Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


-chizma. Korxona boshqaruvining chiziqli tashkil etish tuzilmasi


Download 0.66 Mb.
bet19/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

4.3.-chizma. Korxona boshqaruvining chiziqli tashkil etish tuzilmasi



Boshqaruvning funksional tuzilmasi uchun boshqaruv va ob’ekt funksiyalari bo‘yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir. Bu yacheykalar bajarilishi shart bo‘lgan qarorlarni boshqaruvning quyi pog‘onasiga yoki bevosita ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga etkazib beradi. Demak, boshqaruv funksiyalar bo‘yicha taqsimlanadi va funksional bo‘g‘inlar tomonidan amalga oshiriladi, ular tomonidan tayyorlanuvchi boshqaruv qarorlari esa bajaruvchilarga kesishuvchan aloqa kanallari bo‘yicha etkaziladi. Boshqaruvning funksional tuzilmasiga misol qilib bosh mutaxassislarning, ya’ni bosh iqtisodchi, bosh mexanik, bosh texnolog, bosh metallurg, bosh konstruktor xizmatlari(bo‘limlari, guruhlari), shuningdek, korxona bosh buxgalteriyasini ko‘rsatish mumkin.
Boshqaruvning funksional tuzilmasi amalda chiziqli tuzilma bilan kesishib o‘tadi. Bunday sintez chiziqli yoki funksional tuzilmaga qaraganda boshqaruvning chiziqli-funksional tuzilmasini samaraliroq bo‘lishi va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu holda boshqaruv ham chiziqli, ham funksional rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning funksional strukturasini quyidagi chizma orqali aks ettirish mumkin:

4.4.-chizma. Boshqaruvning funksional tuzilmasi

Boshqaruvning ushbu tuzilmasi afzalliklari quyidagilar:


  1. boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirish darajasining yuqoriligi;

  2. boshqaruv faoliyatining deyarli barcha sohalarini vakolat doirasida qamrab olish;

  3. ishlab chiqarish diversifikatsiyasining turli talab va shart-sharoitlariga moslashish imkoniyatlari;

  4. boshqaruv xizmatlari yoki bo‘limlariga xodimlar tanlashning nisbatan osonligi.

Uning kamchiliklari qatoriga esa quyidagilarni kiritish mumkin:

  • yakkahokimlik tamoyilining buzilishi;

  • kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish hamda ularning kompleksligini ta’minlash qiyinligi;

  • boshqaruvning yuqori pog‘onalari uchun rahbar tanlashning murakkabligi.



SHartli belgilar:


chiziqli rahbariyat munosabatlari
funksional munosabatlar
4.6.-chizma. Boshqaruvning chiziqli-funksional tuzilmasi

CHiziqli-shtabli tuzilma boshqaruv aralash tuzilmasining bir ko‘rinishi bo‘lib, unga chiziqli struktura asos qilib olingan. Boshqaruvning har bir bo‘g‘inida shtablar tuzilib, uning tarkibiga muammolarni echish uchun malakali mutaxassislar taklif etiladi. Masalan, shtabli tuzilmalar tabiiy ofat, halokat va kulfatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, yangi mahsulot yoki texnologiyani o‘zlashtirish, to‘satdan yuzaga kelgan, odatiy bo‘lmagan vazifalarni echishda tuzilishi mumkin. Bunday hollarda boshqaruv shtabiga rahbarlarning vakolatlaridan kam bo‘lmagan haq-huquqlar, vakolatlar beriladi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling