Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining Shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini etarli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv ravishda o‘sishi; mehnat intensivligining oshishi; o‘qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |