Bitiruv malakaviy ishining maqsadi- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy
xavfsizligining muhim segmenti bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning
asosiy yo‘nalishlari va mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan
taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan
kelib chiqqan holda ishda quyidagi vazifalarni hal etish ko‘zda tutilgan:
turli iqtisodiy qarashlar va uslubiy yondashuvlarni tahlil qilish va
umumlashtirish asosida jahon xo‘jaligi aloqalarining globallashuvi sharoitida
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning mohiyati va iqtisodiy
ahamiyatini ochib berish;
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning mezon va
ko‘rsatkichlarini ilmiy jihatdan asoslash hamda uning tashqi iqtisodiy omillarini
tahlil qilish;
tizimli yondashuv asosida O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash sohasida mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish
yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar tayyorlash;
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha jahon amaliyotida
qo‘llaniladigan mexanizm va dastaklarni tahlil etish asosida ulardan O‘zbekiston
sharoitida foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
4
mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va tashqi iqtisodiy
aloqalarning jadallashib borishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash
bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |