-ki, bu oʻz
navbatida sotsialistik „hamdoʻstlik“
mamlakatlari xalq xoʻjaligining jahon
mamlakatlari xalq xoʻjaligida boʻlayotgan
buyuk oʻzgarishlardan orqada qolib, ilmiy-
texnika inqilobi talablariga javob
berolmay qolishiga olib keldi. Masalan:
GDRni olaylik, u yerga xalq xoʻjaligini
yuritishning sovetcha modeli aynan


koʻchirilgandan keyin, urushdan oldin va
urush yillarida GFR xalq xoʻjaligi bilan bir
xil darajada turgan GDR xalq xoʻjaligi
sotsializm qurilishi yillarida butunlay
orqada qolib ketdi. 1989-yilga kelganda
GDRdagi mehnat unumdorligi
GFRdagidan 40 foiz past boʻldi. Soʻz bilan
qurilayotgan sotsializm va kommunizm
bilan amaldagi sotsializm oʻrtasidagi
jarlik tobora chuqurlashib bordi. Shuni
aytib oʻtish kerakki, SSSR da ham va
sotsialistik hamdoʻstlik mamlakatlarining
birontasida ham oʻtgan yillar mobaynida
xalq ommasining turmush farovonligini
taʼminlagan va taʼminlay oladigan,
rivojlangan kapitalistik mamlakatlar xalq
xoʻjaligiga yaqin boʻlgan mustahkam xalq


xoʻjaligi tizimi yaratilmadi. Sotsialistik
xalq xoʻjaligidagi krizisli holat yildan-yilga
chuqurlashib bordi, ishlab chiqarish va
milliy daromad koʻrsatkichlari pasayib
bordi. Inflyatsiya kuchayib, davlatlarning
tashqi qarzi oshib bordi. Qaror topgan
sotsialistik jamiyat demokratiyaning eng
oliy formasi sifatida atalsada, ammo
qogʻozdagi deklaratsiya demokratiyasi
haqiqiy hayotiy demokratik jamiyatdan
juda yiroqda turar edi. Inson huquqlari
masalasining eng oddiy elementlariga
ham z’tibor berilmadi. SSSRdagi kabi
hamdoʻstlik va Yevropadagi sotsialistik
mamlakatlarda ham sotsialistik jamiyat
nuqsonlarini, kompartiyalar siyosatidagi
xatolarni tanqid qilish, kamchiliklarni


ochib tashlash uchun urinish
sotsializmga dushmanlik sifatida
baholandi va tegishli jazo choralari
qurildi. Sotsialistik jamiyatning xato va
kamchiliklardan xoli boʻlgan jamiyat
sifatida baholanishi va siyosat yuritilishi,
xalq ommasi keng tabaqalarining fikri
bilan hisoblashmaslik, amalda ularni
jamiyatni boshqarish ishlaridan
chetlashtirib, faqat topshiriqlar va
buyruqlarni bajaruvchi passiv ijrochilarga
aylantirib qoʻyish, fikrlash, novatorlik va
kashfiyotlar qilish huquqidan mahrum
qilib qoʻyish va hokazolar maʼmuriy —
buyruqbozlik usulida ish yuritayotgan
kompartiyalar rahbarlariga nisbatan
norozilikni kuchaytirib bordi. SSSR hamda


Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi
sotsialistik davlatlarning ichki ahvolini
keskinlashtirgan, demokratiya mavjud
boʻlmagan vaziyatda siyosiy-mafkuraviy
nostabillik uchun shart-sharoit yaratgan
boshqa muhim omillar ham bor edi.
Avtoritar rejimlar jamiyatni demokratik
asosda qurish bilan muvofiq kelmas edi.
Xalq manfaatlari, uning xohish-istaklari
hukmron doiralar uchun hech narsa emas
edi. Fikrlar xilma-xilligi isyonkorlik deb
hisoblanar va taʼqib qilinar edi. Zero, har
qanday boshqacha fikrlashning oldini
olish uchun repressiya mashinasi doimo
tayyor turar edi. „Dissidentlar“ deb
atalmish kishilar, koʻpincha shunday nom
olgan taniqli yozuvchilar, masalan


Chexoslovakiyaning oʻzgarishlar
jarayonidan keyingi Prezidenti V.Gavel
kabilar, shuningdek, madaniyat arboblari,
olimlar qamoq va sudlarga duchor qilinar
yoki mamlakatdan surgun qilinardi. GDR
aholisining 1989-yil 2-chi yarmida
mamlakatdan GFR tomon ommaviy
ravishda oʻtib ketishga urinishlari, 1-chi
navbatda iqtisodiy sabablar bilan emas,
balki siyosiy erkinliklar yoʻqligi bilan
bogʻliq ekanligini oʻtkazilgan sotsiologik
soʻrovlar koʻrsatdi. Mintaqa
mamlakatlarida qonunchilikni buzishlar,
poraxoʻrlik, xazina oʻgʻirligi keng yoyildi.
E.Xonekker va GBSPning boshqa
rahbarlari yashagan uylarning aql bovar
qilmaydigan darajada jihozlanishini GDR


televideniyasi orqali xalqqa koʻrsatganda,
bu narsa portlagan bomba singari
taassurot qoldirdi. Yoki boshqa bir misol,
T.Jivkovning davlat hisobidan shahar
tashqarisida 40 dan ortiq qarorgoh, dala
hovli va ovchilik uylari qurishi, ov qilish
uchun maxsus qoʻriqxonalarning tashkil
qilinishi, yoki boʻlmasa, N.Chaushesku
choʻmiladigan vannaning jumragi
oltindan, YE.Chaushesku choʻmiladigan
vannaning jumragi kumushdan qilinishi,
xullas bularning hammasi sotsialyastik
mamlakatlar rahbarlarining barchasiga
tekkan kasal boʻlib, umumdavlat
manfaatlariga zid va yot boʻlgan hatti-
harakatlar edi. Bular „real sotsializm“ga
putur yetkazgan va uning inqirozga yuz


tutishiga oʻz hissasini qoʻshgan
omillardan boʻlib hisoblanardi.
Sotsial davlatlar olib borgan siyosiy
faoliyat
Yevropadagi sobiq sotsialistik
davlatlarning barchasi hokimiyat qoʻlidan
tortib olinib, hukmronlik mavqeini
yoʻqotgan kompartiyalarning takdiri
ayanchli kechgan paytda bitta savol
tugʻildi: ushbu partiyalarning dohiylari,
ideologlari va nazariyotchilari partiya va
hukumat faoliyatidagi halokatga olib
boruvchi xatolarni nahotki koʻrmagan
boʻlsa? Albatta, ularni koʻrmadi yoki
sezmadi deb ayta olmaymiz, ular


nimalarnidir hayotga qoʻllab koʻrgandek
boʻlishdi. Xalq xoʻjaligini boshqarishda
dunyo tajribasidan foydalanayotgan ham
boʻlishdi, yangi-yangi partiya dasturlari,
uzoq muddatli istiqbolli rejalarni ham
qabul qilishdi, ushbu dasturlarda
sotsializm juda katta yutuqlarga
erishayotgan jamiyat qilib taʼriflandi.
Mavjud sotsializmni qanday sotsializm
deb atash kerakligi toʻgʻrisida koʻpgina
munozara va diskusiyalar boʻldi. Uni
rivojlangan sotsializmmi, rivojlanayotgan
sotsializmmi, oʻtish davrida turgan
sotsializmmi yoki umuman va uzil kesil
gʻalaba qilgan sotsializmmi deb atash
kerakligi toʻgʻrisidagi tortishuvlar boʻldi.
Sotsializm afzalliklarini ilmiy-texnika


inqilobi yutuqlari bilan bogʻlab olib borish
kerakligi toʻgʻrisida bilagʻonliklar qilishdi.
Biroq bularning hammasi kosmetika
laboratoriyasi chegarasida qolib ketdi,
amaliyotda qoʻllanmadi.Savol tugʻiladi,
Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda
hukmronlik mavqeini yoʻqotib, tarqatib
yuborilgan va rahbarlari jinoiy
javobgarlikka tortilgan kompartiyalarda
islohotlar qilish mumkinmidi, shu
Download 213.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling