Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublar 3Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari
Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu (1)
Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublari
Xar qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan jarayon va hodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim. “Menejment” fanining predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, ruhiy va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir. Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi. Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub bo’lib, u menejmentga o’rganilayotgan ijtimiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi. Menejmentga quyidagi boshqa uslublar xam xos: voqe’lik hodisalarini o’rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo’jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o’zida tahlil qilish va to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar. Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to’g’ri bog’lab qo’llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishidan iboratdir. “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fani yuqorida keltirilganlarni mazmuni va mohiyatini ochib beradi, ularni xo’jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o’rgatadi. “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanining predmeti - korxonada ro’y berayotgan iqtisodiy reallikni shakllantiradigan, tartibga soladigan tashkiliy, iqtisodiy shakl va usullar yig’indisi, ya’ni korxonaning xo’jalik mexanizmidir. Korxona xo’jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi. Birinchidan, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, korxona va tadbirkorlikning shakl va turlari, ularni ixtisoslashi, tezkorlashishi, konsentratsiyalanishi va hokazolar. Ikkinchidan,korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta’sir qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o’z ichiga oladi. Uchinchidan, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub’ektlari bilan moliyaviy-kredit munosabatlari, xo’jalik aloqalari. To’rtinchidan, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag’batlantirish shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi). Beshinchidan, korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy shakl va usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining normativ hujjatlari, ko’rsatmalari, korxonaning nizomi, ustavi va hokazolar. Oltinchidan, ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-ruhiy omillar. Yettinchidan, davlatning iqtisodiy siyosati. Bozor munosabatlarini jadallik bilan joriy qilishga qaratilgan davlatimizning xozirgi iqtisodiy siyosati asosiy negizini Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “2017—2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tashkil qiladi. Ularning asosiy mazmuni quyidagilarda o’z ifodasini topadi: • davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishgayo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; • iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; • ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; • xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o’z ifodalarini topadi va korxonaning faoliyatini yo’naltiradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling