Iqtisodiyot va biznesda innovatsion rivojlanish muammolari
Download 23.61 Kb.
|
tizes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
IQTISODIYOT VA BIZNESDA INNOVATSION RIVOJLANISh MUAMMOLARI Mulaydinov Farxod Murotovich, Qo‘qon universiteti, Biznes kafedrasi mudiri Qosimova Gulmira Qaxramon qizi, Qo‘qon universiteti, Qo‘qon universiteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi EK-4-19 gurux talabasi, +998993161077, qosimovagulmira342@mail.com Annotatsiya Ushbu maqolada tarjimonlik, chet tillarining turlari, tarjimonlikning rivojlanishi va rivojlanish muammolari aks ettirilgan. Tarjimonlikda rivojlanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tayanch so‘zlar: iqtisodiyot, iqtisodiyot turlari va rivojlanishi, biznes, biznes rivojlanishi, iqtisodiyot va biznesda innovatsion rivojlanish muammolari. ―Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tibori avvalo farzandlarimizning o‘nib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda ingliz tili umumjahon va xalqaro aloqalar tiliga aylandi. O’zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiyalasharkan, mamlakatimizda ham ingliz tilining nufuzi, ahamiyati va bu tilga bo’lgan talab yanada oshib bormoqda. Shuningdek, xalqaro tarmoq (internet) materiallarini, ko’plab fan texnika ma‘lumotlarini ingliz tilida topish mumkin. Biz ingliz tilini nafaqat mamlakatimiz rivojiga hissa qo’shishi mumkin bo’lgan ilmiy yangiliklar, xalqaro muloqot uchun o’rganamiz balki, mamlakatimiz tarixi buyuk ajdodlarimiz haqida ma‘lumot berish, an‘analarimiz, madaniyatimizni targ’ib qilish uchun ham o’rganishimiz zaruratga aylandi. Shu sababli ham, ingliz tilining ta‘lim sohasida ahamiyati oshdi. Xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan 2012-yil dekabr oyida ―Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Prezident Qarori qabul qilindi Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ingliz tilining ahamiyati va uni tatbiq etish shu qadar muhim ekan, ushbu tilni har tomonlama chuqur o’rganish ham muhimdir. Tarjimon uchun til o’rganish bu faqatgina nazariy bilimlari bilangina chegaralanib qolmasdan balki buning amaliy shuningdek, tarjimon darajasida erkin so’zlasha oladigan va uning notiqlik san‘ati darajasida gapira olishi kabi xislatlar tarjimonning yuksak darajada ekanligini ko’rsatib beradi. Tarjimon ayniqsa GID tarjimon o’z ish faoliyati davomida xorijiy mehmonlarni o’ziga jalb qila olishi uning keng dunyo qarashi, madaniyati, noyob so’zlardan foydalana olishi, estetik mahorati mamlakatimizning urf-odatlari va madaniyatini ko’rsatib turadi Tarjimon ma‘lumotni tarjimada hech qanday xatoliksiz to‘g‘ri yetkazib berish uchun umummadaniy estetik bilimlaridan foydalanishi va nutq hodisasi va emotsional ta‘sirni yaqindan o‘rganishi, nutq faoliyati va hodisasi farq qilishini tan olgan holda, tarjimonlarning o‘g‘zaki va yozma tarjimon darajasiga muvaffaqiyatli erishishi. Tarjima bu, boshqa tildagi badiiy go’zallikni o’z xalqi uchun ijodiy o’zlashtirish, yangi tilning quvvati va qudratini namoyon etib asarni shu tilning san‘at hodisasida aylantirish demakdir. Tilni professional darajada o’zlashtirib, tarjimon bo’lib ishlash deyarli keng yoritilmaydigan, o’ziga xos va yetarlicha nozik masaladir. Tarjimonlik kasbi-uning dunyoda juda keng tarqalgan eng ijodik qablardan biridir. Ommaviy axborot vositalarida tarjimonlar haqida juda kam yoziladi (gapiriladi) shuning uchun ham, odatda, ushbu kasb to’g’risida hammada har xil, aksariyat hollarda yanglish tasavvurlar shakllanadi Faoliyatlarning turiga ko’ra tarjimonlar og’zaki va yozma tarjimonlarga bo’linadi. Tarjima turlari bir-biridan kuchli farq qiluvchi sohalar bo’lib, sharqiy yevropa tillarida ikkita har xil kasb sifatida, misol uchun inglizlarda og’zaki tarjimon ― interpretor‖, yozma tarjimon esa ―traslator‖ deb ko’rsatiladi. Bular ya‘na o’z navbatida og’zaki tarjimonlar sinxron va tadrijiy tarjimonlarga ajratiladi. Yozma tarjimonlar esa, texnik va badiiy adabiyot tarjimonlariga bo’linadi. Tarjimada talqin – interpretatsiya birinchi darajali va muhim ahamiyatga ega. Tarjima nazariyasining shu kungacha qayd etilgan barcha meyorlari, mezonlari, qoidalari ular oxir oqibatda qanchalik nisbiy bo‘lmasin, barchasi interpritatsiyaga –borib taqaladi. Badiiy adabiyotlarni tarjima qilish jarayonida badiiy talqinga, ilmiy adabiyotlar tarjimalarida ilmiy talqinga, og’zaki tarjimalarda esa zakovatli, hozirjavob talqinga juda ko’p narsalar bog’liq bo’ladi. Talqin –interpritatsiyada tarjimonning indevidualligi, uning iste‘dodining qirralari, bilimlarning naqadar teranligi, insoniyligi, aql – zukkosi namoyon bo’ladi. Tarjimada individuallik o’zi bu nima? Tarjima qiluvchi – shoir, adib tarjimonning ijodiy individual xislatlari, xususiyatlari u tarjima qilayotgan asar matniga ham bevosita o’tadi. U tarjima qilayotgan matn shu xususiyatlarning to’la va har tomonlama ta‘sirida bo’ladi. Prezidentimiz Islom Karimovning ―Adabiyotga e‘tibor — ma‘naviyatga, kelajakka e‘tibor‖ kitobida aniq-ravshan bayon etilgan: “Qaysi mamlakatda bizning adabiyotimiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashadi, xorijdan biz nimalarni o„rganishimiz mumkin va, o„z navbatida, ularga nimalarni taqdim etishimiz mumkin — bugun bu masalalar xalqaro maydonda o„zligimizni namoyon etishda katta ahamiyatga ega ekanini Tarjimonlik kasbi eng nufuzli va zaruriy kasblardan biri ekanligi, tarjima – ichki his, shaxsiy hayotiy tajriba, matn zamirida ma‘noni anglash va shu kai ko’plab mezonlarni o’z ichiga qamrab oluvchi ijodiy ish ekanligi, ushbu bobning xulosasi hisoblanadi. Tarjimon uchun eng muhimi-ikki madaniyat tutashgan joydagi hayotdir. O’z faoliyati davomida turli madaniyatlarning o’ziga xos jihatlari bilan mutassil to‘qnash kelar ekan, tarjimon, ushbu madaniyatlardagi tafovutlarni aniq tasavvur etishi, bir madaniyat vakillaridan olingan axborotni boshqa madaniyat sohiblariga maksimal darajada aniq etkazib bera olishi shart. Tarjimon kasbining o’ziga xos xususiyati ham ayni shundan iboratdir. Tarjima jarayonida tarjimonning nutq madaniyati va san‘ati juda muhim ahamiyat kasb etishini alohida aytib o’tish lozim. Badiiy so’z san‘atkorlari o’zga millatlar tiliga xos aksent va leksik grammatik nuqsonlar bilan so’zlashish jarayoni vositasida ularni nutqiy ta‘siri yaratadi, bunday xususiyat tarjimada ijodiy talqin etilishi va ularning qaysi millatga mansubligi haqida to’g’ri tasavvur beradi. Mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. Xozirgi kunda davlatimizda tarjimonlikni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamda rejalar tuzilmoqda. Bunga misol qilib Muhtaram Prezidentimizning qarorlarini olish mumkin.Xususan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875 10.12.2012 yildagi "Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʼrisida Muhtaram prezidentimiz odilona yoritib berganlarini olishimiz mumkin Bu yig‘ilishda bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar va kelgusida rejalashtirgan ishlarga to‘xtalib o‘tilgan. Bugungi kunda insoniyat turmush tarziga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarning (AKT) keskin kirib kelayotganligi tufayli iste’molchining mahsulotga bo‘lgan talablari , shuningdek mahsulot haqida to‘liq ma’lumotga oson va qulay ega bo‘lish , dunyoning har nuqtasidan buyurtma bera olish , mahsulot shaklini shaxsiy xoxish irodasiga ko‘ra o‘zgartira olish va shu kabi qulayliklarga ega bo‘lyapmiz. Yana shuni aytishimiz mumkinki O‘zbekistonda tarjimonlik va uning rivojlanishlarni ham ko‘zdan qochirganlari yo‘q. Bu borasida ham ko‘plab rejalar tuzilmoqda . Tarjimon kasbi juda murakkab, odam juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishi kerak, chunki har xil tillarni biladigan suhbatdoshlarni tushunish unga bog'liqdir. Ma'lumotni tarjima qilishda nafaqat nutqning xususiyatlarini, balki psixolog, odamlarni va ularning xulq-atvorini tushunadigan odam bo'lish kerak. Yaxshi daromad olishni istagan ushbu kasb vakillari turli xil faoliyat turlarini: tarjima va tarjimani birlashtirish imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak. Tilshunos-tarjimon diplomini tegishli ma'lumotga ega bo'lgan va kamida ikkita chet tilini bilgan kishi olib boradi. Bundan tashqari, tarjimon odamlar bilan muloqotda bo'lib, siyosatni, madaniyatni, san'atni tushunish uchun yetarli darajada muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Tarjima va til bilimi - bu mutlaqo boshqacha narsalar. Agar sizga, rus odamiga, har qanday ishlab chiqarish kimyoviy jarayonlarining tavsifi berilsa, u erda bir so'zni tushunmaysiz. Garchi hamma narsa rus tilida yoziladi.
1. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagidagi “O‘zbekiston Respublikasida Chet tillarini у́rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 1875- son Qarori. Qonun xujjatlari ma’lumotlarini milliy bazasi. 2. Mardonova D Tarjimonning nutk faoliyatida yestetik maxorati 3.https://uz.hydroponicsbc.com/ Download 23.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling