Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Boshqaruvning matritsali tuzilmalari


Download 0.66 Mb.
bet20/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

Boshqaruvning matritsali tuzilmalari turli xil bo‘lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funksiyalarini tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan. Bu tuzilmalar ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, texnologik byurolar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik izlanishlari olib boriluvchi yirik korxonalarda keng qo‘llaniladi.
Boshqaruvning matritsali tuzilmalari rahbarlardan juda yuqori boshqaruv vakolatini talab qiladi. Bunday tuzilmadan foydalanganda yuzaga keluvchi muammo va vazifalarni echish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlarni tuzish mumkin. To‘g‘ri, buning uchun jamoa oldida yuzaga keluvchi loyiha topshiriqlarni bajarish uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilinishi mumkin.
Boshqaruvning istalgan tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirishda hamda amaliyotda qo‘llashda tezkorlik, optimallik, ishonchlilik va tejamkorlik kabi asosiy talablarga javob bera olishiga e’tibor
qaratilish lozim. Bu talablar qanchalik to‘liq va yaxshi bajarilsa, korxonani boshqarish tizimining sifat ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, boshqaruv ob’ekti va boshqaruvchi tizim (boshqaruv apparati) o‘rtasida, boshqaruv funksiyalari yordamida tartibga solinuvchi ma’lum bir munosabatlar yuzaga keladi.
Boshqaruv funksiyalari ob’ektiv jihatdan zarur va albatta qaytariluvchi xatti-harakatlar majmuasi bo‘lib, mazmuni va yo‘nalish maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turadi. Boshqaruv funksiyalari butun boshqaruv jarayoni davomida uzluksiz tarzda amalga oshiriladi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarishning turli bosqichlarida turli xil salmoqqa ega bo‘ladi.
Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish.
2. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish) – joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish hamda istiqbolni ko‘ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish. Rejalashtirishdan farqli ravishda prognozlashtirish ehtimollik tavsifiga ega bo‘ladi.
3. Tartibga solish – ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko‘rsatkichlardan chetga og‘ishlarni to‘g‘rilab borish.
4. Tashkillashtirish – kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalga oshirishga yo‘naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo‘naltirish.
5. Nazorat – joriy ko‘rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(norma)larga mos kelish darajasini aniqlash.
6. Hisobga olish – korxonaning ma’lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga yakun yasash.
7. Tahlil – ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan boshqaruvni asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling