Iqtisodiyot” ta’lim yo`nalishi “UzBat” ajning ma’lumotlari asosida tayyorlangan tahliliy loyiha bajardi
Download 257.24 Kb.
|
uzbat loyiha 3-03guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jalb qilingan sarmoya (JS)
- Oborotdagi Oz mablaglari
- Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari
- Shu jumladan muddati otgan q
- Kredditorlik qarzdorligi
- Shu jumadan muddati otgan k q
- Xojalik mablaglari umumiy summasi
- "UZBAT" OAJning 01.01.2017 bo`yicha likvidliligini baholash
- Кўрсаткичлар Ҳисобот йили Меъёр бўйича
- Йил бошидагига нисбатан фарқи Меъёрга нисбатан фарқи
- - 0.32 Тез ликвидлилик коэффициенти
- 0.11 Абсолют ликвидлилик коэффициенти
- 0.50 Амал қилувчи сармоянинг ўзгариши
- Умумий сармоянинг ўзгариши 0.87 0.75
Yuqoridagi jadvalda “UZBAT’’AJning hisobot yilidagi mulkiy holati bo`yicha ma’lumotlari keltirilgan. Jadvaldan ko`rinadiki, korxona o`z sarmoyasining xo`jalik mablag`lari jami summasidagi yil boshidagi ulushi 27,9 %ni tashkil qilgani holda yil oxirida 40.89 %ni ko`rsatmoqda, ya’ni 11.1% pasaygan. Uzoq muddatli majburiyatlarning xo`jalik mablag`laridagi ulushi yil boshida 0.08 %ni va yil oxirida 0%ni tashkil etmoqda. Demak, uzoq muddatli majburiyatlar ulushi 0.008 % ga oshgan. Uzoq muddatli aktivlarning xo`jalik mablag`lari jami summasidagi ulushi yil boshidagi 3.95 %dan 9,73 %ga kamayib, yil oxirida 9.77 %ni tashkil qilmoqda. Korxonaning joriy aktivlari ulushi yil boshidagi 96.05 %dan 89.3 %ga oshib, yil oxirida 90.2 %ga teng bo`ldi. Korxonaning tez likvidlanadigan aktivlari ulushi yil boshidagi 100.8 %dan 97.7 %ga oshib, yil oxirida 98.7 %ni tashkil etmoqda. Pul mablag`lari ulushi yil boshida 96.5 % bo`lgan bo`lsa, yil oxiriga kelib bu ko`rsatkich 90.2 %ga yetdi. Shu bilan birgalikda, korxonaning debitorlik qarzlari 2.78 %ga oshgan hamda ishlab chiqarish zaxiralari 8.39%dan 21.4 %ga kamaygan. Jadvaldagi ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, korxona xo`jalik mablag`lari umumiy summasida majburiyatlarning, shu jumladan uzoq muddatli majburiyatlarning ulushi yuqori. Bundan ko`rinadiki, bu holatda korxonaning mulkiy holatini yaxshi deb baholay bo`lmaydi.
“UZBAT’’AJning hisobot yilida likvidligini baholashda qoplash koeffitsiyenti, tez likvidlik koeffitsiyenti, absolyut likvidlik koeffitsiyenti, o`zgaruvchanlik koeffitsiyenti, umumiy sarmoyaning o`zgaruvchanligi koeffitsiyenti hisoblab chiqildi. Qoplash koeffitsiyenti yil boshida 1.63 bo`lib, yil oxirida 0.81 ni tashkil etdi. Lekin bu koeffitsiyent bo`yicha belgilangan normaga nisbatan -0.24 farq mavjud. Korxonaning qoplash koeffitsiyenti yil oxirida biroz yaxshilangan bo`lsa-da, belgilangan me’yor darajasida emas. Tez likvidlik koeffitsiyenti yil boshida belgilangan me’yor darajasida bo`lishiga qaramasdan, yil oxirida 0.10 ga teng bo`ldi va me’yorga nisbatan -0.45farqni tashkil etdi. Korxonaning absolyut likvidlik koeffitsiyenti yil boshida me’yordan past (1.048) bo`lgan bo`lsa ham, yil oxirida 0.43 ni tashkil etdi va me’yorga nisbatan farq 0.19 ni ko`rsatdi. Korxonaning o`zgaruvchanlik koeffitsiyenti va umumiy sarmoya o`zgaruvchanligi koeffitsiyentlari yil boshida ham, yil oxirida ham belgilangan me’yor darajasidan past bo`ldi. XULOSA
Korxonaning mulkiy holati ko`rsatkichlari asosida xo`jalik mablag`lari va ularning mablag`larida o`zgarishlar bo`lgan. Korxonaning o`z mablag`lari manbalari uzoq muddatli aktivlarni yil boshida ham , yil oxirida ham qoplay olmagan. Korxonaning mulkiy holati to`g`risidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, korxona xo`jalik mablag`lari umumiy summasida majburiyatlarning, shu jumladan uzoq muddatli majburiyatlarning ulushi yuqori. Bundan ko`rinadiki, bu holatda korxonaning mulkiy holatini yaxshi deb baholay bo`lmaydi. Korxonaning to`lovga layoqatliligi tahlili natijalaridan xulosa qiladigan bo`lsak, korxonaning to`lovga layoqatligi yaxshi emas, yil oxirida majburiyatlarni qoplay olmadi. Korxonaning likvidlik tahlili natijalariga ko`ra, faqatgina absolyut likvidligida yaxshi tomonga o`zgarish bo`lgan. Bu koeffitsiyent yil boshida me’yordan past (1.048) bo`lgan bo`lsa ham, yil oxirida 0,43 ni tashkil etdi va me’yorga nisbatan farq 0,19 ni ko`rsatdi. “UZBAT’’AJning hisobot yilidagi moliyaviy holati yaxshi emas. Korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish, yaxshilash uchun, bizningcha, quyidagilar amalga oshirilishi kerak: butun xo`jalik mablag`lari summasidagi, shuningdek aylanma mablag`lardagi o`z mablag`lari ulushini ko`paytirish; debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish. Download 257.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling