Iqtisodiyot va menejment


-jadval. Sikllarning asosiy turlari


Download 1.47 Mb.
bet349/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

3-jadval. Sikllarning asosiy turlari


Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zahiralar miqdori ® YAMM, inflyasiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar sikli

7–12 yil

Investitsion sikl ® YAMM, inflyasiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad ® immigratsiya ® uy-joy qurilishi ® yalpi talab ® daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi


Kitchin sikli zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o‘zining e’tiborini tovar zahiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi oltin zahiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.

Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan Shu sikl Fransiya, Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.

Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa etakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQSHga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSH va qator Evropa davlatlarida boshlangan inqiroz, tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.

Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.

AQSH va Evropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan ettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y bergan.



Kuznets sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o‘zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste’molchilik sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini aniqlaydi. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.

Kondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo‘shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, Ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi.

I-sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin.

II-sikl: 1844-1851 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin.

III-sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin.

Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi hisoblanadi.

Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyusiyasi, ikkinchisini - temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini – elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko‘rsatadi.

Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyasiya to‘lqini yoki turg‘unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‘proq zarar ko‘radilar.

Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‘ir mashinasozlik hamda investitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‘jalik buyumlari va Shunga o‘xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo‘lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og‘ir oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o‘zining rivojlanish uchun Yuqori darajada rag‘bat oladi.

Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitida investitsion tovarlar zahiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, Ya’ni siklning jonlanish va yuksalish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‘liq eskirgunga qadar almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o‘zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo‘lgan ayrim korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy kapitalining o‘rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.

Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.

Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste’molchilar oila byudjetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishini to‘xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolari eb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar, Ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan iste’mol tovarlarini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.

Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari Yuqori darajada monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunga teskari bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlaShuv darajasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.

Demak, kapitalning to‘planishi Yuqori darajada bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to‘planish darajasi past bo‘lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling