O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT VA MENEJMENT ” KAFEDRASI
“STATISTIKA”
fanidan
TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH VA BAHOLASH BO‘YICHA
USLUBIY QO‘LLANMA
-
Bilim sohasi:
|
200000
|
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
- Iqtisod
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
60310100
|
– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
|
|
60411400
| |
|
61010100
|
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
|
|
60410100
|
-Buxgalteriya hisobi va auditi
|
Termiz – 2022
“MA’QULLANDI”
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
A.Ibragimov
__________________
“_____” _______________2022-yil
“TAVSIYA ETILGAN”
“Biznes boshqaruvi va statistika” kafedrasi majlisida
muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri _____________ Toshaliyeva S.T.
(Kafedra majlisining ____- sonli bayonnomasi
“_____” _____________ 2022-yil)
Tuzuvchilar:
Bobomuratov I.I.
Toshaliyeva S.T
Xudayarova Z
Taqrizchilar:
Xatamov O.Q. - “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, i.f.d.
Otamurodov Sh.N. - “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi, DSc
“Statistika” fanidan talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. T.: TerDU, 2022 yil.
I. Umumiy qoidalar
Mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish” bo‘yicha yo‘riqnoma, 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069–sonli buyrug‘i bilan amalga kiritilgan “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra hamda TDIU Kengashining 2021 yil 30 avgustdagi 1-bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Statistika” fani bo‘yicha ishchi o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Mustaqil ish talabalarning mazkur fan bo‘yicha mustaqil faolligi hamda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o‘quv rejada semestrlar bo‘yicha belgilangan soatlar hajmiga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, “Statistika” fani “Iqtisodiyot(tarmo`lar va sohalar bo`yicha)”,”Inson resurslarini boshqarish” ta’lim yo’nalishlari 2-kurs talabalariga 5-semestrda o’qitiladi, o‘quv soatlarining umumiy hajmi o‘quv rejada 180 soat bo‘lib, shundan 72 soat auditoriya soati,108 soat mustaqil ta’lim shaklida belgilangan.
Moliya va moliyaviy texnologiyalar,buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishlari 2-kurs talabalariga 5-6 semestrlarida o’qitiladi, o‘quv soatlarining umumiy hajmi o‘quv rejada 270 soat bo‘lib, shundan 120 soat auditoriya soati,150 soat mustaqil ta’lim shaklida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |