Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan
Download 0.66 Mb.
|
умк СМЕТА 22
Tejamkorlik – bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishiga erishishdir.
Aytib o‘tish kerakki, korxona jamoasi va ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish sohasida barcha uchun bir xil yo‘l mavjud emas. Mazkur vazifa muayyan sharoit, holat va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yuzaga keladi va hal qilinadi. Biroq bunda ham o‘zgarmas bir qoida mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, har bir o‘zgartirish, yaxshilanish va shakl o‘zgartirishlar avvaldan o‘ylab chiqilishi hamda ilmiy jihatdan asoslab berilishi zarur. Masalan, hozirgi paytda korxonalarni boshqarishni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (ABT) yaratish va amaliyotga kiritish hamda ish vaqt yo‘qotilishining oldini olish, uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanishga ko‘maklashuvchi kompyuter texnikasidan foydalanishni ko‘rsatish mumkin. Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, korxonalarni boshqarishning sexsiz tuzilmasi yuqori darajada samarali bo‘lib, boshqaruvni markazlashtirishni qisqartirish hamda kichik va o‘rta korxonalarning ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv tizimini tkaomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri - korxonaning funksional xizmatlari va bo‘limlari faoliyatini ortiqcha tuzilmaviy bo‘linmalarni tugatish, xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarni optimallashtirish, birlamchi hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa boshqaruv amallarini soddalashtirish yo‘li orqali muvofiqlashtirishdir. Bu erda ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning ko‘plab funksiyalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonini beruvchi, boshqaruvning yangi texnikasidan, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan turli xil hisob-kitob va tahlil vositalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Boshqaruv tizimini takomillashtirishda texnik vositalar, boshqaruv jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, jumladan, ABT asosidagi faoliyat, boshqaruv tadqiqotlari va loyihalari o‘z-o‘zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga olib kelmaydi. Bu erda ko‘p narsa insonlarning, ayniqsa, menedjerlarning faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli ijtimoiy omillarning rivojlanishi, ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa, korxonalarga boshqarishning ratsional shakllarini tanlashga keng imkoniyatlar yaratib berilgan hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish va ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli o‘sishi iqtisodiy fikrlashning kerakli tomonga yo‘naltirilishiga xizmat qiladi hamda boshqarishni yaxshilashni korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi qilib belgilaydi. Zamonaviy texnika vositalari va yangi usullardan tashqari korxonalarni boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot ko‘rsatadiki, ijtimoiy-psixologik muhit boshqaruvning natijalari va amaliyligini yo‘qqa chiqarishi yoki aksincha kuchaytirishi mumkin. Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa bo‘lmagani kabi, bir-biriga mos keluvchi psixologik muhitning ham mavjud bo‘lishi mumkin emas: jamoadagi har bir shaxs jamoani boyitadi va bir vaqtda o‘zi ham boyib, unga nodirlik va qaytarilmaslikni baxsh etadi. Psixologik muhit orqali zarur bo‘lgan ishlab chiqarish ruhiyati shakllanadi va boshqaruvning maqsadli funksiyalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. qisqacha xulosaXo‘jalik mexanizmining mazmuni jamiyat iqtisodiy hayotining shakliga bog‘liq bo‘ladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo‘jalik yuritishning yangi shakl va usullari shakllanishi bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarishni boshqarishni sub’ektlar va organlar tomonidan odamlar va iqtisodiy ob’ektlarga, resurslardan iloji boricha oqilona foydalanish va eng ko‘p daromad olish maqsadida, ta’sir o‘tkazish jarayoni sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Boshqaruv tizimi quyidagilardan iborat bo‘ladi:boshqaruvning maqsad va vazifalarini belgilash, boshqaruvning optimal tashkiliy -strukturasini yaratish, xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, axborot bilan ta’minlash, axborotga texnik ishlov berish vositalari, tahlil, boshqaruv qarorlarini bajarish ustidan nazorat. Boshqaruv rejalashtirish, tashkillashtirish, marketing, muvofiqlashtirish, mehnat motivatsiyasi, nazorat kabi bir qator funksiyalarni bajaradi. qaror qabul qilish tizimi va uni o‘z qo‘l ostidagilarga nisbatan qo‘llash qobiliyati boshqaruv stilini ifodalaydi. Tashkiliy, taqsimot va ijtimoiy-psixologik usullardan tashqari bozor sharoitlarida iqtisodiy vositalar (kreditlar, daromad va xarajatlar, foyda, soliqlar va hokazo) ham keng tarqalmoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi murakkab, dinamik tizim bo‘lib, uning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga korxonadagi ishchidan ta rahbargacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlar faoliyatini hisobga oluvchi boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini yaratish orqali erishiladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqarilayotgan ob’ektlarning funksional vazifalariga va miqyosiga mos kelishi lozim. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling