Iqtisodiyot va menejment


Download 1.47 Mb.
bet43/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

Ikkinchidan, mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nisbatan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qandaydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik to‘g‘risida so‘z yuritish ma’noga ega emas».12

To‘g‘ri, bunday yondoShuv Yuqorida nomlari tilga olingan iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondoShuv dastlab 1871 yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tomonidan «Siyosiy iqtisodning qaror topishi» kitobida asoslab berilgan edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nisbatan miqdori kam bo‘lgan ne’matlarning mavjudligi sharoitida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari «ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi ne’matlar miqdori o‘rtasidagi nomuvofiqlik»13 muammosini hal eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi.

Bunday nomuvofiqlik Shunga olib keladiki, mulkchilik munosabatlarining markaziy holati bo‘lib ularning rad etuvchi tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari – bu moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir. Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi, Ya’ni, ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi. Bunday resurslar mulkchilik ob’ekti bo‘la olmaydi. Ulardan foydalanish bo‘yicha kishilar o‘rtasida iqtisodiy, bozor munosabatlari paydo bo‘lmaydi.

Mulkchilik huquqlari nazariyasi mualliflarining nuqtai nazariga ko‘ra resurslarga erkin erishishdan boshqalarning rad etilishi resurslarga bo‘lgan mulkchilik huquqlarini tasniflashni anglatadi.

Tasniflashning ma’no va maqsadi mulkchilik huquqini haqiqatan ham mulkni Yuqoriroq baholovchi, uning qadriga etuvchi, undan nisbatan ko‘proq foyda oluvchi kishilar tomonidan egallanishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

«Agar ma’lum hatti-harakatlarni sodir etish uchun huquqlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lganda edi, - deb yozadi R.Kouz, - ularni pirovardida eng Yuqori baholovchi kishilar tomonidan sotib olingan bo‘lar edi. Bu jarayonda huquqlar Shunday tarzda sotib olingan, taqsimlangan va uyg‘unlashtirilgan bo‘ladiki, ular asosida yo‘lga quyilgan faoliyat eng Yuqori bozor qiymatiga ega bo‘lgan daromad keltiradi».14

Shunday qilib, tasniflash, Ya’ni mulkchilik huquqlarini aniq belgilashning asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xulq-atvorini Shunday o‘zgartirishdan iboratki, natijada ular o‘ta samarali qarorlar qabul qiladilar. Chunki, mulk bo‘yicha faoliyatning barcha ijobiy va salbiy natijalari pirovardida mulkdor zimmasiga borib taqaladi. Shunga ko‘ra u mulk yuzasidan qarorlar qabul qilish chog‘ida bu natijalarning to‘liq hisobga olinishidan manfaatdordir. Mulkchilik huquqlari qanchalik aniq bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qaroridan boshqa birovlarga tegishi mumkin bo‘lgan foyda yoki ziyonni hisobga olishga rag‘bat Shu qadar kuchli bo‘ladi. Aynan Shuning uchun mulkchilik huquqlarini ayirboshlash jarayonida u yoki bu ne’matlar ularning qadrini eng Yuqori tarzda baholagan iqtisodiy agentlarga beriladi. Shu orqali resurslarning samarali taqsimlanishiga erishiladi, Chunki ayirboshlash jarayonida resurslar nisbatan unumsiz foydalanishdan unumli foydalanishga, kam qadrlovchi shaxslardan ko‘proq qadrlovchi shaxslarga o‘tadi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling