Iqtisodiyot va menejment


-jadval. O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining asosiy ko‘rsatkichlari87


Download 1.47 Mb.
bet364/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

3-jadval. O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining asosiy ko‘rsatkichlari87

Yillar

Ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar, ming kishi

Ish bilan ta’minlan-ganlar, ming kishi

Ish bilan ta’minlan-ganlarning solishtirma salmog‘i, %

Hisobot davri oxiriga rasmiy tarzda ro‘yxatga olingan ishsizlar soni, ming kishi

2000

421,4

280,6

66,6

35,4

2001

462,8

318,1

68,7

37,5

2002

448,2

322,2

71,9

34,8

2003

430,5

317,4

73,7

32,2

2004

425,0

323,7

76,2

34,9

Jadvaldan ko‘rinadiki, agar ish bilan ta’minlanganlarning solishtirma salmog‘i 2000 yilda 66,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yilga kelib 76,2% ga etdi.



Davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat mamlakatimizdagi ishchi kuchi bozori kon’yunkturasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda (4-jadval).

4-jadval. O‘zbekistonda ishchi kuchi bozori kon’yunkturasi88

Yillar

Ishchi kuchi taklifi, ming kishi

Ishchi kuchiga talab, ming kishi

Taklifning talabga nisbati, %

qondi-rilgan

qondi-rilmagan

jami

Jami
















2002

448,2

322,1

27,0

349,1

128,4

2003

430,5

317,4

25,9

343,3

125,4

Shahar joylarida
















2002

133,6

92,2

17,5

109,7

121,8

2003

114,2

79,2

17,0

96,2

118,7

Qishloq joylarida
















2002

314,6

229,9

9,5

239,4

131,4

2003

316,3

238,2

8,9

247,1

128,0

Jumladan, keyingi yillarda bu boradagi chora-tadbirlarning kuchaytirilishi natijasida ishchi kuchi taklifining talabga nisbati 2002 yildagi 128,4% dan 2003 yili 125,4% ga qadar qisqardi.

Ishchi kuchining bandligi to‘g‘risidagi nazariyalar bir-biridan muammoga nisbatan yondoShuv, qo‘llanilgan tadqiqot usullari va vositalari jihatidan farqlanadi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishchi kuchi bandligi bo‘yicha neoklassiklar, keynschilar, monetarizm, institutsional-sotsiologik va boshqa ilmiy maktab vakillarining qarashlari bayon etiladi.89



Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoyon bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi va unga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, Ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi yoki kamayishiga qarab o‘zgaradi. Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi.

Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi bandlikning shakllanishida etakchi rolni o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng Yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi. Ishsizlikning mavjud bo‘lishi yalpi samarali talabning etishmasligi bilan shartlanib, uni byudjet va pul-kredit siyosatining iqtisodiy faollikni oshiruvchi chora-tadbirlari orqali bartaraf etish mumkin. Davlat yalpi talabni kengaytirish tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishiga imkon yaratadi va buning natijasida bandlikning o‘sishi hamda ishsizlikning qisqarishi ro‘y beradi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling