Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
Iqtisodiy ittifoqning amal qilishi EI Vazirlar kengashi tomonidan EI iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi hamda ularga har bir a’zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi.
Siyosiy ittifoq yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik doirasida umumiy yondoShuvlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Valyuta ittifoqi EI doirasida yagona pul-kredit siyosatini olib borish hamda barcha mamalakatlar uchun umumiy bo‘lgan valyutaning amal qilishini anglatadi. 1999 yil 1 yanvardan EI mamlakatlari hududida evro hisob-kitob birligi sifatida amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valyuta ittifoqiga EIning barcha a’zolari kirmay, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya va SHvetsiya evro hududidan tashqarida qoldi. Hozirda EIning kengayishi ko‘zda tutilib, yaqin orada unga a’zo mamlakatlar soni Markaziy va SHarqiy Evropa, Shuningdek Boltiqbo‘yi mamlakatlari hisobiga 26taga etkazilishi mo‘ljallanmoqda. Biroq, EIga a’zo bo‘lish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: - demokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faoliyati; - huquqiy tartibning o‘rnatilishi va unga amal qilinishi; - inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi; - bozor iqtisodiyotining amal qilishi; - Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta’siriga bardosh bera olish; - o‘z zimmasiga a’zolik majburiyatlarini, Shu jumladan, siyosiy, iqtisodiy va valyuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik. Evropa Ittifoqining kengayishi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir tomondan, yangi hududlar va aholining qo‘shilishi hisobiga EIning resurs salohiyati o‘sadi, mavjud a’zolar uchun bozorlar ahamiyatli darajada kengayadi, EIning jahondagi siyosiy mavqei kuchayadi. Boshqa tomondan, EIdan katta hajmdagi sarf-xarajatlar, jumladan, uning yangi a’zolari uchun subsidiya va transfert to‘lovlari uchun byudjet sarflarining o‘sishi talab etiladi. YAngi a’zolar iqtisodiyotining tarmoq bo‘yicha tarkibi talabga javob bermaganligi sababli, EIda beqarorlik xavfi kuchayadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling