IV. Talaba mustaqil ishning axborot ta’minoti
Talaba uchun fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari kafedra fan yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul professor-o‘qituvchi hamda amaliy va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchilar bilan birgalikda tuzilgan, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatma va tavsiyalar qayd etilgan.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu buyicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
V. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash
Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish va baholash bevosita fan o‘qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari fan o‘qituvchilari tomonidan belgilangan tartibda talabalarga yetkaziladi.
Mustaqil ishlarni baholash me’zonlari talabalarga fan bo‘yicha darslar boshlanishidan oldin tarqatiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishida muhokama etib boriladi.
Talabaning mustaqil ishi elektron ravishda qabul qilinadi va saqlanadi.
VI. Baholash turlari va shakllari
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
b) 4 baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
c) 3 baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 2 baho bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
bilmaslik.
Joriy nazoratda talabalar amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki, test, suhbat, yozma ish hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarib boradilar.
Joriy nazoarat o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mezonlarini quyidagi 1-jadvalda ko‘rish mumkin.
Talbalar mustaqil ta’limini tashkil etish, nazorat qilish fan bo‘yicha amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tadigan professor-o‘qituvchi ma’sul deb belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |