O‘zgaruvchi xarajatlar (VC) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg‘i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va Shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlar (TS)ni tashkil qiladi.
Doimiy (FC), o‘zgaruvchi (VC) va yalpi (TS) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 4-chizma orqali ko‘rishimiz mumkin.
S
TS
VC
FC
0 Q
4–chizma. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng:
;
bu erda: AC – o‘rtacha umumiy xarajatlar;
TS – yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |