Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Differensial renta I ning hosil bo‘lishi
Differensial renta I erning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum er uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday er uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, Shaharlardan va markaziy yo‘llardan uzoq joylashgan er uchastkalari mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo‘ladi. Differensial renta I ning hosil bo‘lishini shartli misol yordamida ko‘rib chiqamiz (1-jadval).
1-jadval. Differensial renta I ning hosil bo‘lishi
Biz jadvalda bir miqdorga ega bo‘lgan, lekin hosildorligi turlicha, uch xil er uchastkasini (xo‘jalikni) misol qilib oldik. Misolimizdagi bu uch xil er uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, Ya’ni 10000 so‘mni tashkil qiladi. YAlpi hosildorlik A uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda etkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo‘lib chiqadi. Ya’ni, A uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so‘m bo‘lsa, B uchastkasida 400 so‘m, V uchastkasida esa 333 so‘mni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada etishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so‘m). Natijada yomon er uchastkasi (A) o‘zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) er uchastkalarida esa yomon er uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so‘m miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo‘shimcha daromad erning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan differensial renta I ni tashkil qiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling