Iqtisodiyot va menejment


Download 1.47 Mb.
bet312/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

II-SEMESTR UCHUN

2. MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
17-mavzu. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va milliy boylik

(4 soat)

1- ma`ruza mashg‘uloti
1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlari va turlari.

2.Iqtisodiy o`sish nazariyalari, konsepsiya va modellari.

3. Iqtisodiy o‘sishning maqsadi,omillari va yo‘nalishlari.

Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Shu sababli mazkur bobning tahlili iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Tahlil davomida iqtisodiy o‘sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o‘rin ajratiladi.

Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillaShuvini oladi. U hech qachon bir tekis, Yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.

Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YAIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko‘payishida topadi.

Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko‘rsatkichlariga ko‘proq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»1. Shunday ekan, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillaShuvida ifodalanadi.

Iqtisodiy o‘sishni YAIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YAIM mutloq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.

Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va Shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.

Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:



,

bu erda:


O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda;

YAIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;

YAIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.
Mamlakatimizda keyingi yillar davomida YAIMning o‘sish sur’ati hamda aholi jon boshiga o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 1-jadvaldan ko‘rish mumkin.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling