1-chizma. O‘zbekistonda xo‘jalik toifalari bo‘yicha yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (% hisobida).
2005 yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish ko‘zda tutilib, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularga davlat tomonidan qulay shart sharoitlarni yaratib berish asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Mazkur yilda 406 shirkat xo‘jaliklari o‘rnida 20 ming fermer xo‘jaliklarini tashkil etish kutilmoqda64.
Respublikada fermer xo‘jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina- traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tauyorlov punktlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma’lum turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonalardir.
Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tauyor bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |