Iqtisodiyot ta’limotlar tarixi” fanidan


Download 120.13 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi120.13 Kb.
#1637723
1   2   3
Bog'liq
iqtisod

Alisher Navoiy
(1441-1501)
Alisher Navoiy (1441—1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o‘z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini
barqarorlashtirish uchun kishilarda
vatanparvarlik his-tuyg‘usini uyg‘otish zarurligini yaxshi tushungan.

i
i
$
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi о 'rniga katta e’tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bogMiqligini aytadi. “Agar mamlakat hukmdori fanlami, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o‘zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo‘ladi, agar aksi bo‘lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo‘ladi”, - deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilaming va davlat arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o‘tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish - dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois juda ko‘p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yemi kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi.
0‘zbek xalqining ma’naviy merosida, uning madaniyati xalqaro miqyos kasb etishida mutafakkir shoir Alisher Navoiyning o‘mi, uning xizmatlari beqiyosdir. Hozirga qadar xalqimiz, xususan, yoshlarimiz uni she’riyat mulkining sultoni deb tanib keldilar. Biroq Alisher Navoiyning ilmiy merosi shu qadar boy va keng qirraligi, unda iqtisodiyot masalalariga doir ko‘pgina qimmatli g'oyalar ham o‘z ifodasini topgan. Buyuk mutafakkirimizning iqtisodiy qarashlari uning bir umrlik kitobi bo'lgan «Mahbub ul-qulub» («Qalb sevgilisi») asarida bayon qilingan.
U asarda taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga e’tiborni qaratdi, xususan, xizmatga yarasha taqdirlash (haq to‘lash) masalasi uning diqqat markazida turdi. U yasovul misolida shunday deydi: «Agar u xizmatiga yarasha haq olishi xayolida bo‘lsa, u ota merosi va ona suti kabi haloldir1».
Bu yerda Alisher Navoiy ikkita iqtisodiy g'oyani ilgari suradi: birinchidan, mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq taqdirlanish fikri bo‘lsa, ikkinchidan, mehnatiga yarasha haq olish «ona sutidek halol» ekanligi haqidagi fikr uqtirilgan. «Mahbub ul-qulub» asarida Alisher Navoiy jamiyatning boyishida savdo-sotiq, tijorat ishlari muhim rol o‘ynashi haqidagi iqtisodiy g'oyani markantilistlardan bir asr ilgariyoq asoslab bergan. «Savdogar, — deb yozadi buyuk allomamiz, — yolg'iz foydani niyat qilmasligi, savdo qilib foyda topaman, deb ortiqcha kema so‘rmasligi, mol va pul ko‘paytiraman, deb jonsarak bo'lmasligi kerak». «Savdogar boj-xiroj berish o‘miga o‘z molini yashirib, o‘z obro‘sini to‘kmasa yoki topgan-tutganini merosxo‘rlari sotib-sovurishi uchun to‘plab qo'ymasa yoki biror yomon hodisani ko‘zlash uchun sarflamasa, jamg'armasa yaxshi bo'ladi1 2».
Asarda bayon etilgan yuqoridagi iqtisodiy fikrlardan quyidagi iqtisodiy xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, savdo, bozor, tijorat, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Zero, ular tovarlar takchilligini tugatishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, savdo davlat budjeti daromadining manbayi, mamlakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir, zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to‘lab turish bilan moliyaviy munosabatlarda muhim rol o‘ynaydilar. Uchinchidan, allomamiz savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish tutmaslikni talab qiladi.
Ma’lumki, mazkur davrda (hatto eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) asosiy ishlab chiqaruvchi kuch dehqonlar bo'lgan, jamiyatning iqtisodiy ahvoli, kelajak taraqqiyoti, odamlar farovonligi ham ulaiga bog‘liq bo'lgan. Alisher Navoiy o‘z daxosi bilan dehqonlarning moddiy ne’matlar yaratuvchi asosiy kuch ekanini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taqdiri ularga bog‘liq ekanini ko‘ra bildi. U yozdiki, «Olamning obodonligi dehqondan, mehnat tut shodon, ular shodon». «Dehqon qanday ekin ekishga qilsa harakat — elga ham oziq-ovqat yetkazar, ham barakat1»
Keltirilgan fikrlardan, Alisher Navoiy moddiy ne’mat yaratuvchi boshqa kishilar guruhini (hunarmandlar, mayda tovar ishlab chiqaruv- chilar), ularning iqtisodiy ahamiyatini kamsitgan, degan fikr kelib chiqmaydi. Alisher Navoiyning mashhur «Farhod va Shirin» dostonida hunarning, hunarmandchilikning katta iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida qiymat kategoriyasi ham ma’lum ma’noda o‘z ifodasini topgan. Albatta, mazkur asarda bu murakkab iqtisodiy tushuncha (qiymatning ta’rifi berilgan) to‘la holda ilmiy asoslab berilmagan. Alisher Navoiyning qiymat haqidagi fikri chinni idish misolida (o‘sha davrlarda chinni idish tayyorlash g‘oyat og‘ir, ko‘p mehnat talab qiluvchi hunar bo‘lgan) shunday ta’riflanadi: «Chinni idishning — uni tayyorlashdagi qiyinchiligiga yarashligi bilandir; uni asrashda ham qiymatga ahamiyat beriladi. Qiymati oz narsaning — hurmati oz3 4». Bu yerda biz uchun ahamiyatli bir xulosa shuki, xali G‘arb adabiyotlarida qiymat tushunchasi uchramagan bir davrda Alisher Navoiy qiymatning miqdoriy jihatini tushunib yetdi va uni o‘z asarida ta’rifladi.
Alisher Navoiy iqtisodiyotning muhim jihati bo‘lgan mulk masalasiea e’tibomi qaratadi. U mulkni to‘g‘ri tasarruf etish, resurslar, iqtisodiy shart-sharoitlardan unumli foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo'ymaslik kerak, deydi. Ana shunda odamlar to‘q va farovon yashashlaii mumkinligi haqidagi iqtisodiy qarashni ilgari suradi. «Isrof qilish saxiylik emas, o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demasmolni kuydirganni devona, deydilar, yorug5 joyda sham yoqqanni aqldan begona, deydilarJ>>, — deb yozadi
Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk she’riy to‘plamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o’sha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bo‘lib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar o‘rtasidagi o‘zaro ichki nizolar tufayli Navoiy o‘zining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan.
1469 yil temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori bo‘ladi. Shu vaqtdan e’tiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Shu yili Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir bo‘ladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko‘rsatadi. Katta mulk egasiga aylanadi.
1480 yil Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda o‘z hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yo‘lovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta so‘fiylar turarjoyi (xonaqoh), 9 ta hammom, 9 ta ko‘prik va boshqalarni qurdiradi. Biroq, saroy amaldorlariga Navoiyning bu kabi faoliyati yoqmaydi va turli fitnalar orqali Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini buzishadi.
Shunday qilib, Navoiy egallab turgan mansabidan ozod etilib, 1487 yil Astrobod shahriga hukmdor sifatida yuboriladi. Bu yerda u ikki yil xizmat qiladi. Mazkur muddat nihoyasiga yetgachgina, X. Boyqaro unga Hirotga qaytib, hokimiyatda mansabga ega bo‘lishiga ruhsat beradi. Lekin Navoiy bu taklifni rad etadi. Rad javobiga qaramay, Boyqaro sultonning yaqin kishisi lavozimini (“mukarrabi xazrati sultani”) taklif etadi. Bunday lavozimda Navoiy barcha davlat ishlari bilan bog‘liq ishlarda qaror qabul qilish huquqiga ega edi.
Shu vaqtdan Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi va u ko‘proq ijod bilan shug‘ullanadi. U yaratgan asarlarining katta qismi aynan shu davrga tegishli. Navoiy temuriylarning so‘nggi hukmronlik yillarida (1370-1506) yashab ijod qilgan. Shuning uchun uning asarlarida jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. 1490-1501 yillar Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan.
Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).
Navoiyning “Hamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U - turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.
Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘radi va o‘z ovozi, o‘z uslubi borligini ko‘rsata oladi. Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun o‘rtasidagi sevgi bayon qilinadi. O‘z ifodasida Navoiy odamiylik va so‘fiylik sevgisini sharhlashga harakat qilgan. O‘zining so‘fiylik qarashlarini Navoiy, shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Hayrat ul-Abror” dostonlarida ham ifodalagan. Uning dostonlarida so‘fiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga ko‘tarilgan.
Mazkur dostonlarda, bir vaqtning o’zida shoirning insonparvarlik dunyo qarashlari orqali dunyoning dolzarb muammolari qo‘yiladi. “Hamsa”dagi boshqa ikki dostonida - “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) hukmdor bilan bog‘liq muammolar (Qayumov A. Saddi Iskandariy. Toshkent, 1980 yil, o‘zbek tilida) yetakchi o‘ringa chiqadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy temuriylar saroyiga yaqin bo‘lib, do‘sti va podshoh Husayn Boyqaroga ta’sir ko‘rsata olgan. Shu sababli, Navoiy bu dostonlarida H. Boyqaroga qaratilgan g‘oyalarni ifodalab o‘tgan: dunyoning va shoh taxtining o‘zgaruvchanligi; hukmdorning o‘z xalqi oldidagi majburiyatlari... Hamsanafislik an’analariga nisbatan, Navoiy o‘zining ijtimoiy va siyosiy qat’iyati va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Abd ar-Rahmon Jomiy (1414-1492) Navoiyning “Hamsa”sini o‘qib, unga juda yuqori baho bergan.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan№ tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat qilgan.Navoiy forsiy tilida yozilgan o‘z she’rlarini “Devoni Foniy” nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi bo‘lgan. To‘plam shaklida chiqarilgan g‘azallarini o‘zini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning to‘rt fasli”) nomli ikki to‘plam yaratadi.
Navoiy o‘z she’riyati orqali o‘zbek (chig‘atoy) adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldiradi. U nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, so‘fiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilgan. Navoiyning diniy asarlari ham nashr qilingan: “Arbain” (“Qirq ruboiy”), “Munadjat” (“Allohga iltijo”).
So‘fiy prozaik asari “Nasaim al-muhabbat” (“Muhabbat shabadasi”)ning to‘liqroq matni nashr qilingan bo‘lib, unda 750 ta so‘fiy shayhlar haqida ma’lumot keltirilgan. Navoiy ilmiy asarlar ham yaratgan. Ular qatoriga fors va turkiy tillar qiyosi keltirilgan asarlarni kiritish mumkin: “Muhokamat al-lug‘atayn” (“Ikki til bahsi”); aruz nazariyasiga oid (she’r yozish hajmi) - “Mezon al-avzan” (“Hajm mezoni”), muammo janri nazariyasiga oid - (jumboq) “Mufradat”.
Bundan tashqari, u tarixiy mavzularda risolalar yaratgan: “Tarixi muluki Adjam” (“Eron shohlari tarixi”), “Tarixi anbiya va xukama” (“Payg‘ambarlar va donolar tarixi”). Badiiy maktublarini “Munshaat” to‘plamiga jamlagan. Uning shoh asarlari: Abd Ar-Rahmon Jomiy hayoti haqida - “Xamsat al-mutaxayyirin”, 1494, “Xalati Sayyid Xasan Ardasher” (“Sayyid Xasan Ardasher hayoti”), “Xalati Pahlavon Muhammad” (“Pahlavon Muhammad hayoti”)lardan iborat.
Alisher Navoiyning so‘nggi asari “Mahbub ul-qulub” (1500). Unda shoirning so‘nggi ijtimoiy va siyosiy qarashlari yoritilgan.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.
Ko‘rib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan.

Xulosa
Navoiy ishlab chiqarish munosabatlarini e'tirof etadi. Uning fikricha, dehqon o`z mehnati bilan o`z ehtiyojiga zarur bo`lgan mahsulotni keragidan ko`proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy ne'mat bilan ta'minlaydi. Navoiyning mana bu fikri qo`shimcha mahsulot faqat qishloq xo`jaligida degan fiziokratlar fikriga mos keladi. Navoiy qishloq xo`jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi, degan o`ta ilg`or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o`sha davr, ya'ni feodalizm davri gullab-yashnagan, uning negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o`ta to`g`ri fikrgina bo`lib qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir. A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo`lgan savdogarlarning o`zini ham ikki guruhga bo`ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi. Chet ellar bilan savdo-sotiq olib boruvchi savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va ularning faoliyatiga xayrihoxlik bildiradi. Bozorlardagi savdogarlarga, ya'ni olib sotarlarga esa tanqidiy ko`z bilan qaraydi. Ular o`z manfaatiga xizmat qilib, boshqalar hisobiga boyiydi. Shuning uchun ularning turgan-bitgani mamlakat uchun zarardir, deydi. Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz bo`lishidan boshida savdo to`la, bo’zi shoyi bo`lishidan ko`nglida istak ko`p. Bu yerda savdogar Navoiyning "Hotam Toyiy" asaridagi o`tin teruvchi cholga qarama-qarshidir. Chol kuni bilan mehnat qilib o`tin teradi va bu o`tinni bozorga olib borib, pulga sotadi. O`tin puliga esa mahsulotlar, ya'ni iste'mol mahsulotlari sotib oladi. Bu joyda "tovar - pul - tovar" jarayoni boradi. O`tinchi cholning ayirboshlashdan ko`zlagan maqsadi iste'mol qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib olishdan maqsadi qimmatroq sotishdir. Savdogar birini yuz, yuzini ming qilmoqchi bo`ladi, deydi. Qo`ygan oz puli ko`p bo`lib qaytib kelishini istaydi, ya'ni uni ayirboshlashdan maqsad qiymatdir yoki "pul - tovar - pul" (P-T-P) dir. Demak, Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki formalaridan biri mavjud bo`lgan. U shahar olibsotarlari haqida quyidagilarni aytadi: "Shahar olibsotarlari xiyonatchi, o`ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi, uning foydasi xalqqa ziyon, arzon olib qimmat sotish uning orzusi. Olishda shoyini bo`z deydi, sotishda bo`zni maqtab shoyi deydi. Molini tovar o`rnida o`tkaza olsa, to`xtatib turish yo`q. Do`konida insofdan boshqa barcha mol mavjuddir!" (A.Navoiy. Asarlar to`plami. XII tom,199-bet).


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Sh.X.Tashmatov,X.S.Asatullayev, Z.G.Allaberganov;-T.:’’Iqtisod-Moliya’’,2019-352 b.


  2. Download 120.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling