Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 0.52 Mb.
|
Iqtisodiyоt nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari
- Intensiv iqtisodiy o’sish
- Milliy boylik
- Ma’naviy boylik
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy rivojlanish — ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyat-ning ijtimoiy, iqgisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasi-ni topadi. Iqtisodiy o’sish — YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatining yaxshilanishida ifo-dalanadi. Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari — iqtisodiy o’sishni aniq-lashda foydalaniladigan qiymat va natural (jismoniy) ko’rsat-kichlar tizimidan iborat. Ekstensiv iqtisodiy o’sish — ishlab chiqarishga qo’shimcha iqti-sodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. Intensiv iqtisodiy o’sish — ishlab chiqarish omillarining ri-vojlanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi. Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o’sish — iqtisodiy o’sishda eksten-siv omillarning ustivor o’ringa ega ekanligini bildiradi. Ustuvor intensiv iqtisodiy o’sish — iqtisodiy o’sishda inten-siv omillarning yuqori o’ringa egaligini bildiradi. Milliy boylik — insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat boyliklari. Moddiy-buyumlashgan boylik — milliy brylikning inson meh-nati bilan yaratilgan ashyoviy — buyum ko’rinishga ega bo’lgan qismi. Tabiiy boylik — milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo’lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatiningtashqi muhitini tashkil qila-digan qismi. Ma’naviy boylik — ashyoviy-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohi-yati natijalaridan iborat. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlarIqtisodiy taraqqiyot, iqtsiodiy rivojlanish va iqtisodiy o’sish tushunchalarining ta’rifini bering. Ularni umumiy tomonlari va farqlarini ko’rsating. Iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi? Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o’sish turlari uchramaydi? Mamalakatning iqtisodiy saloxiyatiga, axolisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samadorligiga baho berishda iqtisodiy o’sishning qanday ko’rsatkichlaridan foydalaniladi? Iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring xamda ularning axamiyatini baholang. O’zbekistonda nominal YaIM 1997 yil 976,8 mlrd. so’mni, 1998 yil 23967 ming kishini tashkil qilganligini hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YaIM o’sish suroatiga qanday o’zgargan? Milliy boylik tushunchasining taorifini bering va tarkibiy tuzilishini ko’rsating. Milliy boylik tarkibida moddiy moddiy – buyumlashgan boylik qanday o’ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi? Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o’lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas? Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har bir turiga misollar keltiramiz. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling