Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan erga oldin bino, inshoot va Shu kabilar qurish bilan bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi er rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: erdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan renta (R), erga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); er uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:
. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida er faqat ijara ob’ekti emas, balki oldi-sotdi ob’ekti hamdir. Er ham qishloq xo‘jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo‘llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda erning narxi nima bilan belgilanadi? Ma’lumki, er inson mehnati mahsuli bo‘lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko‘ra er va boshqa tabiat in’omlari narxini nazariyotchilar irratsional narxlar deb ataydilar. Er uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo‘yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad Shu er uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan taqdirdagina erni sotadi. Boshqacha aytganda, erning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda, xuddi Shu renta miqdori er narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to‘g‘ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, erning narxi ikkita miqdorga bog‘liq: 1) er uchastkasi egasi olish mumkin bo‘lgan er rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi me’yoriga. Shundan kelib chiqib erning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: , bunda B - er narxi; R- renta; rў - ssuda foizi me’yori. Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., rў = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng bo‘ladi. Er egasi faqat Shu narxdagina erini sotishi mumkin, Chunki muauyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan Shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo‘ladi. Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda erning narxi o‘sib boradi. Er narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda er narxi, er uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jumladan, erga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o‘sishi bilan tuShuntirilishi mumkin. Inflyasiya va asosan giperinflyasiya sharoitida erga talab keskin o‘sadi, bu tegishli ravishda er narxining o‘sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha er narxi barqaror o‘sish tamoyiliga ega bo‘lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling