Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari


Download 32.86 Kb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi32.86 Kb.
#1722013
  1   2   3
Bog'liq
referat sevinch


NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
KAFEDRASI
1-BOSQICH 5-GURUH

Iqtisodiyot Nazariyasi Fanidan

Mavzu: Mehnat unumdorligi va uni belgilovchi omillar


Topshirdi: __________________
Qabul qildi:_ ________________


Navoiy 2023
Reja:
Kirish
1. Mehnat unumdorligi o`zgarishining omillari
2. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni o`lchash uslublari
3. Mehnat unumdorligi o`zgarishining omillari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar miqdor va sifat ko’rsatkichlaridagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. O’tgan yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotning o’sish foizi 8 foizni tashkil etib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq mahsulotlarini yetishtirish 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,8 foizga, pullik xizmat ko’rsatish 13,5 foizga o’sdi. Yalpi ichki mahsulot(YaIM)ni shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishning umumiy ulushi 24,2 foizga yetdi. Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 72 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar tashkil etadi.Har bir tarmoqqa qaratilgan e’tibor eksport hajmini, uning tarkibiga, sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. YaIMda kichik biznesning ulushi 55,8 foizga yetdi. O’tgan yillar davomida sanoatda ham o’ziga yarasha o’zgarishlar bo’ldi. Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 2,7 milliard AQSH dollariga yaqin bo’lgan 150 ta ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Soliq to’lovi stavkasining kamaytirilishi korxonalarni texnik va texnologik qayta yangilash imkonini berdi.



  1. Mehnat unumdorligi o`zgarishining omillari

Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat k’rsatishdan iborat. Har qanday hodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya’ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo’lsa, uning birligiga sarflangan xarajat shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi elektr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunhcalik kamroq bo’ladi. Mehnat samaradorligi mahsuldorligi mehnat ko’rsatkichi bilan o’lchanadi. Mehnat unumdorligi – hodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy-siyosiy tuzumning o’zini belgilab beradi. Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aksettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi.
“Mehnat unumdorligi” tushunchasiga o’z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo’lgan tushuncha “mehnat samaradorligi” tushunchasidir.Mehnat samaradorligi eng kam mehnat harajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o’laroq faqat mehnatning miqdor ko’rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko’rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashningaks etishidir.
Mehnat unumdorligi va intensivligi mahsulot qiymati o’lchamiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bitta mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lekin ularning yangi umumiy yangi yaratilgan qiymatini o’zgartirmaydi, mehnat intensivligini ortishi esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar va umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birligining qiymatini
ko’rsatkichni quyidagi ko’rsatkich bilan ifodalash mumkin:
Md
Bu yerda:
Md – mehnatning mexanizatsiyalsh darajasi, %.
Mehnat unumdorligini o’lchash darajasi bo’yicha bir xildagi mahsulaotni ishlab chiqaradigan alohida ish o’rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko’rsatib o’tish mumkin. Bu o’rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy) usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bo’lsada, u faqat bir hil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo’llaniladi, shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning brigade va uchastkalarida butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qo’llanilishi mumkin: Natural usulning bir ko’rinishi shartli natural usul bo’lib bunda ish hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi.

Download 32.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling