Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va «biznes» tushunchalarini izohlang.
Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko‘rsating. Nima uchun tadbirkor tahlika (tavakkalchilik) bilan faoliyat ko‘rsatadi?
Tadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat?
Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini ko‘rsating.
Hissadorlik jamiyatiga ta’rif bering. Aksiya nima, aksiya kursi qanday aniqlanadi? Aksiya kursiga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rsating.
Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday?
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday bosqichlardan o‘tadi hamda qanday shakllarga kiradi?
Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday vaqtlarni o‘z ichiga oladi? Ularga tushuncha bering.
Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning aylanish uzunligi ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha marta aylanadi va bir aylanishining uzunligi qancha davom etadi?
Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar bo‘yicha ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering.
Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning normasi qanday aniqlanadi?
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar orkali aniqlanadi? Aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tuShuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |