Iqtisodiyot va menejment
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlari
Asosiy tayanch tushunchalar
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni. Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, Ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi. Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish. Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Jamg‘arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib borilishi. Iste’molga o‘rtacha moyillik – Shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi. Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – Shaxsiy daromadning jamg‘arishga ketadigan ulushi. Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi. Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi. Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, Shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun foydalanish. Jamg‘arish normasi – jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi. Kapital quyilmalar – asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar. Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga, Ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma. Investitsion faoliyat – investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qilinadigan amaliy harakatlar. Investor – investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs. Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o‘sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi. Takrorlash uchun savol va topshiriqlari:1. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang. 2. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko‘rsating. 3. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tuShuntiring. 4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo‘ladi? 5. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 6. Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tuShunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi? 7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering. 8. YAlpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday? 9. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tuShuntirib bering. 10. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tuShuntirib bering. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling